T abdraxmanov


-rasm. Tuproqshunoslik va agrokimyo fanlarini o‘qitilishining strategiyasi



Yüklə 1,27 Mb.
səhifə16/43
tarix29.03.2023
ölçüsü1,27 Mb.
#91263
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   43
Туп ўқитиш услубиёти Абдрахманов

2-rasm. Tuproqshunoslik va agrokimyo fanlarini o‘qitilishining strategiyasi
Strategiyaning fanlarni tanlanishi va o‘qitilishi bosqichida ta’lim yo‘nalishining o‘quv rejasidagi fanlarni to‘g‘ri tanlash kerak, ayniqsa mutaxassislik fanlarini tanlashda oqilona yondashish lozim. Fanlarni tanlashda provard natija yer resurslaridan yuqori darajada foydalanish, mavjud muammolarni hal etilishi va sifatli, mo‘l hosil olish bo‘lishi kerak.
Fanlarni tanlanishi va o‘qitilishi strategik bosqichi. Bu bosqichni yuqori darajada bajarish uchun quyidagi ikki talab qat’iy bajarilishi lozim:

  1. Ishlab chiqarish tashkilotlarining asosli talablarini inobatga olish. Bunda qaysidir davlat tashkilotlari, jumladan, Tuproq bonitrovkasi sho‘ba korxonasi, ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qo‘mitalari, oliy va o‘rta maxsus ta’lim muassasalari, fermer xo‘jaliklar, xorijiy ilmiy markazlar, ilmiy tadqiqot institutlari va boshqalarning amalda kerak bo‘lgan ko‘nikmalariga xizmat qiladigan fanlarni o‘qitish lozim. Bu jarayonda professor-o‘qituvchilar qo‘yilayotgan ishlab chiqaruvchining talabini bajarishi talab etiladi.

  2. Xorijiy oliy ta’lim muassasalarining tajribalarini inobatga olish. Bu jarayonda ko‘proq dunyo oliy ta’lim muassasalarining reytingiga kirgan 100 ta universitetlarning yoki qishloq xo‘jaligi sohasi bo‘yicha eng yuqori reytingga ega 10 ta universitet tajribalarini o‘rganish maqsadga muvofiq. Agarda fanlarni tanlashda xorijiy oliy ta’lim muassasalarining o‘quv rejasidagi fanlar bilan qiyosiy solishtirish va O‘zbekiston tuproq iqlim sharoitlarini inobatga olgan holda amalga oshirilsa maqsadga muvofiq bo‘ladi, chunki fanlarning tanlanishi nafaqat ishlab chiqarishdagi muammolarni hal etadi, balki keyinchalik ilmiy ishlarning shakllanishiga va yangi yutuqlarga erishishga, innovatsion natijalar olinishiga xizmat qiladi.

Strategiyaning “Fanlarni o‘qitilishida ishlab chiqarish va nazariyaning bog‘liqligi” bosqichida yuqorida tanlangan fanlarni ishlab chiqarish va nazariyaning o‘zaro bog‘lash orqali o‘qitish tushiniladi. Hozirda respublika oliy ta’lim muassasalaridagi eng yirik, strategik muammo ham shu hisoblanadi. Natijada oliy ta’lim muassasasini bitirgan bitiruvchilar ishlab chiqarish jarayonida to‘g‘ridan to‘g‘ri ishlab ketolmasligi ko‘rinib qolmoqda. Shu nuqtai nazardan tuproqshunoslik yo‘nalishidagi fanlarni o‘qitishda ishlab chiqarishdagi muammoni ildizini, ilmiy asosini o‘rganishga, hal etishga qaratgan holda o‘qitish kerak. Amaliy mashg‘ulotlar, seminar va laboratoriyalarning ma’lum bir qismi aynan ishlab chiqarish tashkilotlarida o‘tilishi yuqori natijalar beradi. Shuningdek, bitiruv malakaviy ishlari ham aynan ishlab chiqarish tashkilotlarida bajarish lozim. Fanlarni o‘qitishda ham shu tashkilotlardan mutaxassislarni jalb etish, oliy ta’lim va ishlab chiqarish tashkilotlari orasida yagona ma’lumotlar bazasining tizimi yaratilishi kerak. Hozirda oliy ta’lim muassasadagi professor-o‘qituvchilar yoki talabalar ishlab chiqarish tashkilotlaridan kerakli, ya’ni ishlab chiqarishdagi real muammolar va natijalar to‘g‘risida ma’lumotlar olish imkoniyatiga ega emas. Ishlab chiqarish jarayoni va nazariy ta’limni bog‘lamasdan turib, rivojlangan davlatlar va bugungi kun talabi darajasidagi natijalarga erishib bo‘lmaydi.

Yüklə 1,27 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   43




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin