Ziyoda masharipova



Yüklə 6,37 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə55/80
tarix24.07.2023
ölçüsü6,37 Mb.
#137338
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   80
22ifodalioqishpraktikumipdf

0 ‘n ikki hijoli vazn:
Biz yaratish davrining qahramonlari,
Quyosh alangalari qonlarda yonar.
Asrlam ing ishini yilimiz qilar,
Yillar bilan o ‘zishar kurash onlari.
(Oybek)
0 ‘n uch hijoli vazn:
M ening sevgim har xil gulga o ‘xshamas aslo,
Xazon bo‘lmas gullar kabi kuz bo ‘lgan chog‘da.
Meni sevgan yor bulbulga o ‘xshamas aslo,
Bahor kelib, tashlab ketmas kuz bo‘lgan chog‘da.
(Sobir Abdulla)
0 ‘n to ‘rt hijoli vazn:
Qayda, qayda qoldingiz, yoshlikdagi orzular 
Va qalbning sokinligi erkalatgan kezlari!
Qani, a w a lg i otash, ilhom baxsh etgan zavqlar,
Keling, keling, m ushtoqman, bahorimning yillari.
(Pushkin)
0 ‘n besh hijoli vazn:
Kulrang tog‘lar etagidan asta yuksaldi quyosh, 
Paxtazorda chulg‘ab oldi kokili lenta kabi.
Vodiy b o ‘ylab m ehr bilan bisot yoygan kuz-naqqosh 
Har yaproqqa tegib o ‘tgan yozning olovli labi.
(Saida Zunnunova)
0 ‘n olti hijoli vazn:
Birin-ketin o ‘tib borar asrlaming karvonlari,
Oh, nechog‘lik xatarlidir uning oshar dovonlari.
Inson zoti m urodiga azal-abad yetar edi,
Ushalsa gar um idvor zot - Navoiyning armonlari!
Fursat keldi, d o ‘stu g ‘anim kimligini bilay bu kun, 
Jami bashar farzandiga saodatlar tilay bu kun,
www.ziyouz.com kutubxonasi


K o‘kka boqib sahar chog‘i, iltijolar qilay bu kun, 
Nurga to ‘lsin aziz bobom Alisheming makonlari.
(Abdulla Oripov)
Kuzatganimizdek, barmoq vaznidagi she’rlarda hijolar soni xilma- 
xildir. Lekin o ‘zbek she’riyatida hijolar soni qanchalik rang-barang 
bo‘lmasin, bular orasida eng ko‘p qoMlanadigani yetti, to ‘qqiz, o ‘n bir 
hijoli vaznlardir. Tabiiyki, har bir she’r vazniga ko‘ra har xil o ‘qiladi. 
Qisqa hijoli she’rlar nisbatan tezkorlikni talab qilsa, hijolar miqdorining 
ko‘pligi she’r tempi va intonatsiyasining vazminligini taqozo qiladi.
Turoq. Turoqlar hijolardan tashkil topadi va she’r misralarida 
muayyan ritmik boMakni hosil qiladi. Turoq - hijolaming misralar 
bo‘yicha m a’lum tartibda takrorlanib kelishidir. Turoq she’rda ritm, in­
tonatsiya va musiqiylikni yuzaga keltimvchi asosiy vositalardan biridir.
She’riy misralarda ikki va undan ortiq turoq bo‘lishi mumkin. Har bir 
turoqda esa ikki, uch, to‘rt, besh va ba’zan undan ham ortiq hijo bo4ladi. 
Fikrimizning dalili sifatida quyidagi she’mi turoqlarga ajratib ko‘raylik.
U yg‘onish yellari / esmoqda takror, 
6+5
Tabarruk ajdodlar / ruhi senga yor. 
6+5
U lug‘ daholari / paydo bo ‘lgan chog‘ 
6+5
Olamni o ‘ziga / qaratgan diyor. 
6+5
(Abdulla Oripov)
Ushbu she’riy parchadagi turoqlar 6+5 shaklida bo‘lib, birinchi 
turoq olti hijodan, ikkinchi turoq esa, besh hijodan tashkil topgan.
She’mi ifodali o ‘qishga kirishishdan oldin uning g ‘oyaviy maz­
munini tushunish bilan bir qatorda, shakliy tuzilishini ham o ‘rganib 
chiqish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Buning uchun, aw alo, she’ming 
vaznini va turoqlarini aniqlash lozim. 0 ‘qish jarayonida har bir turoq- 
dan keyin nafas rostlanib qisqa pauza qilinadi.
Endi navbatdagi she’m ing turoqlanish tartibini ko‘rib chiqaylik: 
Tug‘ilgandan / men sho‘rlikning / bag‘rim qon, 
4+4+3 
Bir jism im da / talashadi / ikki jon. 
4+4+3
Jon talashsam, / tepamda charx / urgan ul 
4+4+3
Kapalaklar, / odamlardan / mehribon. 
4+4+3
Muhammad Yusufning “Kapalaklar” deb nomlangan she’rida mis- 
ralardagi hijolar 4+4+3 shaklida guruhlanib, turoqlami vujudga keltir-
www.ziyouz.com kutubxonasi


gan. K o‘rib o ‘tganimizdek, she’ming har bir misrasida uchtadan turoq 
mavjud. Demak, ijrochi she’mi o ‘qiyotganda har bir misrada uch marta 
qisqa tin olib, pauza qiladi. Shuni ham esdan chiqarmaslik lozimki, 
nuqta qo‘yilgan o‘rinlarda pauza nisbatan uzoqroq davom etadi.
M ashq. Quyidagi she’m ing vaznini aniqlab, turoqlarga ajrating. 
Ifodali o ‘qishni mashq qiling.
0 ‘ylab qara, tarixda bor ibrat doimo:
Ne-ne zotlar, gar o ‘zlari topsa ham to‘zim,
Odamzodga ko‘rmaganlar yomonlik ravo.
Ezgulikning yo‘li og‘ir, serg‘alva garchand,
Yuksaklarga ko‘taradi sohibin biroq,
Mayli, mening ruhim siniq, xayolim parkand,
His qilurman, ezgulikning oftobi porloq.
(Abdulla Oripov)
0 ‘zbek sh e ’riyatida sodda vaznlar bilan bir qatorda, q o ‘shm a va 
erkin vazndagi she’rlar ham mavjud. Sodda vaznga kiruvchi she’r 
m isralarining barchasida yuqorida kuzatilganidek hijolar sonida 
o ‘zaro tenglik saqlanadi. Q o ‘shma vaznda yaratilgan she’rlarda 
bunday qat’iy tenglik boMmaydi, balki m isralardagi hijolar soni 
xilm a-xil bo ‘ladi. M a sa la n :
BogMarga namozgar
- 6
Salqini tushdi,
- 5
Gullar nam bargini
- 6
Qayirdi asta.
- 5
Oftob ham suv ichar
- 6
Tog‘lardan pastda.
- 5
(Usmon Nosir)
1. 
Agar vazn ikki turkumga kiruvchi bo‘g ‘inlar sonini bir she’rda 
berish tartibida yaratilgan bo‘lsa, bunday vazn qo‘shm a vazn deyila­
di. Quyidagi she’m ing birinchi misrasi to ‘qqizlik turkumga, ikkinchi 
misrasi esa yettilik turkumga kiradi.
Chuldiraydi qush, soy, shabada, 
- 9
shirin go ‘dak so‘ziday. 
- 7
Teraklardan to ‘kilgan soya 
- 9
Notinch chashma yuziday. 
- 7
(Zulfiya)
www.ziyouz.com kutubxonasi


Q o‘shma vaznda yaratilgan she’rlaming turoqlanish tartibi ham 
o ‘ziga xos b o ‘ladi. Masalan, Erkin Vohidovning quyidagi she’rida mis- 
ralardagi turoqlar soni teng bo‘lmaganidek, turoqlami tashkil etgan hi­
jolar miqdori ham har xil:
Oydin kecha. / 
4
Yonar ko‘kda zar. / 
5
0 ‘yga cho‘mib deding, / gul yuzim: 
6+3 
“Osmon to ‘la/ sonsiz yulduzlar, 
4+5
Qaysi ekan / mening yulduzim?”. 
4+5 
She’m ing birinchi misrasida bitta turoq yoki bitta ritmik bo‘lak, 
ikkinchi misrasida ham bitta turoq mavjud boMgani holda, uchin- 
chi, to‘rtinchi va beshinchi misralarda ikkitadan turoq bor. O g‘zaki 
ijro jarayonida mana shu ritmik bo‘laklarga e ’tibor berib o ‘qish she’r 
m a’nosini oydinlashtirishga va ifodali o ‘qishga xizmat qiladi.
M ashq. Quyidagi she’m i o ‘qib, mazmunini tushuntiring. She’m ing 
vaznini aniqlab, hijo va turoqlarga ajrating, mantiqiy urg‘u olgan 
so‘zlami aniqlang va she’mi ifodali o ‘qishni mashq qiling.

Yüklə 6,37 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   80




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin