Замонавий таълим / современное образование 2021, 4 (101) Shodiyeva Matluba Jo‘rayevna



Yüklə 183,29 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/10
tarix06.05.2023
ölçüsü183,29 Kb.
#108851
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
boshlang-ich-sinf-o-qituvchilarini-kasbiy-rivojlantirishning-ilmiy-pedagogik-jihatlari

Tadqiqot mavzusining dolzarbligi. 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 6 
noyabrdagi “O‘zbekistonning yangi taraqqiyot davrida 
ta’lim-tarbiya va ilm-fan sohalarini rivojlantirish 
chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi P�-6108-son �armoni 
va mazkur �armon ijrosini ta’minlash maqsadida 
2020 yil 6 noyabrda qabul qilingan “Ta’lim-tarbiya 
tizimini yanada takomillashtirishga oid qo‘shimcha 
chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4884-son qarorda 
mamlakatimiz ta’lim-tarbiya va ilm-fan sohalarini 
takomillashtirish, jamiyatimizda o‘qituvchi va pedagog 
xodimlar, ilmiy va ijodkor ziyolilarga bo‘lgan hurmat-
e’tiborni yanada oshirish, o‘qituvchilarning kasbiy 
mahoratini rivojlantirish, tizimda xususiy sektor 
ishtirokini kengaytirish maqsadida O‘zbekistonning 
yangi taraqqiyot davrida ta’lim-tarbiya va ilm-fan 
sohalarini yanada rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari 
belgilab berildi. Bilimga asoslangan iqtisodiyot 
ta’lim va kasbiy tayyorgarlikning yangi modellarini 
talab qiladi. Bunda davriy malaka oshirishdan farqli 
ravishda ijtimoiy va iqtisodiy muvofiqlik imkoniyatiga 
ega bo‘lgan «hayot davomida o‘qish» tamoyili asosida 
uzluksiz malaka oshirish tizimini takomillashtirib 
borish maqsadga muvofiq hisoblanadi. 
Boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining malakasini 
oshirish 
tizimida 
metodik 
tayyorgarligini 
takomillashtirish, uzluksiz kasbiy rivojlantirishning ko‘p 
jihatdan nazariy yoritilishiga qaramay, jamiyat, fan va 
ta’limning yangi yo‘nalishlari o‘qituvchini innovatsion 
metodik tayyorgarligini takomillashtirish, uzluksiz 
kasbiy rivojlantirish zaruriyatini kuchaytiradi.
Shundan kelib chiqib, boshlang‘ich sinf 
o‘qituvchilarining 
metodik 
tayyorgarligini 
takomillashtirish, uzluksiz kasbiy rivojlantirish 
muammosini ilmiy jihatdan tahlil qilish natijasida 
quyidagi qarama-qarshiliklar mavjudligi aniqlandi:
● zamonaviy ta’limni innovatsion jarayonlarga 
yo‘naltirish va boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining 
innovatsion o‘quv jarayonini amalga oshirishga doir 
nazariy va uslubiy tayyorgarligi o‘rtasida;
● boshlang‘ich sinf o‘qituvchisini uzluksiz 
kasbiy rivojlantirish zarurati va mavjud holatda bu 
jarayonga ilmiy-metodik yondashuvlar yetarli darajada 
rivojlanmaganligi o‘rtasida;
● o‘qitishning an’anaviy bilimga asoslangan 
yondashuvi va boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining 
metodik tayyorgarligini takomillashtirish, uzluksiz 
kasbiy rivojlantirishda kompetentlikka asoslangan, 
faol va shaxsga yo‘naltirilgan yondashuvlarni 
talab qiladigan ta’limdagi zamonaviy innovatsion 
tendensiyalar o‘rtasida;
● o‘qituvchilarning innovatsion metodik 
tayyorgarligi sifatini oshirish zaruriyati va boshlang‘ich 
sinf o‘qituvchilarini uzluksiz kasbiy rivojlantirish uchun 
rivojlantiruvchi texnologiyalar va mexanizmni resursli 
qo‘llab-quvvatlashning yetishmasligi o‘rtasida.
Yuqorida qayd etilgan obyektiv va subyektiv 
ziddiyatlar pedagogik hodisaning mohiyatini 
– boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini uzluksiz 
kasbiy rivojlantirish uchun pedagogik shart-
sharoitlarni aniqlashdan iborat bo‘lgan tadqiqot 
muammosini faollashtiradi. Mavzuga doir ilmiy 
adabiyotlar va mavjud holat tahlilidan ko‘rinadiki, 
quyidagilar o‘qituvchining metodik tayyorgarligini 
takomillashtirish, o‘zini o‘zi tahlil qilish va baholash, 
o‘zini o‘zi rivojlantirish, uzluksiz malaka oshirish 
zaruratini keltirib chiqaradi:
● ta’lim sohasida xalqaro tajribalar va qiyosiy 
tahlil natijalari;
● zamonaviy texnologiyalarning takomillashuvi;
● jamiyat ehtiyoji hamda ta’limga bo‘lgan 
talabning o‘sishi;
● jamiyat ehtiyoji va talablari asosida o‘qituvchi 
rolining o‘zgarishi;
● DTS va o‘quv dasturlarining optimallashtirilishi.

Yüklə 183,29 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin