- Mavjud tizimga moslik. Davlat faoliyatining asosiy maqsadi –
mavjud tuzumni saqlash, mustahkamlash va takomillashtirish, xalqning
turmush darajasini oshirish vazifalarini hal etish maqsadlariga mos kelish.
- Ilmiy jihatdan asoslanganlik. Umuman iqtisodiyotda, uning
alohida sektorida yoki xo’jalik obyektidagi holatni yaxshilovchi har
qanday maqsadni belgilash va amalga oshirish oqlangan. Agar ushbu
maqsadga erishish boshqa obyektlarga zarar etishiga olib kelsa, u holda
mazkur zarar to’liq qoplanishi lozim
. - Maqsadlar to’plamining o’zaro bog’liqligi. Davlat yo’li bilan
tartibga solishning har qanday maqsadi faqat barcha qolgan maqsadlar
bilan o’zaro bog’liqlikda, uning maqsadlarning ustuvor yo’nalishlari
tizimidagi o’rniga muvofiq belgilanishi va amalga oshirilishi mumkin.
-
Maqsadlarning realligi. Oldinga qo’yilgan maqsadlar nafaqat
mavjud huquqiy normalar doirasida, balki real chegaralar doirasida
bo’lishi kerak.
-
Maqsadlarning hamjamiyat a’zolari uchun qulayligi. Oldinga
qo’yilgan maqsadlar saylovchilarning keng ommasi, iqtisodiy manfaatlar
bo’yicha uyushmalar uchun aniq, tushunarli va ko’ngilli bo’lishi zarur.
Davlat yo’li bilan tartibga solish vositalarining qo’llanilish
darajasini tahlil qilish.
Bunga alohida tartibga soluvchi vositalarni qo’llash shartlarini,
ularning maqsadlarga mos kelishini, alohida vositalarning birgalikda
mavjud bo’lishi darajasini, ularni qo’llashning qo’shimcha ta’sirlarini,
tartibga solish vositalarining samaradorligini va ularni qo’llash zaruratini
asoslashning etarliligini aniqlash kiradi.
Iqtisodiyotni
davlat
orqali
dasturlash,
xususiy
mulkni
milliylashtirish, davlat sektorining rivojlanishini qo’llab-quvvatlash kabi
ma’muriy usullar va davlat yo’li bilan tartibga solish vositalarini qo’llash
imkoniyatlari va chegaralari to’g’risidagi masala muhimligicha
qolmoqda.