Qovun va tarvuzning fuzarioz so'lishi kasalliklari reja: Kirish Tarvuz fuzarioz so‘lishi



Yüklə 29,56 Kb.
səhifə7/11
tarix09.06.2023
ölçüsü29,56 Kb.
#127583
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
QOVUN VA TARVUZNING FUZARIOZ SO\'LISHI KASALLIKLARI

Qo‘zg‘atuvchining belgilari. Alternaria cucumerina. Sun’iy ozuqa muhitida gifalar rangsizdan zaytun tusligacha, ko‘p hujayrali, eni 4-9 mkm, mitseliy oq yoki zaytun tusli. Konidioforalar dog‘lardagi to‘qimalardan bittadan yoki bir nechtadan guruhlarda chiqadi, och-qo‘ng‘ir, to‘q-qo‘ng‘ir tusli, to‘g‘ri yoki bukilgan o‘lchami 15-72(110)x5-6(10) mkm, 1-6septali, pastki qismi shishgan. Konidiyalar konidioforalarda bittadan (juda kam hollarda 2 ta dan iborat zanjirchada) joylashgan, och-qo‘ng‘ir, so‘ngra to‘q-qo‘ng‘ir, tuxum, teskari-to‘qmoq va urchuq-teskari-to‘qmoq shaklli, 1-10 eniga va 5-13 bo‘yiga to‘g‘ri yoki qiyshiq joylashgan septali, o‘lchami 33,6 - 129,4 x 13 - 33,6 mkm, bo‘yinchasi 2-6 septali, o‘lchami 20 - 336 x 1 ,3 - 5 mkm.
Kurash choralari. Chidamli navlar yaratish va qo‘llash; urug‘ni ekishdan oldin samarali fungitsid bilan dorilash; o‘simlik qoldiqlarini daladan chiqarib, yo‘qotish tavsiya qilinadi (MacNab et al., 1983; Bernhardt et al., 1988; Fletcher, 1987; Vyangelyauskayte i dr. 1989; Sagdullayeva i dr., 1990).
Kurash choralari. Navbatdagi ekin ekishdan oldin issiqxona tuprog‘ini zararsizlantirish yoki almashtirish; birinchi kasallangan o‘simliklarni darhol yulib olib, chiqarib, yoqib yuborish; harorat keskin o‘zgarib turishiga yo‘l qo‘ymaslik, mu’tadil harorat (21-22°С) va namlikni ta’minlash; issiqxonalarni tez-tez shamollatish; iliq suv bilan sug‘orish, ammo ortiqcha sug‘ormaslik (ayniqsa yozning ikkinchi yarmida); dalalarda chuqur kuzgi shudgor; kasallik keng tarqalish xavfi bo‘lganda ekinga fungitsid (benzimidazollar, iprodion, vinklozolin va b.q.) purkash tavsiya qilinadi (Gerasimov, Osnitskaya, 1961; Fletcher, 1987; Bernhardt et al., 1988; Vyangelyauskayte i dr. 1989; Ganiyev, Nedorezkov, 2005).
O‘GEBI xodimlarining xabarlariga ko‘ra, bodringda sklerotinioz Toshkent viloyati issiqxonalarida ham qayd etilgan.
Poliz ekinlari askoxitozini Ascochyta cucumis zamburug‘i qo‘zg‘atadi. Askoxitoz bodring, qovun, tarvuz va qovoqning barglarida (ba’zan poya va mevalarida), ustida qora piknidalari mavjud bo‘lgan
dumaloq, och-kulrang, kulrang, ko‘pincha qo‘ng‘ir hoshiyali, diametri 1 sm cha keladigan dog‘lar paydo qiladi. O‘simliklarning urug‘barg, maysalari hamda urug‘lari zararlanadi. Markaziy Osiyoda uchrashi xabar qilingan (Gerasimov, Osnitskaya, 1961), ammo bu xabar isbotlanishi lozim.

Yüklə 29,56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin