92
asosiy mas’uliyat iqtisodchi-menejerlar zimmasiga yuklatiladi. Agar
iqtisodchilarning vazifasi reja ko’rsatkichlarini iqtisodiy jihatdan
asoslashdan iborat bo’sa, menejerlar vazifasi qatoriga ushbu
ko’rsatkichlarni muayyan tijorat, texnologik, kadrlar va boshqa xususdagi
harakatlar bilan talqiin etish kiradi. Lekin biri ikkinchisi bilan uzviy
bog’langan. Iqtisodiy bo’lim xodimlari va firma menejerlari o’z
mohiyatiga ko’ra bir xil vazifani, ammo turli vositalar yordamida
bajarishadi. Menejer boshqaruv sohasida, shu jumladan insonlarni
boshqarishda alohida tarzdagi o’quv va ko’nikmalarga ega bo’lishi kerak.
Ular tomonidan bajariladigan harakatlar tizimi oldinga qo’yilgan xo’jalik
yuritish
maqsadlariga
erishish
uchun
mavjud
resurslarni
optimallashtirishga qaratilgan. Menejerlar firma faoliyatining rejalarini
ishlab chiqish va amalga oshirishda faol ishtirok etadilar. Firmaning
yuqori rahbariyati menejerlar bilan birga faoliyat maqsadlarini tanlashadi
va tegishli rivojlanish strategiyasini ishlab chiqishadi. Tanlangan
maqsadlarga iqtisodiy ishlov berish iqtisodchilar tomonidan amalga
oshiriladi, ya’ni ular maqsadni iqtisodiy kategoriyalar bilan asoslaydi.
Biroq rejadagi maqsadlarga erishish bo’yicha asosiy harakatlarni tanlash
menejerlar Funksiyasiga kiradi. Ular har kuni rejalashtirish masalalari
bilan shug’ullanib, firmaning turli xildagi rejalarini ishlab chiqishda
ishtirok etishadi, shuningdek uning strategiyasini, faoliyat sohasi
siyosatini,
biznes-rejalarni
va
hokazolarni
belgilab
beradi.
Prognozlashtirish, dasturlash, taqvimiy rejalashtirish – bularning barchasi
menejerlar tomonidan o’z ishida foydalaniladigan vositalardir. Shuning
uchun hozirgi vaqtda iqtisodchi menejer kasbining ahamiyati va unga
nisbatan talab ortib bormoqda.
Iqtisodiy
bo’lim xodimlari
Dostları ilə paylaş: