Xulosalar 1. Ilmiy tadqiqotlarda hozirgi vaqtda hal etilmagan va shu tariqa
fanni rivojlantirish uchun muhim turtki bo’ladigan ilmiy vazifa muammo
hisoblanadi. Rejalashtirish munosabati bilan muammo amaldagi holat
bilan kelgusida prognoz qilinayotgan holat yoki qidirilayotgan (maqsad
bilan belgilangan) rejaviy holat o’rtasidagi farq sifatida belgilanadi.
2. Indikativ rejalashritish ko’pincha muammolarni qismlarga
ajratish, ularning tarkibiy qismlarini aniqlash maqsadida alohida
muammolarni tahlil qilish, shuningdek ayrim muammolar o’rtasidagi
o’zaro bog’liqlikni tahlil qilish yalpi muammoni maqsadli hal etishga
ko’maklashadi.
3. Muqobil variantning kelgusidagi oqibatlar qanday, ya’ni uning
yordamida maqsadga erishishning qanday darajasiga erishish mumkinligi
oqibatlarni prognoz qilish yo’li bilan belgilanishi lozim. Reja ishlab
chiquvchisining ijodi ijobiy oqibatlarni keltirib chiqarvchi muqobil
variantlarni shakllantirishdan iborat.
4. Qarorlarni qabul qilish daraxti vaqtga ko’ra bir-birining ketidan
keluvchi alohida muqobil variantlar zanjirida umumiy muqobil
variantlarni aniqlashning oddiy usuli hisoblanadi. Muqobil rejani qabul
qilish to’g’risidagi qaror oqilona tanlov harakati hisoblanadi. Qarorlar
qabul qilish mantig’i nuqtai nazaridan baholash – bu muqobil variantlar
yordamida maqsadga erishish darajasini tavsiflovchi kattalik.
Tayanch tushunchalar Ijtimoiy
xavfsizlik
maqsalarning
yo’naltirilishi
oldindan
ogohlantirish,
rejalarni
muvofiqlashtirish,
muqobil
variantlarni
optimallashtirish modellari, maqsadlarni shakllantirish, tarkibiy-maqsadli
jihat, texnik-iqtisodiy jihat, muammolarni tashxis qilish, prognoz
axboroti,
direktiv
iqtisodiyot,
tashkiliy-ishlab
chiqarish
tizimi,
determinastiyalangan chiziqli mezonlar, ekspertli prognozlashtirish,
Funksional-mantiqiy
prognozlashtirish,
tarkibiy
prognozlashtirish,
matematik prognozlashtirish, analogiya bo’yicha prognozlashtirish,
87
kompleks prognozlashtirish, muammolar ierarxiyasi, muddatli rejalashtiri,
korrekstiyalash.