ЗАМОНАВИЙ ТАЪЛИМ / СОВРЕМЕННОЕ ОБРАЗОВАНИЕ 2021, 4 (101)
Kirish.
Respublikamiz mustaqil davlat sifatida demokratik
jamiyat qurish, dunyodagi eng rivojlangan
mamlakatlar qatoridan o‘rin olishni o‘z oldiga maqsad
qilib qo‘ygan ekan, bu xalq ta’limi xodimlarini qayta
tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimi
oldiga ham muayyan vazifalar qo‘yadi. Mazkur
vazifalar umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida faoliyat
olib borayotgan o‘qituvchilarning kasbiy-metodik
tayyorgarligini rivojlantirish bilan belgilanadi.
O‘qituvchilarning kasbiy-metodik tayyorgarligi
ularning kasbiy faoliyatga doir bilimlar, ta’lim-tarbiya
jarayonini tashkil qilish, o‘z-o‘zini rivojlantirish kabi
asosiy kasbiy faoliyat sohalarida aks etadi. Bu esa o‘z
navbatida, o‘qituvchining o‘z fanini o‘qitishga doir
bilimlarni mukammal bilishi va harakatga keltirishi,
ta’lim jarayonini loyihalash, tashkil qilish va baholash
uchun zarur bo‘lgan tayanch kompetensiyalarni
egallashi, shuningdek, o‘qitish va tarbiyalash
jarayonini ta’lim sohasidagi innovatsion ilmiy yutuqlar,
zamonaviy pedagogik va axborot-kommunikatsiya
texnologiyalari asosida intensiv tashkil etish, uzluksiz
va tizimli o‘z-o‘zini rivojlantirishni talab etadi.
Dostları ilə paylaş: