Foydalanilgan adabiyotlar
1.
Karimov I.A. O’zbekiston iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish
yo’lida.-T.: O’zbekiston, 1995.
2.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to’g’risidagi
Qonun.
3.
O’zbekiston Respublikasining Mahalliy davlat hokimiyati
to’g’risidagi Qonuni. 1993 yil 2 sentyabr, 915-XII-son.
4.
Jumaev N.X., O.Q. Abduraxmonov. Jahon moliyaviy-iqtisodiy
inqirozi: sabablari va uni bartaraf etish muammolari. – T.: Akademnashr,
2010.—160b.
5.
Knish M.I., Perekatov B.A., Tyutikov Yu.P. Strategicheskoe
planirovanie investistinnoy deyatelnosti: Ucheb. posobie. – SPB.: Izd. dom
“Bizness – Pressa”, 1998. – 315s.
6.
Xlinov
V.
Obshegosudarstvennoe
planirovanie
rinochnoy
ekonomiki / /Ekonomist. 1994 g. №4. -90 s.
7.
O’zbekiston iqtisodiyoti. Axborot tahliliy sharh, 2007 y, 2008 y
“O’zbekiston”, - Toshkent.; 2008, 2009.
53
3-bob.
BOZOR XO’JALIGIDA REJALASHTIRISH METODOLOGIYASI
VA ULARNI TASHKIL ETISH
3.1. Indikativ rejalashtirish metodologiyasining tizimi.
3.2. Bozor sharoitida muvozanatlashgan rejalashtirishning
zaruriyati.
3.3. Dasturiy-maqsadli rejalashtirish.
3.1. Indikativ rejalashtirish metodologiyasining tizimi
Indikativ
rejalashtirish
metodikasi
indikativ
rejalashtirish
metodologiyasining muhim tarkibiy qismi hisoblanadi.
Indikativ rejalashtirish metodikasi – bu barcha darajadagi prognozlar,
dasturlar, rejalar va reja ko’rsatkichlarini hisob-kitob qilish tizimining vaqt
chegaralarini ishlab chiqish, asoslash va tahlil qilish usullarining
yig’indisi. Indikativ rejalashtirish usuli deganda uning yordamida
rejalashtirishning qandaydir muammosi hal etilib, prognozlar, dasturlar va
reja ko’rsatkichlarining son qiymatlari hisoblab chiqiladigan muayyan
usul, texnik yondashuv tushuniladi.
Indikativ rejalashtirish muammolarining tarkibida farqlar mavjudligi
tufayli prognozlar, dasturlar va rejalar ishlab chiqishning bir necha
usullaridan foydalaniladi. Ular jumlasiga quyidagilar kiradi: ekspert
(baholash) yoki evristik usullar; ijtimoiy-iqtisodiy tahlil usullari;
to’g’ridan-to’g’ri muhandislik-iqtisodiy hisob-kitoblar usullari; balans
usuli; iqtisodiy-matematik usullar va modellar; tizimli tahlil va sintez
usullari.
Ekspert (baholash) yoki evristik usullar. Mazkur usullar bilvosita va
to’liqsiz axborotdan, ekspert-mutaxassislar tajribasidan, ichki hissiyotdan
foydalanishga asoslangan. Quyidagilar ulardan foydalanishning muayyan
shakllari hisoblanadi:
a) ommaviy baholash – aholi alohida guruhlarining sostiologik
tadqiqotlar jarayonida rejalashtirishning qandaydir muammosining
mohiyati yuzasidan fikrlarini aniqlash;
b) ekspertlarning muntazam ishlashini (qonun chiqaruvchi va ijro
etuvchi hokimiyat organlarining ekspert komissiyalari, institutlarning
Ilmiy kengashlari va h.k.) tashkil etish.
54
Ijtimoiy-iqtisodiy tahlil usullari. Ijtimoiy-iqtisodiy tahlil ijtimoiy-
iqtisodiy haqiqatni har tomonlama o’rganishni, ijtimoiy munosabatlar va
ishlab chiqarishni rivojlantirishning ilg’or tendenstiyalarini va ularni
takomillashtirish imkoniyatlarini aniqlash maqsadida hodisalarning ichki
aloqalari va bog’liqligini bilishni o’zida namoyon etadi.
Tahlil chog’ida taqqoslash, strategik rejalashtirish, guruhlash, yirik
obyektlarining ishlarini tanlab o’rganish, balans ko’rsatkichlarini hisoblab
chiqish, indekslarni hisoblab chiqish, regressiya va korrelyastiya
koeffistientlarini hisob-kitob qilish kabi usullardan foydalaniladi.
To’g’ridan-to’g’ri muhandislik-iqtisodiy hisob-kitoblar usullari bozor
ehtiyojlari uchun mahsulotning muayyan turini ishlab chiqarishni,
shuningdek uni ishlab chiqarish imkoniyatlarini batafsil asoslashdan
iborat. Sanoat korxonalarida bunday hisob-kitoblar ishlab chiqarish
quvvatlari, xomshyo, materiallar, yoqilg’i, energiya, mehnat resurslari
(xodimlar)dan foydalanishni yaxshilash; mahsulot tannarxini pasaytirish
va hokazolarni qamrab oladi.
Muhandislik-iqtisodiy
hisob-kitoblar
ichida
ishlab
chiqarish,
investistiyalarning
iqtisodiy
samaradorligini,
qimmatli
qog’ozlar,
foydalaniladigan kredit resurslarining daromadliligini hisoblab chiqish
alohida o’rin tutadi.
Balans usuli. Balans usuli deganda o’zaro bog’liq ko’rsatkichlarning
bog’lanishini va muvofiqlashtirilishini ta’minlash uchun foydalaniladigan
usullar yig’indisi tushuniladi. Ushbu usullarning maqsadi – ko’rsatkichlar
o’rtasida muvazanatga erishishdan iborat.
Balans usuli milliy iqtisodiyotning rivojini tahlil va prognoz
qilishning muhim vositasi hisoblanadi. Uning yordamida mamlakatda
moddiy va moliyaviy oqimlar harakatining yo’nalishlarini aniqlash,
iqtisodiyotda moddiy-ashyoviy va qiymat ulushini belgilash, ijtimoiy
ehtiyojlar, bozorning moddiy ne’matlar va xizmatlarga bo’lgan
ehtiyojlarini qondirishning moddiy asosini yaratish uchun ishlab chiqarish
turli omillarining zarur o’sishini hisoblab chiqish mumkin.
Iqtisodiy-matematik usullar va modellar. Iqtisodiy-matematik usullar
ijtimoiy-iqtisodiy tizimlarni, iqtisodiyotning muvozanatini tahlil qilish,
iqtisodiy o’sishni prognoz qilishning o’ziga xos usullarini namoyon etadi.
Quyidagilar muhim iqtisodiy-matematik modellar hisoblanadi: milliy
hisoblar tizimi, balans jadvali, mahsulotlar va xizmatlar ishlab chiqarish va
ularni taqsimlashning tarmoqlararo balansi, moliyaviy resurslar va
xarajatlar balansi, tarmoq modellari va h.k.
55
Chiziqli va chiziqsiz matematik dasturlash usullaridan ham keng
foydalaniladi.
Chiziqli
dasturlash
yordamida
ishlab
chiqarishni
rejalashtirish vazifalari muvaffaqiyatli hal etiladi: belgilangan mehnat va
moddiy resurslar bilan mahsulot ishlab chiqarishning optimal dasturini
tuzish, uskunalarni optimal darajada ish bilan ta’minlash.
Iqtisodiyotdagi
bog’liqlarning aksariyat ko’pchiligi chiziqsiz
xususiyatga ega. Shuning uchun dasturlashning chiziqsiz (parametrik),
dinamik, stoxastik kabi boshqa turlari ham foydalanish mumkin.
Tizimli tahlil va sintez usuli. Strategik rejalashtirish usuli sifatida
tahlil va sintezning o’ziga xosligi iqtisodiy tizimlar va ularda kechayotgan
jarayonlarni ularning tarkibiy qismlariga ajratishdan iborat bo’lib, shu
asosda istiqboldagi rivojlanishning muhim muammolari aniqlanadi.
Turli darajalardagi ishlab chiqarish tizimlarini rivojlantirish rejalarini
ishlab chiqish bilan bog’liq yalpi muammolar istiqbolli yalpi tahlil orqali
hal etiladi. Yalpi tahlil istiqboldagi rivojlanish oldida turgan muammolarni
sintez qilishning ajralmas qismi hisoblanadi. Tahlil va sintez yagona
metodologik yaxlitlikni o’zida namoyon etadi. Tizimli tahlil va sintez
indikativ rejalashtirishning balans va ijtimoiy-iqtisodiy tahlil kabi barcha
muammolarini hal etishda qo’llanilishi mumkin.
Rejalashtirish mantig’i indikativ rejalashtirish metodologiyasining
asosini tashkil qiladi. Strategik rejalashtirish mantig’i – bu strategik
rejalashtirish muammolarini hal etish bilan bog’liq tartibotlarning tartibga
keltirilgan izchilligi, asoslanganligi.
Indikativ rejalashtirish mantig’ining mazmunini quyidagi tarkibiy
unsurlar ochib beradi:
1. Rejalashtirish subyektining maqsadini yoki maqsadlar tizimini
aniqlash va shakllantirish.
2. Jamiyatning rejalashtirilayotgan davrdagi ehtiyojlarining hajmi va
tarkibini aniqlash.
3. Rejalashtirilayotgan davr boshida mavjud bo’lgan va
rejalashtirilayotgan davrda yangidan barpo etilgan resurslar hajmi va
tarkibini aniqlash..
4. Ehtiyojlarni saflash va prognozlar, dasturlar va rejalar shaklidagi
boshqaruv qarorlarini tayyorlash asosida vaqtinchalik ziddiyatlar, ular
o’rtasidagi nomuvofiqliklarga barham berish yo’li bilan turli darajalardagi
ijtimoiy-iqtisodiy
kichik
tizimlar
ehtiyojlari
va
resurslarini
muvofiqlashtirish, hamda muvazanatlashtirish.
Mantiqning birinchi unsuri rejalashtirish subyektlarining dasturlari va
rejalarini tuzish jarayonida amalga oshiriladi.
56
Rejalashtirish mantig’ining ikkinchi unsuri (strategik rejalashtirish
obyektining boshlang’ich darajasini tahlil qilish) xo’jalik yurituvchi
subyektlar resurs salohiyatining holati va rejadan avvalgi davrda takror
ishlab chiqarish omillarining ta’siri bilan tavsiflanadi. Mantiqning ushbu
unsuri iqtisodiyotning rivojlanish darajasi va sur’atlarini rivojlangan
mamlakatlarning ushbu ko’rsatkichlari bilan solishtirilgan holda baholash
uchun mintaqalararo va davlatlararo ulushlarni, tarmoqlararo va tarmoq
ichidagi o’zgarishlarni kompleks tarzda o’rganishni o’z ichiga oladi.
Jamiyatning ehtiyojlari – bu murakkab, dinamik tizim bo’lib, u
quyidagi kichik tizimlardan tarkib topgan: a) moddiy ne’matlarga bo’lgan
ehtiyoj; b) nomoddiy ehtiyojlar.
Jamiyat mavjud bo’lishi va rivojlanishi uchun iqtisodiyot real sektori
tarmoqlarining ehtiyojlari uning ehtiyojlarining zarur unsuri hisoblanadi
(uning tarkibiga moddiy-ashyoviy shaklda ne’matlar ishlab chiqaruvchi
korxonalar kiradi).
Joriy ishlab chiqarish ehtiyojlari “Resurslar va foydalanish” balansi
asosida
aniqlanadi.
Ushbu
balans
ichki
bozorda
mahsulotdan
foydalanishning to’liq hajmini aniqlash imkonini beradi. U mahsulotning
muhim turlari va yoqilg’i resurslari zamirida natural ifodada tuziladi.
Ichki bozorda foydalaniladigan moddiy va yoqilg’i resurslarining
umumiy hajmini hisoblab chiqish jarayonida (mahsulotning har bir turi
bo’yicha) quyidagi formula qo’llaniladi:
Vr = P + I + Z1 – E – Z2, yoki Vr=R – E – Z2,
(2.1)
bu erda:
Vr – natural ifodada ichki bozorda foydalaniladigan resurslarning
to’liq hajmi;
P – mahsulot ishlab chiqarish hajmi;
I – mahsulotni import qilish;
Z1 – yil boshidagi zahiralar;
E – mahsulotni eksport qilish;
Z2– yil yakunidagi zahiralar;
R – mahsulot resurslarining umumiy hajmi.
Jamg’arish, zahiralarni va sug’urta fondlarini oshirish uchun ishlab
chiqarish vositalari va iste’mol predmetlariga bo’lgan ehtiyojlar kapital
qurilishning ehtimoliy hajmini hisoblab chiqish, moddiy resurslarning
joriy va sug’urta fondlarini oshirish, ilgari foydalanilgan moddiy zahiralar
qoplash asosida hisoblab chiqiladi.
57
Istiqbolga mo’ljallangan hisob-kitoblar uchun ixtiyoridagi real pul
mablag’lari, jamg’armaning ehtimoliy dinamikasi, tirikchilik minimumi,
iste’mol me’yorlari, talab qayishqoqligi koeffistientlarini hisoblab chiqish,
oziq-ovqat resurslari balanslarining ma’lumotlaridan foydalaniladi.
Ehtiyojlarni qondirish jamiyatda, xo’jalik yurituvchi subyektlarda
tegishli resurslarning mavjud bo’lishini nazarda tutadi. Ular hajmini
hisoblab chiqish strategik rejalashtirish mantig’i to’rtinchi unsurining
mazmunini hosil qiladi.
Rejalashtirilayotgan davrda jamiyat, uning alohida kichik tizimlari va
tarkibiy unsurlari ixtiyorida bo’lishi mumkin bo’lgan resurslar ikkita
guruhdan tarkib topgan: a) naqd resurslar; b) reja davrida barpo etiladigan
resurslar.
Rejalashtirish mantig’ining beshinchi unsuri – resurslar va
ehtiyojlarni muvofiqlashtirish, ularni o’zaro optimal muvofiqlikka
keltirish.
Dostları ilə paylaş: |