V bob. KIBERNETIKA VA SINERGETIKA
5.1. Kibernetika
Samodagi universal fizikaviy qonuniyatlam i o ‘rganuvchi nis
biylik nazariyasi va mikrodunyoning qonunlarini ochuvchi kvant
mexanikasi tushunish uchun qiyin mavzular
hisoblanadi, albatta.
Lekin, shunga qaram ay hozirgi zamon tabiiy bilimlari nuqtayi
nazaridan ular oddiy tizim lar bilan ish k o ‘radilar. Chunki,
ularning
tarkibiga oz sonli o ‘zgaruvchilar kiradi va shuning uchun ularni
m atem atikaviy tahlildan o ‘tkazish va universal qonunlar bilan ifo-
dalash mum kin.
Lekin, oddiy tizimlardan farqli - murakkab tizimlar ham mav
jud. Ular juda ko‘p o ‘zgaruvchilarga va munosabatlarga ega. Tizim
qanchalar
murakkab boMsa unda
emerdjentlik xususiyatlari
ham
shunchalik k o'p bo‘ladi: tizim faqat bir yaxlit, butun bo‘lganidagina
hosil bo‘luvchi, uning qismlarida mavjud bo‘lmaydigan xususiyatlar
nazarda tutilmoqda.
Shunday
murakkab tizim lami, masalan
metereologiya -
klimatik
jarayonlar haqidagi fan o'rganadi. Aynan, murakkab tizim bo‘lgani
uchun ham ob-havoning hosil bo'lish jarayonlari aytaylik, gravitat-
sion jarayonlarga nisbatan anchagina noaniq jarayonlardir. Bu bi-
rinchi qarashda paradoks b o ‘lib tuyuladi.
Haqiqatdan ham, Yer yoki
boshqa osmon jism ining million yildan keyin qayerda boMishini aniq
ko'rsatish mumkin, lekin ob-havoning ertaga qanday bo'lishini doim
ham aytib bera olmaymiz. Chunki, bu jarayonlar ancha murakkab
tizim hisoblanadi, uni k o 'p sondagi o'zgaruvchilar va munosabatlar
tizimi deb qarash lozim.
Tizimlarning oddiy va murakkabga ajralishi tabiiy bilimlar doira-
sida fundamental hisoblanadi. Ularning orasidagi
Dostları ilə paylaş: