39
o’zaro bog’liqligi;
• kuchlarni faoliyatning ustuvor yo’nalishlarini bajarishga jamlash;
• muammoni hal etishga nisbatan yalpi yondashuv;
• uzluksiz istiqboliy va joriy rejalashtirish imkoniyatlarining hisobga
olinishi;
• tarmoq va hududiy yondashuvlarning uyg’ulashuvi;
• mehnat, moddiy va moliyaviy resurslarni muvazanatlashtirishga
urinish.
Mamlakatning rejali tizimi bozor iqtisodiyotiga xos bo’lgan
xatolarning oldini olish umidida tashkil etildi. Amalda shunday bo’lib
chiqdiki, rejali tizimda muvazanatlashuvga erishishga intilishda
xatolarning soni nafaqat kamaymaydi, balki ular yanada tez-tez
uchraydigan va yanada jiddiy xatolarga aylanadi.
Markazlashgan
tarzda rejalashtirishning
kamchiliklari
jumlasiga
quyidagilarni kiritish mumkin:
• tovar-pul munosabatlari rivojlanishi tabiiy qonunlari va
tendenstiyalarining etarlicha hisobga olinmasligi;
• “har qanday yo’l bilan reja” tamoyili bo’yicha faoliyat maqsadi
rejaning iqtisodiy munosabatlar ustidan o’ziga xos fetishi sifatida reja
rolining ortishi;
• turli mintaqalar korxonalari to’liq faoliyat yuritishi uchun
maydonning mavjud emasligi va yuzaga kelgan rejalashtirish tizimining
beso’naqayligi;
• zahiralar, tashabbus, mikrodarajaning
xilma-xilligini hisobga
olmaydigan rejalashtirishning metodologik jihatdan zaifligi;
• kuchlarning boshqaruvchi partiya tomonidan tanlangan maqsadlar
foydasiga olib qo’yilishi;
• hayotning boshqaruvchi partiya tomonidan istiqbolsiz deb e’tirof
etilgan alohida tomonlari, masalan, kibernetika, genetikaning unutilishi;
• reja ko’rsatkichlarini ishlab chiqish, kelishish, tasdiqlash,
aniqlashtirish va ularning barqarorligini qo’llab-quvvatlash uchun kuchlar,
vaqt va mablag’larning ko’p sarflanishi.
Biroq sobiq ittifoqning davlat tomonidan rejalashtirish tajribasi
markazlashgan tarzda rejalashtirishning istiqbolsizligini isbotlab berdi, u
jamiyat rivojiga to’sqinlik qilgan holda,
davlatning ishlab chiqarish
omillaridan foydalanish borsaida cheksiz taqsimlovchi huquqqa ega
bo’lishiga, qat’iy markazlashuvga, investistiyalar, ishlab chiqarish va
iste’mol, ish haqining belgilanishi va narxlarning qotirilishi ustidan
nazorat qilinishiga, xo’jalik yurituvchi subyektlar uchun rejalarning
40
ortiqcha tabaqalashtirilishiga, tasdiqlangan ko’rsatmalarga
muvofiq
o’zining iqtisodiy manfaatlariga zid ravishda harakat qilishga majbur
bo’lgan korxonalar mustaqilliginig cheklanishiga, iqtisodiyotning ko’plab
sohalari, shu jumladan tashqi savdoning monopollashuviga olib keldi. Shu
tariqa yagona davlat rejasining ustunliklarini pirovardida uning
kamchiliklari bosib ketdi. Iqtisodiyotning ma’muriy-buyruqbozlik tizimi
va markazlashgan tarzda rejalashtirish bir-biriga o’xshash bo’lib qoldi.
Lekin, sobiq ittifoqda davlat yo’li bilan markazlashgan tarzda
rejalashtirishning salbiy baholanishiga qaramay uning ustunlik tomonlari
jahonning boshqa mamlakatlari tomonidan e’tirof etildi. Xorijiy
mamlakatlarning ayrim iqtisodchilari hamon bunday rejalashtirishning
ustunlik tomonlari va to’liq foydalanilmagan imkoniyatlari haqida o’z
fikrini bildirishda davom etmoqda. Bunday
nuqtai nazar tarafdorlari
shundan kelib chiqishadiki, murakkab industrial stivilizastiya markazning
aralashuvisiz hal etilmaydigan muammolarni keltirib chiqaradi. Ularning
hisoblashlaricha, agar markazlashgan muvofiqlashtiruvchi organ mavjud
bo’lmasa, u holda jamiyat hayoti tartibsiz ko’rinish olishi mumkin.
Shuning uchun turli mamlakatlar markazlashgan tarzda rejalashtirish
imkoniyatlariga yana takror qaytishi ehtimoldan holi emas, lekin
buyruqbozlik
davlat
tomonidan
rejalashtirish
shakllari,
albatta,
rivojlanishning yangi omillari bilan belgilangan holda boshqacha bo’ladi.
Sobiq ittifoqda prognozlashtirish korxona darajasiga nisbatan
ko’proq davlat darajasida rivojlandi. Prognozlar turli ITI bo’limlarida,
laboratoriyalarda va OO’Yu kafedralarida ishlab chiqildi.
Prognoz
ishlanmalarining boshqaruv muammolari yuzasidan tahliliy tadqiqotlar
bilan xufyona organik bog’liqligini ta’kidlash mumkin. Prognozlar
faoliyatning turli sohalarini: gidrometeorologiya, geologiya, tibbiyot,
ekologiyani qamrab oldi, kosmosni o’zlashtirish sohasida ilmiy-texnikaviy
prognozlar, sostiologik, demografik, iqtisodiy,
arxitektura va shahar
qurilishi, ichki va tashqi siyosiy, harbiy prognozlar ishlab chiqildi. Ilmiy-
texnikaviy va iqtisodiy prognozlar rivojlanishning istiqboliy rejalari va
dasturlarini ishlab chiqish amaliyotida, xalq xo’jaligini boshqarish
organlarining ishida qo’llanildi.
Barcha prognozlar ichida 15 yillik davrga mo’ljallangan
prognozlarning ulushi katta bo’ldi. Prognozlashtirishning ekstrapolyastiya,
ekspert yo’li bilan baholash kabi usullari va "maqsadlar daraxtlari"
usullaridan keng foydalanildi.
Yuqoridagi fikrlar negizida prognozlashtirish va rejalashtirish
amaliyotining qator kamchiliklarini ko’rsatish mumkin:
41
• prognozlashtirish nazariyasi va amaliyoti masalalarining etarlicha
ishlab chiqilmaganligi;
• prognozlashtirishni rivojlantirish, shu jumladan axborot almashish
va kadrlar tayyorlash yuzasidan amalga oshiriladigan sa’y-harakatlarning
etarlicha muvofiqlashtirilmaganligi;
• prognozlar ijrochilarining prognozlashtirishning ko’plab usullari
haqida to’liq bilimga
ega emasliklari;
• prognozlarni ishlab chiqish uchun axborot bazasining torligi,
ko’plab ma’lumotlarning sir tutilishi;
• prognozlarning ayrim turlarini bajarish uchun katta xarajatlar
qilinishi;
• prognozlarni ishlab chiqish maqsadlarining aniq ifodalanmasligi,
ko’pincha prognoz va reja ko’rsatkichlari o’rtasida o’zaro bog’liqlikning
mavjud emasligi;
• retrospektiv va prognoz axborotidan foydalanishda istiqbollarning
o’zgarib turishi;
• prognozlarni bajarish uslubiyotlari va tartibotlarining etarlicha
ishlab chiqilmaganligi.
Shunday qilib, iqtisodiy o’zgarishlarni oldindan ko’ra bilish
evolyustiyasi iqtisodiyot sohasidagi mutaxassislarga anglab etish uchun
muammolar, yutuqlar va kamchiliklardan tarkib topgan boy materialni
taqdim etadi.
Dostları ilə paylaş: