Ziyoda masharipova


G 6azalning nasriy bayoni



Yüklə 6,37 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə62/80
tarix24.07.2023
ölçüsü6,37 Mb.
#137338
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   80
22ifodalioqishpraktikumipdf

G 6azalning nasriy bayoni
Ayriliq azobiga shifo bo‘luvchi vasl qadrini hijron dardida kuygan- 
dan so‘ra.
www.ziyouz.com kutubxonasi


Labing sirlaridan so‘z ochmoqchi boMsang, buni mendan o‘zgadan so‘rama, 
Bu pinhona so‘zni sirlardan voqif boMgan odamdan so‘ra.
K o‘zi yoshlilam ing holini g ‘ofil olomon qayerdan ham bilsin, 
Ko'kdagi yulduzlar sayrini ham tunlami bedor o‘tkazgan bemorgina biladi.
Fitnachi ko‘zlar jabrini chekkanlardan xabarsiz bo‘lma (oshiqlardan) 
0 ‘zidan bexabar mastlar bedodligini hushyor boMgandan so‘ra.
G ‘amingda shamdek yonganimni sabodan so‘rama,
Bu ahvolni hijron tunida menga yor boMgandan so‘ra.
Ishq mayini ichib harob boMgan holimni mastona ko‘zlaring biladi, 
Ishq ahlining ahvolini ham ishqqa giriftor boMgan oshiqdan so‘ra.
G ‘ofil zohid muhabbat lazzatidan bexabardir,
Fuzuliy, ishq zavqini faqat ishq-shavqi bor odamdan so‘ra.
Muhammad Fuzuliyning ushbu g ‘azali o‘tmishda xalq o ‘rtasida 
nihoyatda 
mashhur 
bo‘lgan. 
Fuzuliyxonlik 
kechalarida 
shoir 
she’riyatining ixlosmandlari uning mana shunga o ‘xshagan g‘azallarini 
qayta-qayta o ‘qib bahra olganlar. G ‘azalni bir boshdan imkon daraja- 
sida o ‘rganib chiqib, nima uchun uning bunchalik mashhur bo‘lgani sa- 
babini anglaganday b o ‘lasiz. G ‘azal an’anaviy yor va oshiq, oshiqning 
ishqiy kechinmalari tasviriga bag‘ishlangan. Mavzu an’anaviy, lekin 
tasvir uslubi nihoyatda o ‘ziga xos bo‘lib, g‘azal “Kim tabib, boshidan 
o ‘tkazgan tabib” degan hayotiy haqiqat asosiga qurilgan. G ‘azal qah- 
ramoni fikricha, visolning qadrini, visolga erishganlar emas, hijron 
azobini chekkanlar biladi. Vasl - shifo, hajr - bemorlikdir. Shunday 
ekan, shifoning qadrini bemordan, zilol suvning qadrini tashna odam­
dan so‘ramoq lozim.
“Dildci dcirding bo ‘Imasci, sardaftarimni kovlam a”
deydi Mashrab. 
Fuzuliy mana shu fikrlarga jo ‘r bo‘lib, ishq ahlining ahvolini faqat 
ishqqa giriftor bo‘lganlargina biladi deya o ‘git beradi. K o‘zi yoshli-
www.ziyouz.com kutubxonasi


laming holini g ‘ofil kimsalar anglay olmaganidek, kechalari yulduzlar 
sayrini ham tunlami bedor o ‘tkazuvchi bedorlar biladi.
Shu tariqa g ‘azalda Fuzuliyning lirik qahramoni - mutafakkir, ha- 
yot haqiqatini chuqur anglab yetgan mushohadakor faylasuf sifatida 
namoyon bo‘ladi. Ushbu g ‘azal Sharq klassiklarining shu mavzudagi 
eng yaxshi she’rlari bilan hamohangdir. Biroq har bir buyuk shoiming 
iste’dodi har qanday mavzuni o ‘ziga xos tarzda yoritishni taqozo etadi. 
Fuzuliy ham barcha shoirlar kuylagan muhabbat mavzusini o ‘z qarash- 
laridan kelib chiqib, o ‘ziga xos shoirlik ehtirosi bilan talqin etadi.
G ‘azalni o ‘rganar ekansiz, an ’anaviy ishq mavzusi baytma-bayt 
tadrijiy rivojlanib teran falsafiylik, ijtimoiylik, ilohiy sirlilik darajasiga 
ko‘tariladi. G ‘azaldagi 
“shifoyi vasl”, “tashnai d iyd o r”, “labing sir-
r i ”, “voqifi asror”, “xarobot a h li”
kabi istilohlar g ‘azalni tasaw ufiy 
nuqtai nazardan chuqurroq o ‘rganishni, baytlar zamiridagi m a’no qat- 
lamlarini teranroq talqin qilishni taqozo etadi. Biz faqat ifodali o ‘qish 
nuqtai nazaridan, g ‘azalni imkon darajasida o ‘rganishga harakat qildik. 
Bunday g ‘azallar oddiy she’r sifatida o ‘qilmaydi, balki o ‘quvchini in­
son va insonning ko‘ngil olami haqida, hayot va hayotning sirli hodisa- 
lari haqida fikr yuritishga undaydi.
Shoir oshiqning ichki kechinmalari, dardu hasratini o ‘git va nasihat 
tarzida bayon etar ekan, she’r mazmuniga uyg‘un mahzun ohang va 
ta’sirchan uslub tanlagan. G ‘azaldagi 
bemor, diydor, asror, bemor, hush-
yor, yor, xummor, vor
kabi qofiyadosh so‘zlar va misralararo takror­
lanib keluvchi “
o'landan s o 'r ”
radifi g ‘azalning musiqiyligini yanada 
oshiradi. G ‘azaldagi tazod san’atiga asoslangan hajr va vasl, tashbehu 
istioralar asosiga qurilgan 
fatton k o ‘z, nargisi mast
kabi so‘z va so‘z 
birikmalari g ‘azaldagi asosiy g ‘oyani yorqin ifodalashga xizmat qilgan.
Muhammad Fuzuliyning “Shifoyi vasl qadrin...” deb boshlanuvchi 
ushbu g ‘azalining vaznini aniqlash uchun uni hijo va ruknlarga ajratib 
chiqamiz.

Yüklə 6,37 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   80




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin