Talim vazirligi



Yüklə 275,58 Kb.
səhifə10/16
tarix10.06.2022
ölçüsü275,58 Kb.
#61162
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   16
BMI.Mamadaliyeva K

Solishtiring:

  1. Yoqimli musiqani tinglamoq – erkin soʻz birikmalari;

  2. Ikki lola, bir qanchagul – bogʻlik soʻz birikmalari;

  3. ko‘ngli ochiq, ogʻzi qulog‘ida – frazeologik birikmalardir.

Har bir soʻz birikmasi mazmuniy yaxlitlik va Grammatik jihatdan shakllanish xususiyatiga ega. Soʻz birikmasidan farqli ravishda boshqa barcha birikuvlar soʻzning kengayishi hisoblanadi.
Biz nutqimizda iboralardan tez-tez foydalanamiz. Misol uchun, ranjitmoq so‘zi o‘rniga arpasini xom oʻrmoq iborasi orqali va yana: xursand boʻlmoq so‘zi o‘rniga boshi osmonga yetmoq iborasini ishlatishimiz mumkin. Bu holda esa nutqiy taʼsirchanlik ortishi aniq. Biroq bu jarayonda mustaqil soʻz oʻrniga sintaktik qurilmadan foydalanamiz. Bu esa, oʻz navbatida, yagona soʻz bilan berilishi mumkin boʻlgan maʼno ifodasining bir necha soʻzning oʻzaro munosabatga kirishuvi orqali berilayotganini koʻrsatadi.
Soʻzning ifodaviy tomonini tovushlar tashkil etsa, iboraning ifoda tomonini esa so‘zlar tashkil etadi. Qiyoslang: Farzand – koʻzining oq-u qorasi, ulug‘lamoq – koʻkka koʻtarmoq.
Frazeologizmlarning eng asosiy belgilari sifatida quyidagilarni koʻrsatish mumkin: frazemaning tarkibida ikki yoki undan ortiq leksema qatnashgan bo‘ladi; frazema yaxlit bir lug’aviy maʼnoni ifodalaydi; frazemaning tarkibidagi soʻzlar o‘z leksik maʼnolarini yoʻqotgan boʻladi; frazema turg’un birikma sifatida erkin birikma bilan faqat omonimik holatda boʻladi; frazemani faqat yaxlitligicha almashtirish mumkin; frazema gapning tarkibida yaxlitligicha bir sintaktik vazifada keladi; frazemani boshqa tilga soʻzma-soʻz tarjima qilib boʻlmaydi, yaxlitligicha tarjima qilinadi6.
Xulosa shuki, fanda so‘z birikmasi va iboraning farqli tomonlarini ko‘plab olimlarning ilmiy ishlaridan o‘qib bilishimiz mumkin. Quvonarlisi, ushbu mavzu bo‘yicha yosh tadqiqotchilar ham o‘z tadqiqotlarini olib borishmoqda.
ll.bob.
Turg`un so`z birikmalari yoki frazemalarning xususiyatlari.
Frazeologiyani keng ma'noda tushunuvchilar fikriga ko'ra, tildagi barcha turg'un so'z birikmalari, maqol-matallar, hikmatli so'zlar frazeologiya fanining ob'ekti bo'lmog'i kerak. Frazeologiyani tor ma'noda tushunuvchi lingvistlar fikriga ko'ra esa, frazeologiya ob'ekti faqat turg'un so'z birikmalari bo'lmog'i lozim, gap shaklidagi turg'un birikmalar frazeologiya tizimi ortida qoldiriladi. Shunga qaramasdan ushbu tadqiqotlarda asosiy e'tibor tillardagi turg'un birikmalarni tavsiflash maqsadida ularning paydo bo'lish mexanizmlari va struktur-semantik xususiyatlari kengo'rganildi, paradigma sintagmatik o'ziga xos tomonlari tahlil qilindi.
Olib borilgan keng qamrovli izlanishlar natijasida bir qator tilshunoslar tomonidan frazeologiyaga tilshunoslikning alohida mustaqil yo'nalishi sifatida qarash zarurligi masalasi o'rtaga tashlandi. Ushbu yo'nalishning vazifasi turg'un so'z birikmalarining shakllanishi, ichki va tashqi qonuniyatlari, semantik, Grammatik xususiyatlarini tadqiq qilishdan iborat edi.
Izlanishlar natijasida turg'un so'z birikmalariga xos bo'lgan xususiyatlarni belgilovchi qator kriteriylar asosida ularning maqomini aniqlashga erishdim. Rus olimlari tomonidan ilgari surilgan “возпроизводимость” (“tayyor holda qo'llanuvchi birlik”), “устойчиввость” (“ma'no va shakl turg'unligi”), “семантичускаяуникалъность” (ma'noning o'ziga xosligi”), “експрессивность” (“ekspressivlik”), “непереводимость” (boshqa tilga to'liq tarjima qilinmasligi”) kabi qator kriteriylar turli tillarning frazeologik fondini o'rganishda katta ahamiyat kasb etdi.
Frazeologik iboralarning o'ziga xos xususiyatlarini aniqlash maqsadida olimlar tomonidan turli metodlar qo'llanildi. N.N.Amosova tomonidan “Kontekstual tahlil metodi”, A.V.Kunin tomonidan “Frazeologik birliklarni identifikatsiya qilish metodi”, M.T.Tagiyev tomonidan “Frazeologik iboralar chegara qatlami” (методкружения), V.P.Jukov tomonidan “aplikatsiya metodi” kabi metodlar taklif etildi hamda boshqa qator tilshunoslar kompleks tadqiqot metodlaridan foydalandilar.
Ushbu tarzda olib borilgan izlanishlar tillardagi frazeologik iboralarning belgi-xususiyatlarini e'tirof etgan holda quyidagilarni ta'kidlashni talab etadi:
Birichidan, frazeologizmlar o'zlarining farqli xususiyatlari asosida bir tarafdan so'zlardan, ikkinchi tarafdan erkin so'z birikmalaridan farqlanadilar.
Ikkinchidan, yuqoridagi gipoteza asosida frazeologiyani tilning umum system doirasida alohida tag tizim (podsistema) sifatida ajratish zaruriyati mavjudligini ta'kidlaydi.
Lekin frazeologlarning yuqoridagi umumiy qarashlariga bir qator tilshunoslarning e'tirozlari ham mavjud. Bunday munosabatda bo'lish, bir tomondan, hali hanuzgacha frazeologiyaning qo'llanishicha chegarasi aniqlanmaganligi bo'lsa, ikkinchi tomondan iboralarning “frazeologiyalashish”i jarayonida ularning farqli belgilari aniqlanmaganligidadir. Asosiy qiyinchilik shundan iboratki, tilshunos olimlar tillardagi turli turg'un so'z birikmalarini, struktur va semantic xususiyatlaridan kelib chiqib, ba'zilari frazeologiyani ko'lamini o'ta kengaytirib yuborsalar, ba'zilari esa o'ta tor ma'noda talqin qiladilar.
Shu o'rinda taniqli rus frazeolog-frazeografi, rus tilining “Izohli frazeologik lug'ati” muallifi A.I.Molotkovning 1967 yilda yozgan quyidagi mulohazalari hali hanuzgacha o'z ahamiyatini yo'qotgani yo'q: “Urusistlarning frazalogizimlari nima ekanligi, tilning frazealogik birligi emasligi haqida bir ovozdan fikr yo’q,-shuning uchun tilda bunday birliklarning tarkibi qanday ekanligi haqida bir xil qarashlar mavjud emas. Turli olimlar taqdim etilgan rus tilining frazelogik birliklari ro’yxati bir-biridan shunchalik farq qiladiki, frazeologik birliklar haqida turli, ko’pincha to’g’ridan-to’g’ri qarama-qarshi qarashlar haqida gapirish mumkin”.
Frazeologiyaga bunday munosabatda bo'lish holatlari so'nggi yillarda hamda davom etayotganligini ta'kidlash lozim. Bunga asosiy sabablardan biri, yuqorida ta'kidlanganday, frazeologizmlarni aniqlashda tilshunoslar tomonidan turg'un so'z birikmalarining qaysidir belgi-xususiyati asos qilib olinib, shu asosda frazeologiya fanining ko'lami, chegarasi aniqlanmoqda. Natijada, prof. I.I.Chernishyovaning ta'kidlashicha, bir guruh olimlar frazeologiya ob'ekti sifatida faqat semantic nuqtai nazardan o'zgargan, so'z kabi yaxlit ma'no xususiyatiga ega bo'lgan turg'un so'z birikmalarini olishadi. (N.N.Amosova, V.P.Jukov, A.M.Babkinvab.). Boshqa bir guruh frazeologlar frazeologiya ob'ektiga semantic nuqtai nazardan o'zgarishga erishgan, so'z kabi yaxlit ma'noga ega hamda strukturasi jihatdan gapga teng bo'lgan turg'un so'z birikmalarini ham kiritadilar. Xatto ba'zi tilshunoslar, masalan, prof.M.M.Kopilenko, frazeologiya ob'ekti sifatida tildagi barcha so'zlarning bog'lanish mexanizmini o'rganishni fan yo'nalishi sifatida ham talqin etadi.
Frazeologiya chegarasini bunday yo'l bilan aniqlash oxir oqibat tilde chegarasi yo'q erkin so'z birikmalarini ham tadqiq qilishga, tildagi semantik, struktur nuqtai nazardan bir-biridan farq qiladigan til va nutq birliklarini bir ob'ekt bayrog'I ostida tahlil qilishga olib keladi. Bizningcha, bunday birliklar ilmiy va amaliy nuqtai nazardan turli qiyinchiliklar keltirib chiqaradi.
Frazeologiya ob'ektini aniqlash masalasiga bunday munosabatda bo'lishning sababridan biri, yana bir bor ta'kidlab aytsak, frazeologik birliklarni boshqa til birliklaridan ajratib olishda qo'llanayotgan kriteriylarga bog'likligidadir. Masalan, bir qator tadqiqotchilar biron iboraning frazeologiyaga taalluqlilik darajasini yagona bir kriteriya orqali aniqlab olish mumkinligiga urg'u beradilar. Ana shunday kriteriylardan biri–iboraning metaforik ma'noga ega bo'lishi yoki tilde tayyor turg'un holatda qo'llanishi mumkinligi darajasi ularning frazeologik ibora tarzida talqin qilinishi mumkin deb e'tirof etadilar.So'nggi yarim asrdan ortiqroq vaqt davomida olib borilgan frazeologik taqiqotlar shuni ko'rsatadiki, tilning keng qamrovli frazeologik iboralar ko'lamini alohida olingan biron kriteriya orqali belgilash mumkin emas. Frazeologiyani bu kabi “tor” ma'noda talqin qilishtildagi bir qator turg'un so'z birikmalarini sun'iy ravishda chegaralab, ularning chetda qolib ketishiga sabab bo'lishi mumkin.
Darvoqe, agarda biz frazeologik iboraga “tilde tayyor holda qo'llanuvchi birlik” sifatida qaraydigan bo'lsak, bunday xususiyat “so'z” va to'g'ri ma'noda qo'llanadigan bir qator “turg'un so'z birikmalari”da ham mavjud.
Masalan, o'zbek tilida – O'zbekiston qahramoni, davlat arbobi.
Nemis tilida – Held der Arbeit, Bundesrepublik Deutschland
Bu kabi so'z birikmalari ham tilda turg'un holatda tayyor qo'llanadi.
Iboraning metaforik ma'noga ega ekanligiga urg'u berishda ham e'tirozlar mavjud. Birinchidan, lug'at boyligining bir qator so'zlari metaforik ma'noga ega, ikkinchidan, turg'un so'z birikmalarining barchasida ham metaforik ko'chim mavjud emas. Ba'zi iboralar metonimik, analogik yoki qiyos asosida yuzaga kelgan. Shu boisdan ushbu kriteriya ham frazeologik iboralargagina xos bo'lmay, ularning o'ziga xos xususiyatlarini ochishda to'laqonli “ishlamaydi”.
Masalan,
O'zbek tilida – qovun tushirmoq, ko'z yummoq (metaforik ma'no mavjud emas).
Nemis tilida – Da liegt der Hund begraben, Augen schlieβen (metaforik ma'no mavjud emas) kabi iboralarda hech qanday metaforik ko'chim yo'q.
Iboralarning bir tildan ikkinchi tilga “so'zma-so'z” tarjima qilinmaslik xususiyati ham faqat frazeologizmlargagina xos emas. Bilamizki, tillarda qator real so'zlar mavjudki, ularni hech qachon bir tildan ikkinchi tilga to'g'ridan-to'g'ri, so'zma-so'z tarjima qilaolmaymiz. Bundan tashqari, alohida ta'kidlash lozimki, biron bir til xususiyatlarini, o'ziga xos tomonlarini tadqiq qilishda o'zga tillar xususiyatlaridan kelib chiqqan holda xulosa chiqarish, bizning nazarimizda, ilmiy mushohadaga asos bo'lolmaydi.
Yuqorida ta'kidlangan fikrlardan ko'rinib turibdiki, frazeologizmlarni til birligi sifatida biror maxsus, yakka holda olingan kriteriya orqali ajratib olish mumkin emas.
Turg'un so'z birikmalarining frazeologik xususiyatlari, xos belgilarini aniqlash ularning ma'no plani, shakl plani hamda funktsional vazifalaridan kelib chiqqan holda kompleks kriteriyalar asosida amalga oshirilmog'i lozim. Turli tillarning frazeolog masalalari bilan fanda uzoq yillar shug'ullangan taniqli frazeologolimlar – A.V,Kunin, I.I.Chernishyova, A.D,Reyxshteyn, S.G,Tavrinva boshqa olimlar aynan shunday xulosaga kelishgan.
Ushbu o'rinda nemis tili frazeologiyasini o'rganish jaronida A.V.Kunin tomonidan kompleks parametrlar asosida iboralarning turg'unlik belgilarini aniqlashda qo'llangan kriteriylar diqqatga sazovordir:
1. Frazeologizmning turg'un tilbirligi sifatida qo'llanishi;
2. Frazeologizmning struktur-semantik turg'unligi;
3. Ma'no va leksik qatlamining turg'unligi;
4. Sintaktik turg'unligi;
5. Morfologik turg'unligi.
Olimning fikricha, ko'rsatilgan xususiyat va belgilarga ega bo'lgan har qanday turg'un so'z birikmasi tilning frazeologik iborsi sifatida talqin qilinishi mumkin.
Qisqacha xulosa sifatida shuni ta'kidlash lozimki, har qanday tilda mavjud bo'lgan turg'un so'z birikmalarining o'ziga xos kompleks xususiyatlarini inobatga olgan holda ularning mantiqiy mazmun-mohiyatini ochish maqsadida kompleks kriteriyalarni qo'llash maqsadga muvofiqdir.
Bular qatoriga iboraning semantik “dunyosi”ni ifodalovchi:
A) Ma'no turg'unligi;
B) Ma'no strukturasining murakkabligi;
V) Ibora strukturasida ishtirok etgan so'zlar turg'unligi –
doimiyligi.
Iboraning tildagi funktsional xususiyatiga ko'ra:
A) Tilda tayyor holda (so'z kabi) qo'llanish mavjudligi,
B) Qo'llanish darajasi,
V) Funktsional murakkabligi kabi qator kriteriylar xosdir.
Har qanday ob'ektni o'rganishda unga tizim sifatida yondashish ushbu ob'ektni keng qamrovda, to'laqonli yoritishda, uning markaziy va markazdan yiroq joylashgan birlikligini aniqlashda ilmiy yo'l xaritasi bo'lib xizmat qiladi.
Frazeologiyani tilning asosiy tizimlari – fonologik, morfologik, leksik va sintaktik tizimlari qatorida maxsus tagtizim (podsistema) sifatida ajratib o'rganish nafaqat leksikografiya, frazeografiya uchun ilmiy ahamiyatga ega, balki tillarni amaliy o'qitishda ham asos bo'lib xizmat qiladi.
Boshqa til tizimlaridan farqli o'laroq, avtonom tiliga ega bo'lgan frazeologiya tagtizimi tillarning boshqa sath tizimi birliklaridan o'zining milliy-madaniy, ruhiy-tarixiy, emotsional-ekspressiv xususiyatlariga ega bo'lgan birliklari orqali ajralib turadi. Shu bilan birga frazeologik tagtizim birliklari boshqa sath birliklari kabi o'zining paradigmatik, ya'ni sinonimik, antonimik, sintaktik-semantik variantlari, sintagmatik valentligiga, derivatsion xususiyatiga ega bo'lgan holdabir-biri bilan turli munosabatda bo'lgan holda frazeologik tagtizimni tashkil etadi. Alohida eslatib o'tish lozimki, biz yuqorida ta'kidlab o'tgan frazeologiyaning paradigmatik xususiyatlari barcha tillarga xos bo'lgan holda universal xarakterga egadir. Turli tizimga taalluqli tillarda ushbu holatlar yaqqol ko'zga tashlanadi.
Misol uchun, turli tizimli tillarga xos bo'lgan nemis, rus va o'zbek tillarida “o'lmoq” leksik ma'nosini ifodalovchi qator frazeologik iboralarning bir-biri bilan sinonimik munosabatda bo'lgan holda mavjudligini e'tirof etish mumkin:
O'zbek tilida: Olamdan o'tmoq
Qazo qilmoq o'lmoq
Bandalikni bajo keltirmoq
Nemis tilida: das Zeitliche gegnen
die Seele aufheuchen sterben
die Augen schließen
Tillardagi frazeologizmlarning bir-birlari bilan antonimik munosabatga kirishishi ham ularning universal xususiyatlaridan hisoblanadi. Masalan,
O'zbek tilida : Oq ko'ngil – qora ko'ngil.
Dunyoga kelmoq – olamdan o'tmoq.
Nemis tilida: zur Welt kommen – Augen schließen,
durch eine rose Brille sehen – durch eine schwarze Brille sehen.
Frazeologizmlarning frazeo-semantik guruhlarni tashkil qilishi ham o'ziga xos tagtizi mmavjudligidan dalolat beradi. Masalan, o'zbek tilidagi “samimiylik” tushunchasini ifodalovchi semantik guruhni olaylik: Oqko'ngil – ko'nglida kiri yo'q
Qalbi pok – yuragi toza
Nemis tilida: Barmherzig oder Barmherzigkeit

Alohida ta'kidlashim lozimki, frazeologik birliklarda ham boshqa til birliklarida uchraydigan ba'zi bir semantik-sintaktik variantlar mavjud. Masalan, o'zbek, nemis va rus tillarida uchraydigan leksik variantlarga e'tibor bering.


O'zbek tilida: Ikki oyog'ini bir etikka tiqmoq
Ikki oyog'ini bir etikka suqmoq
Nemis tilida: da liegt der Hase im Pfeffer
hier liegt der Hase im Pfeffer
ein Gesicht machen wie drei Tage Regenwasser
ein Gesicht machen wie sieben Tage Regenwasser
Ushbu leksik varianlardan tashqari grammatik variantlarni ham uchratish mumkin.
O'zbek tilida: ko'kka ko'tarmoq – ko'klarga ko'tarmoq
Nemis tilida: die Achselnzucken –mit den Achseln zucken
Bu kabi frazeologik variantlarda frazeologik ma'no o'zgarmaydi.
Frazeologik tizimda ba'zi iboralarning bir necha ma'noga ega bo'lishi va ushbu ma'nolar orasida ma'lum bog'liklik borligi yoki omonim ma'no mavjudligi ham tag tizim xususiyatlaridan biri hisoblanadi. Masalan, o'zbek tilida “Qo'l ko'tarmoq” iborasidagi a) ruxsat so'ramoq, b) mashina to'xtatish, v) musobaqa yoki kurashda, bahsda yengilish, g) birovga zulm qilish, urish ma'nolarini qiyoslab ko'ring. Nemis tilidagi “Im Stich lassen” iborasidagi ma'nolar tizimiga e'tibor bering:
Frazeologik iboralarni tashkil etuvchi komponentlardan biri asosida frazeologik “uya” (gnezdo) ning shakllanishi ham tizim xususiyatlaridan biri hisoblanadi.
Frazeologik tagtizimning yuqorida ta'kidlab o'tilgan yana bir o'ziga xos bo'lgan xususiyati haqida alohida to'xtalish lozim. Bu tildagi mavjud frazeologizmlar asosida yangi sodda yoki qo'shma so'zlarning yasalish jarayonir. Ushbu derivatsion jarayon tilning lug'at boyligini oshirishda o'ziga xos o'ringa ega. Qizig'i shundaki, frazeologizmlar o'zlarini tashkil qiluvchi komponentlarni qachonlardir leksik tizim birliklaridan olgan bo'lsalar, ma'lum davr o'tishi bilan ushbu frazeologik birliklar asosidagi yangi derivatlar ko'proq qo'shma so'zlar yasalishiga asos bo'lib xizmat qilarekan. O'xshatish joiz bo'lsa, frazeologik tagtizim leksik tizimdan olgan “qarzi”nio'zderivatlariorqali “uzgan”gao'xshaydi.
Fikrimizning isboti sifatida e'tiboringizni prof. M.E.Umarxo'jayev tomonidan turli tillar frazeologizmlari asosida keltirilgan quyidagi misollarga qaratsak.
“Biron shaxsni aldash maqsadida bo'lgan holat”ni ifodalash uchun nemis, o'zbek va rustillarida bir-biriga juda o'xshash “ko'z” leksemasi bilan bog'liq frazeologik iboralar mavjud. Ajablanarlisi shundaki, ushbu uch tilda ham frazeologik iboralar bir xil derivatlar – yangi qo'shma so'zlarning “dunyo”ga kelishiga sababchi bo'lgan. Nemis tilida “J-m die Augen auswischen“ (so'zma-so'z – birovning ko'zini yuvmoq, ya'ni kimningdir ko'zini bo'yamoq) – ikkita yangi qo'shma so'z paydo bo'lishiga olib kelgan: Augen auswischer – ko'z bo'yamachi va Augen auswischerei – ko'z bo'yamachilik.
O'zbek tilida ham “birovning ko'zini bo'yamoq” iborasi ikki yangi qo'shma so'z “tug'ilishiga” olib kelgan: ko'z bo'yamachi, ko'z bo'yamachilik.
Qizig'i shundaki, prof.M.E,Umarxo'jaevning ta'kidlashicha, ushbu yangi yasalgan qo'shma so'zlar frazeologiya prototiplariga qaraganda nutq jarayonida ko'ra qo'llanar ekan.
Yuqoridagi mulohazalarimizdan kelib chiqib, qisqacha xulosa qilsak.
Til sistemasida mavjud bo'lgan frazeologik tagtizim birliklari funktsional nuqtai nazardan so'zlar kabi narsa va hodisalarni nomlashda, kommunikativ munosabatlarni bajarishda faol ishtirok etadi. Yana ham aniqroq ta'kidlash lozim bo'lsa, har bir tilda frazeologik tagtizim mavjud bo'lib, uning birliklari tilning lug'at boyligini oshirishda, predmet va hodisalarni nomlashda, kundalik muloqot jarayonida so'z kabi doimo qo'llanadi. Bunday til birliklarida xalqlarning milliy-madaniy o'ziga xosligi, udumlari, mentaliteti, tarixi bir umrga muhrlangan. Shunday qilib, frazeologik tagtizimning faktik jihatdan mavjudligi, lingvistik nuqtai nazardan alohida ajratish mumkinligini e'tirof etish talab etiladi.
Biz yuqorida qisqaroq bo'lsa ham tillarda mavjud so'z birikmalarini o'rganishdagi kontseptsiyalar haqida to'xtaldim. Tahlilga tortilgan iboralarni klassifikatsiyalash to'g'risida hamda tillardagi mavjud tizimlar qatorida frazeologik tagtizimni ham alohida ajratb, mustaqil o'rganish lozimligini ta'kidlab o'tdik.
Ushbu o'rinda savol tug'ilishi tabiiy, ajratib olingan tagtizimning birligi bo'lgan frazeologiyaning maqomi qanday? Frazema komponentlari qay darajada o'zining leksik ma'nolarini saqlagan yoki yo'qotgan holda frazemalar shakllanishida ishtirok etadilar? Savol yana ham aniqroq qo'yilsa, frazemalar strukturasida komponent sifatida ishtirok etayotgan leksik birliklar (mustaqil yoki yordamchi so'zlar) qay darajada o'zlarining leksik-denotativ, metaforik-ko'chma ma'nolari bilan (shunday holat mavjud bo'lsa) tilda yangi frazeologik ma'no shakllanishida ishtirok etadilar?
Savollarga berilgan javoblar frazeologik tagtizim birliklarining ko'lami, chegarasini aniqlashda jiddiy asos bo'lib xizmat qiladi. Darvoqe, ushbu masalaning yechimini topishda zamonaviy tilshunoslikda uch yo'nalishda qarashlar mavjud.
Birinchi yo'nalish vakillarining fikrlariga ko'ra (AvalianiYu.Yu., Axmanova O.S., Molotkov A.I. va bqa.) frazema komponenti sifatida ishtirok etgan so'zlar o'zlarining so'zlik maqomini yo'qotadilar, ular so'z sifatida emas, balki morfema maqomini oladi, o'zlarining grammatik kategoriyalarini yo'qotib, predmetlarni nomlashdagi leksik ma'nolaridan uzilib, o'zlarining tovush shakllarinigina saqlab qoladilar. Demak, frazema komponenti sifatida ishtirok etayotgan so'z denotati bilan, ya'ni u nomlayotgan mustaqil voqelik bilan aloqani uzgan bo'ladi.
Birinchi yo'nalish tarafdorlarining fikrlariga qarama-qarshi fikrni ikkinchi guruh olimlar (A.V.Kunin, I.I.Chernishyova, V,L.Arxangeliskiy, R.N.Popovva b.) shakllanishida ishtirok etgan so'z-komponentlar o'zlarining barcha sifatlarini saqlab qoladilar va ularni to'laqonli so'z sifatida ko'rish mumkin. Ular “maxsus qo'llanish” natijasida frazemalarni so'zlardan tashkil topmagan birlikka aylantirishlari mumkin emas. Albatta, har ikki yo'nalish tarafdorlarining fikr-mulohazalarida asos borligiga shubha qilmasa ham bo'ladi. Bu o'rinda ular o'z argumentlarini, g'oyalarini turli frazemalar asosida isbotlamoqdalar. Tilning frazeologik fondida bir qator frazemalar mavjudki, ularning komponentlari allaqachon o'z nominativ ma'nolaridan uzoqlashgan va “puchlashgan tovush” sifatida namoyon bo'ladilar. Bunday leksik birliklar frazemadagi boshqa komponentlar bilan, o'xshatish joiz bo'lsa, “reaktsiya”ga kirishib, tilda yangi frazeologik ma'no shakllanishida ishtirok etadilar. Masalan, nemis tilidagi “Da liegt der Hund begraben“ (so'zma-so'z – „mana it qayerga ko'milgan”) so'zlari bilan frazema ifodalayotgan ma'no – “mana masalaning mohiyati qayerda!” o'rtasidagi bog'liqlik nima etimologik tahlilsiz hozirgi kunda aniqlab bo'lmaydi. Bunda tilda yangi ma'no hosil bo'lmoqda. O'zbek tilida “Qovun tushirmoq” iborasidagi “qovun”, “tushirmoq” so'zlari frazema komponenti sifatida qanday leksik-semantik vazifaga ega? Ular o'zlarining qaysi leksik ma'nosi bilan frazeologik ma'no shakllanishiga o'z “ulush”larini qo'shmoqdalar? Bunday holatda ularni tilning mustaqil leksik birligi sifatida e'tirof etish mumkinmi?!
Lekin, shu bilan birga alohida eslatib o'tish lozimki, bunday xususiyatga ega bo'lgani boralarning soni tillarda ko'p emas. Bir qator frazeologik iboralar uchraydiki, ularning shakllanishida ishtirok etgan so'zlar – komponentlarning konkret yoki ko'chma ma'nolari ba'zilarida implitsit, ba'zilarida esa eksplitsit shaklda namoyon bo'lib turadi. Ular frazema komponenti sifatida o'zlarining ma'no va shakl planlarini saqlab qolishgan. Bunday holatlar ikkinchi yo'nalish tarafdorlarining fikrlarini e'tirof etishga asos hisoblanadi. Masalan, o'zbek, nemis va rus tillarida qiyosiy iboralarda leksik komponentning metaforik ma'nosi saqlanib qolishi: tulkiday ayyor, qorday oppoq; nemis tilida – Schlau wie Fuchs, weiß wie Schee; yoki rus tilida – xитрый как лиса, ,белый как снег. Bunday holatni bir qator paremiologik birliklarda leksik va frazeologik ma'nolarning paralleli mavjudligida kuzatamiz.
Masalan, Yer haydasang, kuz hayda, kuz haydamasang, yuz hayda - wie die Saat, so die Ernte; Qo'ychivon ko'p bo'lsa, qo'y xarom o'ladi - Viele Köche verderben den Brei; Holz in den Wald tragen – o'rmonga o'tin tashimoq
Misollardan ko'rinib turibdiki, har bir tilning frazeologik fondida semantic nuqtai nazardan shakllanishiga ko'ra turli iboralar mavjud ekan, ba'zi iboralarda komponent o'zining so'z maqomini yo'qotgan bo'lsa, boshqa bir iborada o'z ma'nosini saqlab qolgan.
Bunday holat uchinchi guruh vakillarining nuqtai nazarlari shakllanishiga asosiy mezon bo'lib xizmat qildi. Adolat yuzasidan aytish joizki, aslida frazeologiya fanining ilk asoschisi akad.V.V.Vinogradov tomonidan taqdim etilgan frazeologizmlar tasnifi, rus tili frazeologizmlarining uch guruhga ajratilishi, frazeologik fondning rang barangligi asosida yuzaga kelgan edi.
Bu tasnifga ko'ra taklif etilgan uch tipning birinchisi –фразеологеский срашения (frazeologik chatishma) deb atalib, ushbu tip «ibora tarkibidagi komponentlar o'zlarining leksik ma'nolarini, individual xususiyatlarini yo'qotgan frazeologizmlar” hisoblangan. Ikkinchi tip –фразеологеский эдинствa (frazeologik birlik) deyilib, bunday birlikda ishtirok etuvchi komponentlar ma'lum miqdorda o'zlarining leksik ma'nolarini saqlagan holda frazeologizm tarkibida ishtiro ketadi. Uchinchi tip - фразеолоической эсочэтание (frazeologikbirikma) bo'lib, uni tashkil etuvchi komponentlar semantikasida sezilarli darajada katta o'zgarish yuz bermaydi.
Tan olish lozimki, bunday rang barang semantik-sintaktik-stilistik xususiyatga ega bo'lgan, murakkab shakllangan til birliklarini oddiy tasnif qilish orqali ularning mazmun-mohiyati, ayniqsa, “frazeologizatsiyalanish” mexanizmini ochib berish o'ziga xos qiyinchilik tug'diradi. Til unsurlarini bunday tasnif qilish orqali ularni guruhlarga bo'lamiz, ma'lum parametrlar orqali tartib beramiz. Lekin, ob'ektning yaralish mexanizmini ochish uchun boshqa metodlardan foydalanish zarurati talab etiladi.
Fikrimcha, ana shunday yangicha yo'nalish prof.M.E.Umarxo'jaev tomonidan 1981 yili sobiq Ittifoq fanlar akademiyasi tilshunoslik institutida himoya qilingan doktorlik dissertatsiyasi xulosalarida ilgari surilgan. Olimning ta'kidlashicha, “Frazema komponenti so'zmi yoki so'z emasmi, ya'ni iboraning komponenti o'zining asosiy nominative yoki ko'chma ma'nosi bo'lsa, frazema tarkibida bu ma'nosni saqlab qoladimi yoki “ma'no puchlashish” jarayoni (oпустошения – M.E,Umarxo'jaev ilk bor qo'llagan atama) yuzaga keladimi? Masalaning bunday ilmiy tarzda qo'yilishi nafaqat frazeologiya nazariyasi uchun, balki leksikografiya, frazeografiya amaliyoti uchun ham ahamiyatli hisoblanadi.
Bundan tashqari, bu o'rinda gap frazemaning ma'no ko'chishi xususida emas, uni tashkil etuvchi komponentlarning nominative birlik sifatida “puchlashish”i (o'z ma'nosini yo'qotish) haqida bormoqda. Chunki frazema yaxlit holda ko'chma ma'noga ega bo'lgan holda, ma'lum designat ham ega bo'ladi. Frazeologiyani tashkil qiluvchi qismlar o'zlarining nominative funktsiyalarini yo'qotsa, “puchlashgan” holda hech qanday designatga ega bo'lmasdan, o'zining aniq ma'nosini yo'qotgan holda, yangi ma'noga ham ega bo'lmaydi. Albatta, komponentlarning “puchlashish” darajasi turli frazeologizmlarda turlicha ko'rinishda bo'lishini eslatib o'tish lozim.
Prof. M.E,Umarxo'jaev tomonidan ilgari surilgan frazemalar tarkibidagi so'zlar ma'nosining “puchlashish” g'oyasi so'zlardagi ko'p ma'noli tushunchalarni qayta ko'rib chiqishni talab etmoqda.
Darhaqiqat, so'zlarni frazemalar tarkibida semantik “puchlashishi”, bir tarafdan, so'zning nominative ma'nosi bilan frazema tarkibidagi maqomini, ikkinchi tomondan, bu birliklarning bir-biriga nisbatan joylashish xususiyatini aniqlashda qulay instrument vazifasini bajarishi mumkin. Amaliy nuqtai nazardan ushbu g'oya qay tarzda amalda tadbiq qilinishi M.E,Umarxo'jayev tomonidan nemis tilining izohli lug'atlaridan biri – “Wörterbuch der deutschen Gegenwartssprsche“ lug'atida abschneiden – kesmoq fe'li asosida yaqqol ko'rsatib berilgan.
Lug'atda ushbu so'zning quyidagi ma'nolari ajratib ko'rsatilgan:
1. etw.schneidend abtrennen – kesmoq, kesibtashlamoq
2. den Weg verkürzen – kesibo'tmoq, yo'lniqisqartirmoq
3. jmndn. von etw. adtrennen – kimnidir biror narsadan ajratib qo'ymoq, kesib qo'ymoq
4. etw. (bereits) begonnenes verseiten – boshlangan ishni to'xtatmoq, chetga surmoq.
Ushbu ma'nolar ma'lum darajada aniqlikka ega.
Lug'atda ushbu so'z quyidagi metaforik ma'noda ham alohida ajratib berilgan:
A) jmdm die Fluht abschneiden
Den Rückzug abschneiden
Den Weg zur Tür abschneiden kimningdir qochish, qaytish, chiqib ketish yo'lini to'smoq
B) jmdm. Das Wort, die Rede adschneiden – birovning so'zini, gapini bo'lmoq.
Ushbu fe'lni frazeologik iboralar tarkibida ham uchratmiz:
Bei etw. gut abschneiden – etw. mit einem guten Resultat abschneiden – biron ishda muvaffaqiyatga erishmoq – biron ishni yaxshi natija bilan tugatmoq.
Da kann sich mancher eine Scheibe abschneiden – kimdir o'z ulushini olishi ham mumkin.
Ibora tarkibida “abschneiden“ so'zi o'zininga аsosiy ma'nosidan uzoqlashib, “puchlashish” darajasiga yetib kelgan.
Tahlilga tortilgan misolllardan tilning frazeologik fondini keng qamrovli o'rganishda ushbu yo'nalish uslubi ham ilmiy, ham amaliy ahamiyatga ega ekanligi yaqqol ko'rinib turganini alohida ta'kidlash
lozimki, ushbu kontseptsiya bir tomondan sodda, qulay bo'lishi bilan birga ilmiy asosga ega bo'lib, uning universal xususiyati barcha tillar frazeologik tagtizimi (tag sistemasini) atroflicha tahlil qilishi imkoniyatini yaratadi. Bu uslub nafaqat tillarning frazeologik fondini tasniflash imkoniyatini yaratadi, balki uning chegarasini aniqlash uchun, asosiysi esa tilda frazeologiyaning, o'xshatish joiz bo'lsa, “tug'ilishi”, “dunyoga kelishi”, qanday lingvistik, ekstra lingvistik faktorlar ta'sirida iboraning frazemaga aylanish jarayonini o'rganishda zarur instrument bo'lib xizmat qiladi. Bunday tahlil frazeologik tagtizimning markaziy va markazdan uzoqlashgan (periferiya) birliklarini aiqlashda, yuqoridagi bo'limlarda ta'kidlab o'tilgan kompleks kriteriylar asosida olib boriladi.
Darhaqiqat, prof. M.E,Umarxo'jaev tomonidan ilgari surilgan frazeologik tizimning markazi va periferiya elementlarini aniqlash g'oyasi, uslubi nafaqat quyi tizimning sistem xususiyatga ega ekanligi, balki tilning o'zi to'la tizimlik xarakteriga ega ekanligini ochib berish uchun asos bo'ladi. Tilga bunday tarzda yondoshish orqali uning taraqqiyot yo'llari o'rganiladi, tilning sistemalar orasidagi alohida xususiyatlari, sistema birliklarining bir sistema tarkibidan ikkinchi sistema birligiga aylanish jarayonini ochib beriladi.

Yüklə 275,58 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin