80
raqobat asosida rivojlantirish masalasi yechimini ta‘minlaydi. Bunda har
ikkalasining strategiyalari bozor indikatorlariga bog‗liq holda amalga oshiriladi.
Spekulyativ-portfelli investorlarga investitsiya, pensiya, sug‗urta fondlari,
moliyaviy kompaniyalar, investitsion banklar kiradi. Ularning maqsad va
manfaatlari moliya bozorini rivojlantirish bo‗yicha jamiyat manfaatlari bilan
obyektiv mos keladi, bozor risklari va bunda jamiyat istaklarini adekvat aks
etadi. Bunda ular asosan portfellari bo‗yicha yuqori daromadlilik va likvidlilikni
ta‘minlaydilar, mos ravishda quyidagilar bilannamoyon bo‗luvchi rolni bajaradi:
- emitentlar holatining obyektiv ―barometri‖, demak, iqtisodiyotning real
sektorini ham;
- moliya bozori orqali real sektor investitsion loyihalarini moliyalashtirishning
arzon va samarali manbai;
- moliya bozori orqali iqtisodiyotning tarmoqlari bo‗ylab investitsion
resurslarni samarali taqsimlanishi va qayta taqsimlanishi jarayoni regulyatori.
Umuman olganda, portfelli investorlar o‗z kapitalini moliya bozor-lari (fond
bozorlari) orqali yo‗naltirib, milliy iqtisodiyotni obyektiv baholaydi va raqobatli
kreditlaydi. shu bilan ular mablag‗larini bir loyihaga to‗g‗ridan to‗g‗ri investitsiya
qiluvchi investorlardan (qisqacha – to‗g‗ri investorlar) farqlanadi. To‗g‗ri investor
uchun investitsion loyiha tarixi va kredit oluvchi kompaniya bilan sheriklik
hissiyoti katta ahamiyatga ega bo‗lib, portfelli investor (strategik-portfelli
investorlardan
tashqari,
chunki
ular
tarmoq
kompaniyalariga
bozor
konyunkturasiga
qarab
ko‗pincha
o‗zlarining
rivojlanish
tartiblarini
majburlaydilar) uchun esa bu masalalar unchalik ahamiyat kasb etmaydi.
Dostları ilə paylaş: