9.4. Ijtimoiy biologiya fani va uning vazifalari
Genetika fani paydo bo‘lib, rivojlanishi bilan birgalikda. hayvonot
dunyosini o ‘rganishda bir qancha muammolar vujudga kela boshladi.
Bu esa “sotsiobiologiya” fanining vujudga kelishiga turtki bo‘ldi.
“ Sotsiobiologiya”, y a’ni ijtimoiy biologiyaning vujudga kelishida
E.Uilsonning “Sotsiobiologiya” deb nomlangan kitobi alohida o ‘rin
tutadi. Bu fanda “Populyatsion genetika”, “Evolyutsiya nazariyasi”,
“Etologiya” va “Ekologiya”ning qorishmasini kuzatishimiz mumkin.
“Har bir turning ijtimoiy fe’l-atvori albatta genetik poydevorga ega,
bu individlaming o'zini va qarindoshlarini saqlab qolishga majbur
etadi” . Bu sotsiobiologiyaning asosiy tezislaridan biridir. Sotsiobi
ologiya fe’l-atvor va xulqning genetik poydevori borligini tushun-
tirdi va “qo‘rquv”, “agressiya”, “bosiqlik” genlari haqida so‘z ochdi.
Shuningdek, sotsiobiologiya fe'l-atvorning jinsiy farqini ko‘rsatdi.
Masalan, urg'ochi individning vazifasi nasi qoldirish deb ko‘rilsa,
102
erkak individniki esa nasi qoldirish to 'g ‘risida qayg‘urishi yoki oila
tashkil etilishida kuzatiladi.
Sotsiobiologiya jam iyat axloqiy ko‘rsatkichlarining biologik asos-
larini va insonni o ‘rganadi. Ya’ni inson evolyutsiyasining biologik
asoslarini ham tushuntiradi.
Falsafa - inson mohiyati, jam iyat aloqalarining majmuyidir. Inson
mohiyatining ajratilish muammolari, bu hayvon va insonlar orasidagi
chegara muammosidir. Birinchi masalani tabiiy fanlar o ‘rgansa, ik-
kinchisi bilan gumanitar fanlar shug‘ullanadi. Sotsiobiologiya esa bu
fanlar oralig‘ida joylashgan. Sotsiobiologiya - insonlarni ham ijti-
moiy, ham biologik mavjudot nuqtayi nazaridan o ‘rganadi.
Nazorat savollari
1. Instinkt nima?
2. “Agressiya” nimaligi haqida tushincha bering.
3. Refleks to ‘g ;risida tushuncha bering.
4. Ijtimoiy biologiya fanining vazifasi nimalardan iborat?
5.
Instinktlarning hayvonlar hayotidagi ahamiyatini ta'riflab
bering.
103
|