O’zbek tili va adabiyoti yo’nalishi 21/3-gurux talabasi



Yüklə 74,73 Kb.
səhifə4/13
tarix20.03.2023
ölçüsü74,73 Kb.
#88829
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Yozma nutqda tinish belgilarini qollanilish qoidasi

Tinish belgilari - muayyan tilda yozma nutqni to‘g‘ri, ifodali, mantiqli bayon qilishda, uni ixchamlashda, yozma nutq qismlarining o‘zaro mantiqiy grammatik
munosabatlarini ko‘rsatish uchun xizmat qiladigan muhim grafik vositalar. Tinish belgilari markaziy, asosiy belgilar tizimiga (harflar va tinish belgilari) mansub bo‘lib, u qo‘shimcha, yordamchi belgilar tizimidan (raqamlar, turli fanlarga oid ilmiy belgilar, bosmaxona belgilari) ma’lum jihatlari bilan farq qiladi. Tinish belgilarning yozuvda qo‘llanishi o‘ziga xos tizimga ega. Bu tizim - tinish belgilar miqdori, qo‘yilish tartibi va qo‘llanish prinsiplari yig‘indisi punktuatsiyani vujudga keltiradi. Bular yozuvning boshqa vositalari (harflar, raqamlar, diakritik belgilar) hamda til birliklari (so‘zlar, morfemalar) bilan ko‘rsatish mumkin bo‘lmagan turlicha fikriy munosabatlar va psixologik holatlarni ifodalashda ham muhim ahamiyatga ega bo‘lib, yozma nutqning tushunilishini osonlashtiradi. Tinish belgilarining asosiy vazifasi nutqning mazmuniy bo‘linishini ko‘rsatish, shuningdek, uning sintaktik tuzilishi va intonatsion jihatini aniqlashga yordam berishdir. Hozirgi o‘zbek yozuvida tinish belgilari soni 10 ta: nuqta, so‘roq belgisi, undov belgisi, vergul, qavs, tire, ko‘p nuqta, nuqtali vergul, qavs, qo‘shtirnoq. Ularning aksariyati 19-asrning 2-yarmida ayrim gaz va toshbosma kitoblarning nashr etilishi bilan paydo bo‘lgan. 8
Tinish belgilari o‘z vazifasiga ko‘ra, 2 ga bo‘linadi: a) chegaralovchi tinish belgilari - muayyan sintaktik tuzilmaning yoki umuman gapning chegarasini bildirish, biron bir gap bo‘lagini intonatsion mazmuniy jihatdan ajratib ko‘rsatish, nutq qaratilgan shaxs yoki predmet nomi qamrab olingan, shuningdek, yozuvchi (so‘zlovchi)ning subyektiv munosabati ifodalangan sintaktik tuzilma chegarasini ko‘rsatish uchun xizmat qiluvchi tinish belgilari qavs, qo‘shtirnoq, yagona qo‘shaloq belgi sifatida qo‘llanuvchi vergul, ayni shu vazifadagi tire; b) ajratuvchi
tinish belgilari - mustaqil gaplarni, ularning qismlari (bosh va ergash gaplar, bog‘langan va bog‘lovchisiz qo‘shma gaplarning predikativ qismlari)ni, gapning uyushgan bo‘laklarini, birgalik ergashishli qo‘shma gaplarni, gapning ifoda maqsadiga ko‘ra turlarini, nutqning bo‘linganligini ko‘rsatuvchi tinish belgilari nuqta, so‘roq va undov belgilari, vergul, nuqtali vergul, ikki nuqta, tire, ko‘p nuqta.



8 M.Mirtojiyev Hozirgi o‘zbek tili. -Toshkent-1992, 63-bet
Ba’zi tinish belgilari ham chegaralash, ham ajratish vazifalarini namoyon eta oladi. Tinish belgilari tuzilish jihatdan ham 2ga bo‘linadi: a) bir elementli tinish belgilari
- vergul, tire, nuqta; b) ko‘p elementli tinish belgilari bu guruh, o‘z navbatida, 2 elementli (so‘roq va undov belgilari, ikki nuqta, nuqtali vergul, qavs), 3 elementli (ko‘p nuqta) va 4 elementli (qo‘shtirnoq) ga ajraladi. Qo‘llanish o‘rniga ko’ra, tinish belgilari 3 guruhga bo‘linadi: gap oxirida qo‘llanadigan (nuqta, so‘roq va undov belgilari), gap o‘rtasida qo‘lanadigan (vergul) va aralash, ya’ni gapning turli o‘rinlarida qo‘llaniladigan (tire, ikki nuqta, qo‘shtirnoq, qavs, ko‘p nuqta). Tinish belgilarining qo‘llanish usuli va tartibi punktuatsiyaning mantiqiy grammatik, uslubiy va differensiatsiya (farqlash) prinsiplari asosida belgilanadi.9
Punktuatsiya tilning sintaktik qurilishi bilan uzviy bog‘liq bo‘lib, yozma nutqni to‘g‘ri, ifodali, aniq bayon qilishda, uning uslubiy ravonligini, tez tushunilishini ta’minlashda benihoya zaruriy vositadir. Ilmiy manbalarda, o‘quv qo‘llanmalarida tinish belgilarining qo‘llanish usuli va tartibi punktuatsiyaning mantiqiy-grammatik, uslubiy va differensiatsiya (farqlash) tamoyillari asosida belgilanishi ta’kidlanadi. Bunda mantiqiy-grammatik tamoyil nutqning semantik- grammatik tomonini yozuvda to‘g‘ri ifodalashga qaratilgan bo‘lsa, differensiatsiya tamoyili asosidagi qoidalar tinish belgilarining qo‘sh holda qo‘llanishidagi tartibni, gapdagi murakkab mazmunni aniqlashtirish kerak bo‘lganda, ulardan foydalanish yo‘llarini belgilab beradi. Uslubiy tamoyil tinish belgilarining qo‘llanishini nutq uslublari asosida belgilashni nazarda tutadi, lekin bu unchalik to‘g‘ri emas, chunki muayyan bir uslubgagina xoslangan tinish belgisi bo‘lmaydi. Zarurat tug‘ilganda, har qanday uslubda ham xohlagan tinish belgisidan foydalanish mumkin.
Muayyan tildagi punktuatsiya an’analarining mustahkamlanishi va takomillashuvida taniqli yozuvchilarning ijodi hamda tinish belgilarining qo‘llanish qoidalarini umumlashtiruvchi va tartibga soluvchi tilshunoslar faoliyati katta ahamiyatga ega. Hozirgi o‘zbek punktuatsiyasining shakllanishi, rivoji, uning



9 A. Nurmonov Hozirgi o‘zbek adabiy tili. -Toshkent-2013, 93-bet
o‘rganilishi Fitrat, S.lbrohimov, H.G‘oziyev, O.Usmonov, G‘.Abdurahmonov, K.Nazarov va boshqa tilshunoslarning nomi bilan bog‘liq.10
Punktuatsiya masalalari bilan bevosita shug‘ullangan H.G‘oziyev (,,O‘zbek punktuatsiyasining tarixiy taraqqiyoti”, 1969, 1979), G‘.Abdurahmonov (,,Punktuatsiya o‘qitish metodikasi”, 1968), K.Nazarov (,,Tinish belgilari va yozma nutq”, 1974; ,,O‘zbek tili punktuatsiyasi”, 1976) laming asarlari nashr etilganiga ancha yillar bo‘ldi va ulardagi tinish belgilarining ishlatilishi haqidagi fikr- mulohazalar ham bir qadar o‘zgardi. Buning ustiga, ,,muallif punktuatsiyasi” tushunchasi, ya’ni muayyan muallif tomonidan tinish belgilarining amaldagi qoidalarga bo‘ysunmagan, unga rioya qilmagan holda individual qo‘llash holatlari uchraydiki, bu ham keng o‘quvchilar ommasini chalkashtiradi, shubhalantiradi. Mazkur holatni hisobga olgan holda va tinish belgilarining ishlatilishi bilan bog‘liq ayrim chalkashliklarni bartaraf etish maqsadida O‘zR FA Alisher Navoiy nomidagi Til va adabiyot institutining bir guruh yetakchi olimlari: prof. N.Mahmudov, dotsent A.Madvaliyev, dotsent N.Mahkamov tomonidan ,,O‘zbek tili punktuatsiyasining asosiy qoidalari” ishlab chiqilgan edi. ,,Qoidalar” Institut ilmiy kengashi tomonidan ma’qullangach, ,,O‘zbek tili va adabiyoti” jurnalining 2015-yil 1-sonida hamda
,,Ma’rifat” gazetasining 2015-yil 1-, 4-, 8-, 11-aprel kunlaridagi sonlarida e’lon qilindi, jurnal va gazeta o‘quvchilaridan olingan maqbul fikr-mulohazalar, taklif va tavsiyalar asosida yanada takomillashtirildi. ,,O‘zbek tili punktuatsiyasining asosiy qoidalari” O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi Respublika ta’lim markazi ilmiy-metodik kengashi tomonidan ma’qullangan.11
Hozirgi o‘zbek yozuvida 10 xil tinish belgisidan foydalaniladi:
1) nuqta - (.); 2) vergul - (,); 3) nuqtali vergul - (;); 4) ikki nuqta - (:);
5) tire - (-); 6) so‘roq belgisi - (?); 7) undov belgisi - (!); 8) ko‘p nuqta - (...); 9) qavs - ( ); 10) qo‘shtirnoq - (" ", " ").



10 Abdulhamid Nurmonov O‘zbek tilshunosligi tarixi. -Toshkent-2002,155-bet
11 N.Mahmudov A.Madvaliyev N.Mahkamov O‘zbek tili punktuatsiyasining asosiy qoidalari. -Toshkent-2015, 5-bet

Yüklə 74,73 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin