ЗАМОНАВИЙ ТАЪЛИМ / СОВРЕМЕННОЕ ОБРАЗОВАНИЕ 2021, 4 (101)
takomillashtirish va kasbiy rivojlantirish ilmiy-
pedagogik muammo sifatida yetarli darajada tadqiq
etilmagan. Xususan:
– ayrim tadqiqotlarda bo‘lajak kasb ta’limi
o‘qituvchilarini kasbiy shakllantirish masalalari keng
yoritilgan;
– o‘qituvchilarining metodik tayyorgarligini
takomillashtirish bo‘lajak mutaxassislar misolida
o‘rganilgan;
– geometriyani o‘qitish jarayonida talabalarning
metodik tayyorgarligini rivojlantirish texnologiyasi,
shuningdek, pedagog kadrlar malakasini oshirish va
kasbiy faoliyati monitoringini tashkil etish mazmuni,
ko‘rsatkichlari, infratuzilmasi, dasturiy va metodik
ta’minoti, axborot resurslarini shakllantirish tizimi,
pedagogik va texnik bilimlar integratsiyasi asosida
kasbiy faoliyatga tayyorgarlikni diagnostika qilish
usullari ishlab chiqilgan;
– boshlang‘ich
sinf
o‘qituvchilarini
kasbiy rivojlantirishga doir xorijiy va mahalliy
tadqiqotchilarning fikrlari umumlashtirilmagan;
– boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining metodik
tayyorgarligini takomillashtirish va kasbiy rivojlantirish
muammolari alohida qayd etilmagan;
– o‘qituvchilarning kasbiy va metodik
tayyorgarligiga qo‘yiladigan zamonaviy talablar,
o‘qituvchilarni uzluksiz kasbiy rivojlantirish mazmuni,
mexanizmi, shart-sharoitlari va metodikasi mazkur
tadqiqotlarda yoritilmagan;
– boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini kasbiy
rivojlantirish tamoyillari, nazariy va pedagogik jihatlari
ilmiy asoslanmagan.
Bu esa o‘z vaqtida o‘qituvchilarni uzluksiz kasbiy
rivojlantirish bilan bog‘liq quyidagi vazifalarni hal
qilish zaruriyatini keltirib chiqaradi:
● boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining kasbiy
ehtiyojlaridan kelib chiqib, metodik tayyorgarlikni
takomillashtirish, kasbiy rivojlantirishga doir tizimli va
uzviy amalga oshirish lozim bo‘lgan ustuvor vazifalarni
aniqlash va belgilash;
● boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini kasbiy
rivojlantirish omillari, o‘qituvchida professionallikni
rivojlantirishga doir kasbiy rivojlanishning bosqichlari
va darajalarini aniqlash va belgilash.