121
darajada kengaydi, balki integrastiya jarayoni doirasida ittifoq a’zosi
hisoblangan mamlakatlar alohida mintaqalarining roli ortdi. EI doirasida
mintaqaviy siyosat quyidagi tamoyillardan kelib chiqib amalga oshiriladi:
- mablag’lar sochilishiga yo’l qo’yilmasligi ustidan qat’iy nazorat
o’rnatgan holda tarkibiy fond resurslarini EIning eng kam rivojlangan
hududlarida jamlash. Ushbu fonddan amalga oshiriladigan moliyaviy
to’lovlarning 80% iqtisodiy rivojlanishda yaqqol ortda qolayotgan
mintaqalarga berilishi kerak;
- tarkibiy xususiyatga ega bo’lgan subsidiyalar o’zaro to’ldiruvchi
xususiyatga ega, ya’ni EI institutlari faqat milliy dasturlarni amalga
oshirish chog’ida resurslarni qo’shimcha manba sifatida berishilari
mumkin va o’z tashabbusiga ko’ra o’z aralashuvi obyektlarini belgilashga
haqli emaslar;
- EI mintaqaviy siyosatini guruhga a’zo bo’lgan har bir
mamlakatning makroiqtisodiy va ijtimoiy siyosatini uyg’unlashtirish.
Mintaqaviy rivojlanish milliy dasturlarini moliyaviy qo’llab-quvvatlagan
holda EI organlari integrastion yo’nalishlar ushbu mamlakat iqtisodiy
siyosatining vazifalariga zid kelmasligini, EI byudjetidan ajratiladigan
mablag’lar esa milliy va mahalliy hokimiyat organlarining bahamjihat
harakatlari tufayli ko’kka sovurilmasligini nazorat qilishlari lozim;
- EI davlatlari tomonidan milliy mintaqaviy dasturlarning amalga
oshirlishi chog’ida ular o’rtasidagi bevosita o’zaro hamkorlik. Gap,
xususan, milliy dasturlarni amalga oshirish maqsadlari va usullarining
aniqligini ta’minlash maqsadida tegishli hukumatlar o’rtasida axborot
almashuvi haqida borayapti.
Mintaqaviy dasturlashtirish tizimini rivojlantirishning hozirgi
bosqichida yig’ma dasturlarni ishlab chiqish va baholash metodikasi
indikativ rejalashtirish vositalaridan foydalanishni talab qiladi
Dostları ilə paylaş: