PivoTexnologiya indd



Yüklə 0,68 Mb.
səhifə18/36
tarix02.01.2022
ölçüsü0,68 Mb.
#37466
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   36
PivoTexnologiya

Donni havo-suvli bo‘ktirish usuli. Donni yuvish va bo‘ktirish davriy va uzviy ishlaydigan yuvish apparatlarida olib boriladi. Tozalangan va navlar­ga ajratilgan don asta-sekinlik bilan suv to‘ldirilgan apparatga solinadi. Don ma’lum vaqt suv ostida (6 soat) va ma’lum vaqt suvsiz (4 soat) turadi. Donning naviga va bo‘ktirish jarayoniga ta’sir etuvchi omillarga qarab jarayon takror- lanadi. Bo‘kayotgan don qatlami orasidan uglerod (IV)-oksidi chiqib ketishi uchun har bir soatda siqilgan havo berib turiladi. Bunda bo‘kayotgan don suvda yoki suvsiz turganining farqi yo‘q. Jarayon donning namligi 43-47% ga yetguncha takrorlanadi. Bo‘ktirish davomiyligi 48-72 soat.

Uzviy oqimda havo va suv bilan bo ‘ktirish usuli. Bo‘ktirish chaniga uzluksiz ravishda havo bilan to‘yintirilgan suv yuboriladi. Bu don hayot faoliyatining normal o‘tishini ta’minlaydigan minimal kislorod oqimidir. Buning uchun bo‘ktirish chaniga yaqin joyda markaziy quvurga aralashtirgich (suv va havoni) o‘rnatiladi. Apparatning konus qismiga barbotyor montaj qilinadi. Barbotyor orqali havo bilan to‘yingan suv shunday miqdorda berilishi kerakki, bunda bo‘ktirish apparatining suvli yuzasida havo pufakchalari uzluksiz ajralib chi- qib tursin. Bu usulda bo‘ktirish jarayoni 36-70 soatga va undirish jarayoni 7-8 kun o‘rniga 6 kungacha qisqaradi. Bu usulda don havo kislorodi bilan uzluksiz va bir tekisda ta’minlanadi.

Suv purkab bo‘ktirish usulida don yuvilib dezinfeksiyalangandan so‘ng apparatda qoladi. Donning qatlam balandligi 1 m dan oshmasligi kerak. Shun- dan so‘ng donga suv quyilib 6-8 soat davomida ushlab turiladi. So‘ng suv to‘kib tashlanadi va uzluksiz ravishda donga suv purkab turiladi. Don qatlami orasidan suv sizib o‘tib, uni namlaydi, o‘zi bilan birga toza havo yetkazib bera- di va don qatlamida yig‘ilib qolgan uglerod (IV)-oksidini olib chiqib ketadi. Natijada don uzluksiz aeratsiyalanib, donning normal nafas olishi va unib chiqishi uchun sharoit yaratiladi. Biroq katta hajmli konussimon uchli slindrli apparatlarda bu usul samarasiz hisoblanadi. Chunki don qatlamining qalinligi tufayli uglerod (IV)-oksidi va ajralib chiqayotgan issiqlikni bartaraf qilish qiyin.

Havo-suv purkash usulida bo‘ktirish usulida donga navbatma-navbat suv purkaladi va uni uzoq vaqt havo bilan aeratsiyalanadi. Bunday bo‘ktirish usuli donning namligi 44-46% ga yetguncha davom etadi.

Bo‘ktirish jarayoni shpindel-aralashtirgichli yashikli don undirgichlarda olib boriladi. Bunday holda solod aralashtirgichning ikki tomoniga suv purkash uchun forsunkali quvur mahkamlanadi. Forsunkalarning soni yashikning eniga bog‘liq bo‘lib, ular yashikning eni bo‘ylab suv purkashni ta’minlashi kerak.

Yashikli don undirgichlarda bu usulda donni bo‘ktirish va undirish quyi- dagicha olib boriladi. Yuvilgan va dezinfeksiyalangan arpa yashiklarga solinadi va solod aralashtirgich bilan don qatlami bir tekisda tekislanadi. So‘ng arpa har 4-5 soatda suv purkagan holda aralashtiriladi. Har safar suv purkagandan keyin undirish uchun kerakli haroratni ta’minlagan holda kondensirlangan havo bilan shamollatiladi.

Klassik usulda solod olishda 1 t arpani yuvish va bo‘ktirish uchun 18-20 m3 suv sarf qilingan bo‘lsa, bu usulda 1 t don uchun suvning sarfi 6-8 m3 gacha kamayadi va yashikli don undirgichda bo‘ktirish jarayoni 1,5-2 kunga qisqaradi.



Uzoq muddatli havo pauzali bo ‘ktirish usuli chet elda keng tarqalgan bo‘lib, murtakning dastlabki o‘sish davrida maksimal darajada kislorod yetkazib berish ta’minlanadi hamda bo‘ktirishning birinchi bosqichida namlik 38% bo‘lguncha donning tez va bir me’yorda unishi e’tiborga olinadi. Bunda donni 38% namlikgacha suvni yutish jarayonining tezligi suv va havoning harorati, suvni almashtirish chastotasi hamda bo‘ktirish davomiyligiga bog‘liq bo‘ladi.

Namligi 38% bo‘lgan donni yana bir kun bo‘ktirib, namligi 40% li don kabi bir me’yorda o‘stirishga erishish mumkin. Donga qo‘shimcha suv purkalganda namlik bosqichma-bosqich ortib boradi (43% ga, so‘ng 46-48% gacha) va ildizning yanada o‘sishi kuzatiladi.



Donni o‘ta bo‘ktirish usuli pnevmatik bo‘ktirish usulini takomillashtirish natijasida ishlab chiqilgan. Faqat bunda donga kislorod va suvni ta’sir etti- rish sharoiti o‘zgartirilgan. Ayrim hollarda donni o‘stiruvchi kimyoviy ingi- bitorlardan foydalaniladi.

2.1-jadval


Yüklə 0,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   36




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin