73
Yuridik shaxs bo‗lan emitentlar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda
tuziladi, faoliyat yuritadi, reorganizasiya qilinadi va tugatiladi.
Ma‘lum bir mamlakatga nisbatan rezident va norezidentlar hisoblangan
emitentlar o‗sha mamlakatda o‗rnatilgan qonunlar doirasida emission faoliyat
yuritadilar. Bu faoliyat doirasida bunday emitent moliyaviy resurslarni
(investitsiyalarni) jalb qilish siyosatini amalga oshiradi. Ushbu siyosat emitentning
ahvoliga va turiga qarab agressiv va konservativ, strategik va portfel bo‗lishi
mumkin.
Davlat boshqaruvi va hokimiyati organlari mamlakat qonunlari bilan
o‗rnatilgan vakolatlar, maqsad, vazifa va funksiyalar doirasida emission faoliyat
yuritadilar. Bu faoliyat doirasida bunday emitent moliyaviy resurslarni
(investitsiyalarni) jalb qilish siyosatini amalga oshiradi. Ushbu siyosat emitentning
ahvoliga, turiga va vakolatiga qarab makromoliyaviy, territorial va tarmoqiy bo‗lishi
mumkin.
Dostları ilə paylaş: