B. N. Oripov tasviriy san’at va uni 0 ‘qitish metodikasi


4.3. TASVIRIY SAN’ATNINIG 0 ‘QUVCHILAR



Yüklə 5,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə70/108
tarix21.10.2023
ölçüsü5,65 Mb.
#158555
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   108
Oripov B.N. Tasviriy san`at va uni o`qitish metodikasi

132


4.3. TASVIRIY SAN’ATNINIG 0 ‘QUVCHILAR
TA’LIM-TARBIYASIDAGI ROLI VA Q‘RNI
M a’lumki, tasviriy san’at insonni mehnatga, tafakkur qilish- 
ga, ijodga, go‘zallikni his qilishga chorlaydi. Kuzatishlar va ilmiy 
tadqiqotlar, tasviriy san’at yoshlarga faqat ilm-tafakkur, go‘zal 
estetik ideallami beribgina qolmay, insonning eng muhim jihatlarini, 
ya’ni kuzatish, ko‘rish, idrok qilish hamda tafakkur-tasawurlarini 
rivojlantiradigan asosiy vosita ekanligini isbotlamoqda.
0 ‘quvchilar tasviriy san’at mashg‘ulotlarida xilma-xil narsalar 
bilan tanishib, uning katta-kichikligi, shakli, undagi xunuk va 
chiroyli elem entlarni aniqlaydilar, narsalar shaklini idrok etadilar, 
rang va tuslarini o ‘rganadilar. N arsa shaklini idrok etish bilan 
birga, uni tahlil qilib, ong faoliyati asosida naturani tasvirga 
aylantirib, uni qog‘ozga joylashtirish m o ‘ljallanadi. Shundan 
so‘ng natura tasviri daftar yuzasiga tushiriladi.
Lekin bu jarayon juda murakkab bo ‘lib, uni sog‘lom, rivoj- 
langan bolagina uddasidan chiqa oladi. Bu jarayonda bolaning 
fikri chalg‘isa, shakl aniq chiqmaydi, rang topilmaydi. Shu boisdan 
bu faoliyatni faqat sog‘lom, ya’ni fiziologik va psixologik jihatdan 
to ‘la rivojlangan bolagina amalga oshira oladi.
Tasviriy san’at m ashg‘ulotlarida bolaning ko ‘rish a ’zolari 
takomillashib boradi. Chunki h ar bir m ashg‘ulotda narsalarni 
e ’tibor bilan kuzatish va ulam i idrok etish o ‘rgatilib, bolaning 
diq qat-e’tiborini bir nuqtaga qaratish malakasi ham beriladi. 
Shuningdek, tasviriy san’at mashg‘uloti o ‘quvchilam i e ’tiborli, 
zehn bilan faoliyat ko‘rsatishga, barcha his-tuyg‘ularini jamlagan 
holda, o ‘zida b o ‘lgan nazariy va amaliy bilimlami ishga solishga 
o‘rgatadi. Binobarin, tasviriy san’at darslari o ‘quvchilaming har 
tom onlam a rivojlanishida asosiy om illardan biri b o ‘lib qoladi.

Yüklə 5,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   108




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin