Ziyoda masharipova


buhureki ba’zisining takrori va ba’zisining tarkibi ba’zi bila hosil bo‘lur



Yüklə 6,37 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə60/80
tarix24.07.2023
ölçüsü6,37 Mb.
#137338
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   80
22ifodalioqishpraktikumipdf

buhureki
ba’zisining takrori va ba’zisining tarkibi ba’zi bila hosil bo‘lur,
www.ziyouz.com kutubxonasi


o wn 
to‘qqizdur, ba’zi arabqa maxsus va ba’zi ajamga maxsus va
ba’zi mushtarak” 1. 
Hazrati Navoiy ta ’kidlagan o ‘n to‘qqizta bahr 
quyidagicha nomlangan: tavil, madid, basit, vofir, komil, hazaj, rajaz, 
ramal, munsarih, m uzore’, muqtazab, mujtass, sare’, jadid, qarib, hafif, 
mushokil, mutaqorib, mutadorik. Bahrlar odatda baytdagi ruknlaming 
miqdori bilan birga aytiladi. Masalan, hazaji musaddas - olti ruknli 
hazaj, hazaji musamman - sakkiz ruknli hazaj, ramali murabba’ - to‘rt 
ruknli ramal va hokazo.
Demak, ramal, hazaj va boshqa bahrdagi bayt to‘rt ruknli bo‘lsa -
m urabba’, olti ruknli boMsa - musaddas, sakkiz ruknli bo‘l s a - musam­
man sanalib, vazn nomi bilan qo‘shib aytiladi. Masalan, 
ramali musad­
das, ramali musamman
kabi.
Bahrlaming o ‘ziga xos xususiyatlaridan biri, har bir bahming o 'z
ichida bir necha tarmoqlarga boMinib ketishidir. Masalan, ramal bahri 
15 tarmoqqa va rajaz bahri 9 tarmoqqa, hazaj bahri 10 tarmoqqa va 
boshqa bahrlar ham shu tariqa boMinib ketadi. Masalan, quyidagi ramal 
bahrining bir-biridan farq qiluvchi uchta tarmogMni o ‘rganib chiqaylik.
1. Ramali musammani maqsur:
Foilotun / foilotun / foilotun I foilun
- V - - - V - - - V - -
- v -
2.
Ramali musammani mahbun:
Foilotun / foilotun / foilotun
/
foilotun
- V - -
- V - - - V - - - V - -
3.
Ramali musaddasi maqsur:
Foilotun / foilotun / foilun
- V - - - V - -
- V -
Shuni ham alohida ta’kidlab o ‘tish lozimki, aruz vazni bahrlari qan­
chalik ko‘p va rang-barang bo‘lmasin, o ‘zbek klassik adabiyotida eng 
kofcp qoMlanadigan bahrlar bu - ramal va hazaj bahrlaridir. Ayniqsa, 
ramali musammani m ahzuf vazni mumtoz adabiyot namoyandalarining 
eng sevimli vazni hisoblangan. Shu boisdan ham g ‘azallaming katta 
qismi shu vaznda yaratilgan. Adabiyotshunos olim Anvar Hojiahme- 
dovning m a’lumotlariga qaraganda, “Alisher Navoiyning “Xazoyin ul- 
maoniy” lirik kulliyotidagi 3132 she’rdan 1156 tasi, jumladan, 2600
www.ziyouz.com kutubxonasi


g ‘azaldan 1089 tasi, y a’ni 42 foizi mana shu vaznda bitilgan. Shu vazn- 
da Bobum ing 113 g ‘azalidan 42 tasi, Muqimiyning 226 lirik she’ridan 
117 tasi yozilgan. Boshqa shoirlar ijodida ham bu vaznda yaratilgan 
lirik she’rlam i ko‘plab uchratamiz. Buning sababi mazkur vaznning 
o ‘ynoqiligi, jozibadorligida, insonning rang-barang ichki kechinmala- 
rini ifodalash uchun qulayligidadir” 1.
Aruz tizimidagi asarlar qaysi bahrda yozilganligidan qat’iy nazar, 
ulami maxsus tayyorgarliksiz o ‘qib o ‘rganishning, ayniqsa, ifoda­
li o‘qishning hech ham iloji yo‘q. Maxsus tayyorgarlik deganda, biz 
shartli ravishda quyidagi qoidalarga amal qilishni nazarda tutdik:
1. Dastlab lirik she’r yoki epik asardan olingan matndagi arabiy 
va forsiy so‘zlam ing mazmuni lug‘at yordamida aniqlanadi. Lug‘atda 
muayyan so‘zning bir necha m a’no qirralari ko‘rsatilgan bo‘ladi. 
0 ‘rganilayotgan baytda (kontekstda) mazkur so‘zning qaysi m a’nosi 
nazarda tutilganligi belgilanadi.
2. M atndagi notanish so‘zlaming mazmuni oydinlashtirilgandan 
keyin har bir baytni sinchkovlik bilan o ‘rganib, uning nasriy bayoni- 
ni tuzib chiqish maqsadga muvofiqdir. Chunki nasriy bayon baytdagi 
tashbehu tamsillar qobig‘iga o ‘ralgan purm a’no so‘zlaming mazmunini 
m a’lum darajada anglab olishga yordam beradi.
3. Baytlar mazmuni m a’lum darajada о ‘rganilgandan keyin she’m ing 
umumiy g ‘oyasi, shoiming maqsad va muddaosi, nima demoqchi ekan­
ligi aniqlanadi. Bunda asaming tub mohiyatini talqin qiluvchi baytlarga 
alohida e ’tibor beriladi.
4. Asam ing g ‘oyaviy xususiyatlarini o ‘rganish barobarida, badi­
iy tasvir vositalariga ham alohida e ’tibor qaratiladi. Bunda tashbehu 
tamsil, majozu istiora kabi badiiy san’atlaming she’riy asardagi asosiy 
g ‘oyani yorqin ifodalashda muhim o ‘rin tutganligini tushunib olish 
ham maqsadga muvofiqdir.
5. M uayyan she’riy asaming g ‘oyaviy-badiiy xususiyatlari m a’lum 
darajada о ‘rganilgandan keyin, endi uning shakliy tuzilishiga e ’tibor 
qaratiladi. Masalan, o ‘rganilayotgan g‘azal aruzning qaysi bahrida 
yaratilganligini aniqlash uchun, dastlab hijolarga va ruknlarga ajratib 
chiqiladi. She’ming ruknlar tartibi va chizmasini belgilash uni to‘g ‘ri 
o ‘qishga yordam beradi.
www.ziyouz.com kutubxonasi


6. She’m i ifodali o ‘qishda qisqa “V ”, cho‘ziq 
va o ‘ta cho‘ziq 
hijolar talafTuziga alohida e ’tibor qaratish lozim.
7. She’m ing shakliy tuzilishini o‘rganish jarayonida vazn talabi bi­
lan biri ikkinchisiga qo‘shilib ketadigan so‘zlami belgilab chiqish ham 
she’mi to‘g ‘ri va ifodali o ‘qishni osonlashtiradi.
Sharq xalqlari orasida qadim-qadimdan to‘g ‘ri so‘zlash va fikmi chi­
royli ifodalash masalalariga katta e ’tibor qaratilgan. Til qoidalariga to ‘la 
amal qilgan holda so‘zlash va yozish bilan bog‘liq fan 
“ilmi balog'ci”
deb, chiroyli, yoqimli so‘zlash va yozishni o‘rgatadigan fan sohasi esa
"ilmi fcisohat”
deb atalgan. Lutfiy, Alisher Navoiy, Fuzuliy, Ogahiy kabi 
buyuk san’atkorlaming beqiyos ijod mahsuli sifatida yaratilgan asar­
lari balog‘a va fasohat ilmining yorqin namunalaridir. Biror fikmi odd­
iy so‘zlar bilan jo ‘ngina ifoda qilish bilan uni badiiy bo‘yoqlar, g o ‘zal 
tashbehlar, rang-barang obrazlar, jozibador vazn va ohangdosh qofiyalar 
vositasida ifodalash o ‘rtasida katta farq bor. So‘z san’atkorlarining asar­
larida talqin qilingan umumbashariy g ‘oyalar yuksak badiiylikda ifo- 
dalangani uchun ham mangulikka daxldor bo‘lib qolgan.
Mumtoz adabiyot namunalarining tarovatiyu jozibasi, ayniqsa, ifo­
dali o ‘qish paytida yanada ko‘proq namoyon boMadi va eshituvda zavq 
uyg‘otadi. 

Yüklə 6,37 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   80




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin