o‘zaro perpendikular qirra birlashadi. Kubning barcha tomonlari,
qirralari, burchaklari bir-biriga teng bo‘lgan geometrik shakldir.
Tabiat va turm ushdagi narsalarning aksariyati shakli va
tuzilishi jihatidan o ‘xshash bo‘lsa-da, ammo bir-biridan jiddiy
farq qiladi. Ularning biri prizma shaklida bo‘lsa, biri silindr yoki
shar shaklida. Bir predmetning o ‘zi ham bir necha geometrik
shaklga ega bo‘lishi mumkin.
Bunda narsalar va buyumlarning qaysi geometrik shaklga
mosligi, ularning ko‘rinishi, rangi va holatlari alohida tahlil etiladi.
Chunki, narsalarning shakli va tuzilishi, shuningdek, rangi natu
ral holatdagisidan farq qiladi. Agar e’tibor bergan bo‘lsangiz,
tabiatdagi narsalar va buyumlar sizdan uzoqlashgan sari boshqa-
charoq shaklda, tuzilishda, rangda ko‘rinadi. Narsalar va buyum-
lardagi o‘z shakli, tuzilishi va rangini, uning ko‘rinishidagi shakli
va rangi jihatdan farqlanishini ,,Perspektiva“ fani o‘rganadi.
Dostları ilə paylaş: