tub mohiyati va uning tasnifi”, “Arastu kitoblarining soni va falsa-
fani o ‘zlashtirish uchun nim a lozim” kabi bir necha asarlami yozdi.
Ammo, taassufki, oxirgi qayd qilingan asaridan boshqalari
bizgacha
yetib kelmagan. 0 ‘zining tasnifida al-Kindiy falsafaga katta ahamiyat
beradi va uni “H amm a narsa haqidagi bilim” deb ataydi. U falsafani
bilim va faoliyat, nazariy va amaliy donishmandlikka ajratadi. Al-
Kindiy fikricha nazariy bilim (yoki donishmandlik), riyoziyot,
tabi-
iyot va ilohiyotni, amaliy bilim esa - axloq, uy ishlari va fuqarolik siyo-
satini o ‘zida mujassamlashtiradi. U ilmiy bilish haqidagi ta’limotini uch
pog‘onadan iborat qilib tuzadi. Birinchi pog‘ona mantiq va riyoziyotdan,
ikkinchi pog‘ona tabiiyotdan, uchinchi pog‘ona esa metafizikadan ibo
rat. Falsafa vazifalarini aniqlashda Al-Kindiy tutgan o ‘rin Arastu tutgan
o ‘ringa juda yaqin va o ‘xshashdir. Al-Kindiy fikricha,
moddiy olam
predmetlari, ya’ni “birinchi substansiyalar”ni ularning asosiy xususiyat
lari - miqdori va sifatini o ‘rganish asosidagina bilish mumkin. Demak,
har bir ilm asosini riyoziyot tashkil etadi. Arifmetika miqdorga taalluqli
bo‘lsa, handasa va ilmu nujum — sifatga taalluqlidir. Riyoziyotdan so‘ng
esa mantiq, tabiiyot, psixologiya, metafizika, axloq, siyosat keladi.
Shunday qilib, Al-Kindiy falsafiy fanlami o ‘rganishda riyoziyotga
alohida aham iyat beradi. Uning fikricha, falsafa ilm sifatida riyozi
yotga asoslangandir.
Al-Kindiyning fan oldidagi eng muhim xizmati shundaki, u yu-
non, fors va hind olimlari yaratgan boy g ‘oyaviy meroslami o ‘rganib,
ularning ilg‘or a n ’analarini rivojlantirish orqali Yaqin va 0 ‘rta Sharq-
da ilg‘or, tabiiy-ilmiy va falsafiy fikrlami rivojlantirishga asos soldi.
Amalda u o ‘rta asrlar sharqidagi ilmlar tasnifining ilg‘or ta ’limoti
asoschisidir. O byektiv
narsalam ing xususiyati, tashqi olam pred
metlari va ularning xususiyatlarini ajratishga asoslangan al-Kindiy
tasnifi ilmlarning predmeti va vazifalarini keyinchalik o ‘rganish va
aniqlashda katta rol o ‘ynadi.
A l-Kindiyning ratsional fikri arab tilida ijod qilgan Ar-Roziy, al-
Forobiy, Ibn Sino, al-Beruniy kabi ilm
namoyandalarining dunyoqa-
rashi shakllanishiga asos bo ‘ldi.
16