1870- yili esa Rus Badiiy akademiyasi qoshida rasm o ‘qituv-
chisi tayyorlaydigan kurs tashkil etildi.
XX
asr boshlarida Peterburg, Moskva, Qozon, Odessa, Pen-
zada rasm o ‘qituvchilari tayyorlaydigan bir qator bilim yurtlari
ochiladi. Rus Badiiy akademiyasi qoshida rasmni o ‘qitish m eto-
dikasi bo‘yicha maxsus komissiya ish boshlaydi. Bu komissiya
tarkibida N .G e, I.Kramskoy, P.Chistyakov kabi yetuk rassomlar
faoliyat olib boradilar. Sho‘rolar davrida 1921- yildan rasm
darsi o ‘quv predm eti sifatida o ‘rta um um ta’lim maktablari o ‘quv
rejasiga kiritildi. 0 ‘rta m aktablar uchun 1921-yildan
boshlab
rasm darsi uchun dasturlar yaratila boshlandi. M aktabda rasm
fanining o ‘qitilishi b o ‘yicha Kardovskiy, Rojkova, Pomicheva,
Rostovsev, Shoroxov, Kuzin kabi rassom-pedagoglar shug‘ullanib
keldilar.
XX
asr boshlaridan AQSH, Italiya, Germaniyada ham o ‘rta
um um ta’lim maktablarida rasm fanining o ‘qitilishi yo‘lga qo‘yildi.
U lar uchun o ‘quv-m etodik qo ‘llanm alar, darsliklar, dasturlar
yaratildi va takomillashtirib kelindi. 0 ‘tgan asming 50—60-yilla-
rida jahonning ju d a k o ‘p m am lakatlarida tasviriy san ’atning
o ‘qitilishi b o ‘yicha ko ‘plab amaliy ishlar qilindi. C hunonchi,
1955-yilda Lunda (Shvetsiya), 1958- yilda Bazella (Shvetsiya)
1960- yilda M aniles (F ilippin),
1966-
yilda Chexoslovakiya,
1972- yilda
Germaniya, 1982- yilda Chexoslovakiya kabi mamla-
katlarda xalqaro simpoziumlar o ‘tkazilib kelindi.
4.2. 0 ‘ZBEKIST0NDA TASVIRIY SAN’ATNI
0 ‘QITISH TAMXI
Tadqiqotchilaming fikricha, mamlakatimiz hududlarida bun-
dan million yillarcha m uqaddam ham ajdodlarimizning yasha-
ganligi haqida m a’lum otlar bor.
Shuningdek, 0 ‘zbekiston hududida bundan qariyb 5—10
ming yillarcha m uqaddam odamlar ishlagan rasmlar, buyumlar
ko‘plab topilgan. Sarmishsoy,
Zarautsoy, Qoratepa, Oltintepa,
Chust, Dalvarzin, K altam inor kabi m anzilgohlardan topilgan
eng qadimiy suratlar va buyumlar ajdodlarimizning san’at va
128
madaniyati yaxshi rivojlanganligidan dalolat beradi. Qoyalarga
o ‘yib yoki turli tabiiy bo ‘yoqlarda ishlangan
rasm -suratlar ham
ajdodlarimizning juda qadim dan rasm chizish bilan shug‘ullanib
kelganligini bildiradi.
Eram izdan avvalgi 1- ming yillik boshlarida 0 ‘zbekiston
hududida dastlabki quldorlik davlatlari paydo bo‘la boshlaydi. Bu
„Katta Xorazm“ davlati bo‘lib, unda zardushtiylik dini shakllanadi.
Bu dinning paydo b o lish i tasviriy san’atning rivojlanishiga imkon
yaratdi. Chunki bu din tasviriy san’atni taqiqlamadi. Shu davrda
qurilgan ibodatxona-yu, ehrom lar katta e ’tibor bilan bezatilgan.
Shunga ko‘ra bu davrda tasviriy san’atning ko‘plab tu r va janrlari
rivojlandi.
Endi rasm chizish, grafika,
haykaltaroshlik, amaliy san’at
va m e’morchilik bilan maxsus kishilar shug‘ullana boshlaydilar.
U lar dastlab o ‘z san’atlarini oila a ’zolariga, keyinchalik iste’dodli
bolalami shogirdlikka olib, ularga o ‘rgatganlar. Ulardan iste’dodli
rassomlar, m e’m or, amaliy san’at ustalari yetishib chiqqanlar.
Xorazm, Farg‘ona, Surxondaryodagi m anbalardan bizgacha yetib
kelgan san ’at asarlarining nam unalari bundan dalolat beradi.
C hunonchi, „Jangchi Sak“ , ,,A frodita“ , ,,R ito n lar“ devoriy
rasmlarini ta ’kidlab o ‘tish joiz.
0 £rta asr boshlarida 0 ‘zbekistonda sa n ’at va m adaniyat
beqiyos darajada rivojlana boshladi. Qadimgi Xorazm, Termiz,
Sam arqand, Farg‘onada san ’atning barcha turlari rivoj topdi.
Fanning buyuk allomalari, Xorazmiy (787—850), Forobiy (870—
950), B eruniy (973—1048), Ib n Sino (980—1037)
kabi fan
daholari, buyuk m e’morlar yetishib chiqdilar. U lar m e’morchilik
sa n ’atining m o nu m en tal nazariy asosini yaratdilar. Forobiy
o ‘zining 10 tomlik „M e’morchilik muhandisligi“ nomli asari bilan
jahon m e’morchiligi san’atida ulkan meros qoldirdi.
Sodiq Afshor (Navoiy zamondoshi) rasm chizishni nazariy
jihatdan asoslagan va rasm chizish uslubi haqidagi „Q onun as
Suvor“ — „Rasm chizish qonuniyatlari“ nom li asarini yozib,
tasviriy san’at nazariyasi va am aliyoti ravnaqiga o ‘z ulushini
qo ‘shdi. Shuningdek, Qozi A hm adning „X attotlar va musav-
virlar“ nom li asarida rasm chizish, chiroyli yozuv, xattotlik,
Dostları ilə paylaş: