Замонавий таълим / современное образование 2021, 4 (101) Shodiyeva Matluba Jo‘rayevna


ЗАМОНАВИЙ ТАЪЛИМ / СОВРЕМЕННОЕ ОБРАЗОВАНИЕ



Yüklə 183,29 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/10
tarix06.05.2023
ölçüsü183,29 Kb.
#108851
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
boshlang-ich-sinf-o-qituvchilarini-kasbiy-rivojlantirishning-ilmiy-pedagogik-jihatlari

ЗАМОНАВИЙ ТАЪЛИМ / СОВРЕМЕННОЕ ОБРАЗОВАНИЕ 2021, 4 (101)
rivojlanish modellari va xususiyatlari sifatida ajralib 
turadi. Shunday qilib, shaxsiy rivojlanishning yetakchi 
va hal qiluvchi omili shaxsning ijodiy tashabbusi va 
mustaqilligi bo‘lib, bunda asosiy rol o‘qituvchining 
shaxsiy va kasbiy rivojlanish uchun motivga egaligi 
hisoblanadi. Shaxsni takomillashtirish, shaxsiy va 
kasbiy rivojlanishida o‘zini o‘zi anglash muhim 
ahamiyat kasb etadi.
O‘qituvchilarning o‘zini o‘zi kasbiy rivojlantirish 
uchun o‘qituvchiga xos bo‘lgan akmeologik 
pozitsiyaning mavjudligi (uning shaxsiy faoliyati), 
moslashuvchanlik (atrofdagi voqelik shartlaridan 
shaxsiy rivojlanish uchun foydalanish qobiliyati), 
jamiyatda o‘z salohiyatini amalga oshirish istagi, 
o‘zini anglashi va shuningdek, o‘zini o‘zi boshqarish 
orqali o‘z kasbiy faoliyatini yanada takomillashtirishga 
tayyorligi muhim omillardan biri hisoblanadi.
Kasbiy faoliyat subyekti sifatida rivojlanishda 
subyektivlik, mutaxassisning malakasi va uning shaxsiy 
yetukligi kabi tendensiyalar ajralib turadi. O‘qituvchi 
professionallikni rivojlantirishga kasbiy rivojlanishning 
bosqichlari va darajasini (o‘z taqdirini o‘zi belgilash, 
moslashtirish, o‘zini namoyon qilish, o‘zini o‘zi 
anglash) egallash orqali erishadi. O‘qituvchilarga 
kasbiy o‘zini o‘zi rivojlantirishda tashqi va ichki 
sharoitlar ta’sir qiladi (o‘qituvchining o‘zi qobiliyatlari 
va moyilligi, atrof-muhitning xususiyatlari – oilaviy, 
kasbiy, o‘zini anglash xususiyatlari va aks etuvchi 
kompetensiya). 
Boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari kasbiy ehtiyojlaridan 
kelib chiqib, metodik tayyorgarlikni takomillashtirish, 
kasbiy rivojlantirish uchun quyidagi vazifalarni tizimli 
va uzviy amalga oshirishlari muhim hisoblanadi:
– o‘zini o‘zi rivojlantirishga intilish;
– hayotiy va kasbiy tajribalarni o‘zlashtirishga 
intilish;
– ta’lim berish uchun yuqori darajadagi 
tayyorgarlik va motivatsiyaga ega bo‘lish;
– kasbiy faoliyatini innovatsion yondashuv 
asosida tashkil etish va o‘qitish jarayonini 
takomillashtirish uchun zaruriy bilim, ko‘nikma va 
malakalarni amaliyotga tatbiq etish.
Asosiysi, o‘qituvchini uzluksiz kasbiy rivojlantirish 
va shu asosda uning kasbiy va metodik tayyorgarligini 
takomillashtirishga erishish mumkin. O‘z-o‘zini 
kasbiy rivojlantirishga bo‘lgan ehtiyoj, bir tomondan, 
o‘qitishning o‘ziga xos xususiyati, uning ijtimoiy roli, 
ikkinchi tomondan, pedagogik faoliyatning doimiy 
o‘zgarib turadigan sharoitlari bilan bog‘liq bo‘lgan 
“hayot davomida o‘qish” tamoyili bilan belgilanadi. 
O‘z-o‘zini rivojlantirish uzluksizlik, universallik, 
maqsadga muvofiqlik, integrativlik, umumiylik, 
individuallashtirish, o‘zaro bog‘liqlik va doimiylik, 
past darajadan yuqori darajaga o‘tishning doimiyligi, 
o‘zgaruvchanlik kabi tamoyillarga asoslanadi.

Yüklə 183,29 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin