75
Emitentlar qonunchilikka muvofiq investorlar oldida ularga yetkazilgan zarar
uchun quyidagi holatlar bo‗yicha mulkiy javbogar:
- investorlar talabiga asosan qimmatli qog‗ozlar bozorida investorlar
huquqlarini himoya qilish to‗g‗risidagi qonunchilikda belgilangan ma‘lumotlarni
taqdim qilmaslik yoki noto‗g‗ri ma‘lumotlar taqdim qilish;
- qimmatli qog‗ozlar emissiyasining belgilangan tartibini buzish;
- qimmatli qog‗ozlarning insofsiz reklamasini amalga oshirganlik, qimmatli
qog‗ozlarning qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ro‗yxatdan o‗tkazilmagan
chiqarilishining reklamasi, shuningdek muomalada bo‗lishi qonun bilan taqiqlangan
qimmatli qog‗ozlarning reklamasi uchun;
- investorlar bilan ularning qimmatli qog‗ozlar bozorida investorlar huquqlarini
himoya qilish to‗g‗risidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan huquqlarini
cheklaydigan, emitentlarning javobgarligini cheklaydigan shartnomalarni tuzish;
- aniqlangan hiyla-nayrang ishlatish faktlari va qimmatli qog‗ozlar bozoridagi
boshqa qoidabuzarliklar, shuningdek qimmatli qog‗ozlar, qimmatli qog‗ozlarning
emitentlari, qimmatli qog‗ozlarga doir narxlar to‗g‗risida, shu jumladan reklamada
qasddan buzib ko‗rsatilgan axborotni taqdim etish yo‗li bilan investorlarni qimmatli
qog‗ozlarni sotib olish va sotishga da‘vat qilganlik uchun;
- investorlar bilan tuzilgan shartnomalar shartlarini bajarmagan-lik yoki lozim
darajada bajarmaganlik, shuningdek investor bilan tuzilgan shartnomada qayd
etilganidan farq qiladigan shartlarda bitim tuzganlik uchun.
Dostları ilə paylaş: