O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta'lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot univеrsitеti r. D. Alladustov, A. J. Xo„jamurodov


Investorlar, ularning siyosati va moliya bozoridagi roli



Yüklə 1,88 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə40/110
tarix26.10.2022
ölçüsü1,88 Mb.
#66333
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   110
ARM Alladustov R D Moliya bozori va birja ishi O\' q 2019

3. Investorlar, ularning siyosati va moliya bozoridagi roli 
Investorlar – bu qonunchilikda belgilangan tartibda moliyaviy resurslarni 
investitsiyalar tarzida emitentlarning moliyaviy instrumentlariga yo‗naltirish 
maqsadida moliya bozoriga chiqaruvchi shaxs va organlarlar. Keng ma‘noda investor 
bo‗lishi mumkin shaxs va tashkilotlarga quyidagilar kiradi: davlatning boshqaruv va 
hokimiyat organlari, xalqaro moliyaviy tashkilotlar, yuridik va jismoniy shaxslar.


76 
Investitsion resurslarni moliya bozori imkoniyatlaridan foydalangan holda 
yo‗naltirish investorlarning eng asosiy maqsadiy vazifasi hisoblanadi. Uning boshqa 
vazifasi – o‗zining investitsion faoliyati jarayonida investitsiyalarini daromadliligi 
oshirib borish va risklilik darajasini pasaytirishdir. Bunda moliya bozori investorning 
vazifalarini va investitsion siyosatini samarali amalga oshirishida, yetarli darajada 
rivojlangan bo‗lishida katta rol o‗ynaydi va muhim funksiya bajaradi.
Investorlarni quyidagi belgilarga asosan tasniflash mumkin:
1. Tashkiliy-huquqiy shakli bo‗yicha: davlat tashkiloti (davlat boshqaruvi va 
hokimiyati organi), turli mulkchilik asosidagi yuridik shaxslar, jismoniy shaxslar 
(fuqarolar va vaqtinchalik fuqarolik huquqiga ega emaslar). 
2. Faoliyat yo‗nalishi bo‗yicha: individual va institutsional bo‗lgan davlat, 
xalqaro va nodavlat moliyaviy institutlar va nomoliyaviy tashkilotlar, jismoniy 
shaxslar.
3. Investitsion vositalari bo‗yicha: pul, valyuta, kredit, mulk, tovar-hom ashyo, 
qimmatli qog‗ozlar va h.k. resurslariga ega bo‗lgan investorlar.
4. Investitsion siyosati bo‗yicha: davlatning iqtisodiy siyosatini (monetar, 
budjet-soliq) yurituvchi vakolatli tashkilotlar, xalqaro iqtisodiy siyosatni yurituvchi 
tashkilotlar, investitsion siyosat yurituvchi shaxslar.
5. Milliyligi bo‗yicha: rezidentlar (ichki) va norezidentlar (tashqi).
6. Investitsion potensiali bo‗yicha: katta (institutsional, strategik), o‗rta va 
kichik (minoritar) hajmda investitsiyalarni yo‗naltiruvchilar.
7. Riski bo‗yicha: yuqori, o‗rta va kamriskli investorlar.
8. Strategiyasi bo‗yicha: agressiv, konservativva ularning gibridiga asoslangan 
investorlar. 


77 
9. Investitsiyalar turlari bo‗yicha: portfel, to‗g‗ri investitsiyalar qiluvchi 
investorlar. Portfelli investorlar spekulyativ-portfel va strategik-portfel turida bo‗lishi 
mumkin.
10. Investitsiya muddati bo‗yicha: qisqa, o‗rta va uzoq muddatli investorlar.
11. Sektorga yo‗nalganligi bo‗yicha:
- davlat sektoriga investitsiya qiluvchilar
- bank va moliya sektoriga investitsiya qiluvchilar; 
- ishlab chiqarish sektoriga investitsiya qiluvchilar;
- ijtimoiy sektorga investitsiya qiluvchilar va h.k. 
Jismoniy shaxs bo‗lgan investorlar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda 
investitsion faoliyat yuritadi.
Yuridik shaxs bo‗lan investorlar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda 
tuziladi, faoliyat yuritadi, reorganizatsiya qilinadi va tugatiladi.
Ma‘lum bir mamlakatga nisbatan rezident va norezidentlar hisoblangan 
investorlar o‗sha mamlakatda o‗rnatilgan qonunlar doirasida investitsion faoliyat 
yuritadilar. Bu faoliyat doirasida bunday investor investitsiyalarini orttirish (kamida 
saqlab qolish) siyosatini amalga oshiradi. Ushbu siyosat investorning ahvoliga va 
turiga qarab agressiv va konservativ, strategik va portfel bo‗lishi mumkin.
Investorlarga qo‗yiladigan asosiy talablar: transparentlilik, mahfiylilik, 
ishonchlilik, barqarorlik, raqobatbardoshlilik, moliyaviy xavfsizlik, faollilik asosida 
o‗z investitsiyalarining likvidlilik, daromadlilik, risksizlilik va bazisiga nisbatan 
ekvivalentlilik darajasini ta‘minlashdan iborat. Odatda, investorlar risklarga moyil 
bo‗ladilar, ularning hatti-harakatlari refleksiv bo‗lib, bozordagi investitsion muhitga 
va bozor konyunkturasiga bog‗liq bo‗ladi.


78 
Mamlakatdagi investorlarning faollilik darajasi moliya bozorida va umuman 
iqtisodiyotda muhim ahamiyatga ega bo‗lib, bu indikatorni (F) baholash uchun 
quyidagi mezonni (kriteriyni) qo‗llash mumkin:

Yüklə 1,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   110




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin