140
daromadlarining ozmi ko’pmi barqaror xususiyatga ega bo’lgan ayrim
moddalarini prognoz qilish uchun yaroqli.
2)
Ekspert baholash usuli,
ya’ni fan va iqtisodiyotning alohida
tarmoqlarida vakolatli mutaxassislar tomonidan berilgan va asoslangan
baholar asosida qilingan prognoz ham kamchiliklardan holi emas, chunki
u subyektiv yondashuv unsurlariga ega.
3) Ushbu ikkita usulni bir vaqtning o’zida qo’llsh; bunda
rivojlanishning obyektiv tendenstiyalaridan ham, ekspertlar fikrlaridan
ham foydalaniladi.
Chiziqli regressiya liniyalari
asosiy moliyaviy qonuniyatlar
ekstrapolyastiyalash usullaridan biri bo’lib, prognoz qilinayotgan byudjet
ko’rsatkichlarini bir necha o’zgaruvchan ko’rsatkichlarga tobe qiluvchi
ko’p qadamli korrelyastion modellarni tuzishda ularning ishonchliligi
ortadi. Shuning uchun byudjetni prognoz qilish ishini byudjetni
shakllantirishga ta’sir ko’rsatuvchi omillar (o’zgaruvchan kattaliklar)ni
ajratish va o’rganib chiqishdan boshlash lozim. Bunday omillar jumlasiga
mamlakat ishlab chiqaruvchi kuchlarining rivojlanishini va umumdavlat
moliyaviy resurslarning mavjudligini, demografik o’zgarishlarni,
xo’jalikning rivojini va hokazolarni kiritish lozim.
Istiqbolga mo’ljallangan davlat byudjetining asosiy ko’rsatkichlarini
hisoblab chiqish uchun byudjet daromadlarining hajmi bilan ikkita
o’zgaruvchan: ishlab chiqarilgan milliy daromad va yalpi sanoat va
qishloq xo’jaligi mahsuloti o’rtasidagi
korrelyastion aloqalardan
,
shuningdek ushbu ko’rsatkichlar bilan foyda solig’i o’rtasidagi aloqadan
foydalanish mumkin. Korrelyastiya koeffistientlari o’rganib chiqilayotgan
aloqalardagi jipslikni darajasini qo’rsatadi. Byudjet daromadlari birinchi
galda milliy daromad hisobidan shakllanadi.
Istiqbolga mo’ljallangan byudjet resurslarining hajmini prognoz
qilishda ko’plab omillar ta’sirini ma’lum darajadagi ehtimollik bilan
o’rtacha barobarlashtirish, eng umumiy tendenstiyalarni aniqlash
imkonini beruvchi chuqur
iqtisodiy
va
cmamucmuk tahlil
qilish lozim.
Yuqorida ko’rsatilgan ikkita o’zgaruvchan kattalikka ega bo’lgan
regressiya tenglamasi chiziqli ko’riniga ega:
Dostları ilə paylaş: