B. N. Oripov tasviriy san’at va uni 0 ‘qitish metodikasi


NARSANING 0 ‘ZIGA QARAB RASM CHIZISH



Yüklə 5,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə23/108
tarix21.10.2023
ölçüsü5,65 Mb.
#158555
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   108
Oripov B.N. Tasviriy san`at va uni o`qitish metodikasi

2.1. NARSANING 0 ‘ZIGA QARAB RASM CHIZISH
Narsaning o ‘ziga qarab rasm chizish — rasmi chiziladigan 
narsa, obyekt va voqeaning rasm chizuvchining bevosita kuzatuvi 
asosida biron-bir tekislikda ifodalanishidir.
Rasmi chiziladigan narsa 
natura
deyiladi.
Biron taglik ustiga yoki tekislikka, m a’lum bir mavzu yoki 
kompozitsiya asosida rasmini chizish uchun moslashtirib qo‘yila- 
digan natura yoki naturm ort 
postanovka
deyiladi.
N aturm ort esa rasmini chizish uchun qo ‘yiladigan natura 
yoki postanovkadagi ikki va undan ortiq biron-bir mavzu ham da 
mazm undagi predm etlar to ‘plamidir.
N atura qo ‘yiladigan maxsus moslama 
taglik
deyiladi.
Naturaning tagiga, orqasiga maxsus rang, yorug‘lik hosil qilish 
uchun qo ‘yiladigan mato 
fon
yoki 
drapirovka
deyiladi.
N aturm ortni tashkil qiladigan narsalar — 
naturmort pred-
metlari
yoki 
elementlari
deyiladi.
N arsan in g o ‘ziga qarab rasm chizish ikki y o ‘nalishda: 
,,qalamtasvir“ , ya’ni qalam bilan rasm ishlash va ,,rangtasvir“ , 
ya’ni ,,akvarel“ bo ‘yog‘i bilan rasm ishlash olib boriladi.
1 Rasm chizishning eng samarali uslubi — natural va geometrial 
uslubdir. Chunki, rasm chizishni o‘rganish naturaga qarab, geometrik 
qurishlar asosida rasm chizish bilan olib beriladi. Bu uslub eng samarali, 
zamonaviy, klassik va an’anaviy uslubdir.
47


Qalamtasvir
Qalamtasvir 
— nafsa va voqealar tasvirining chiziq-shtrixlar 
vositasida qalam bilan ifodalanishidir (10- rasm).
Qalamtasvir — rasm chizishning asosi b o ‘lib, narsaning ras- 
m ini qalam da tasvirlashni bilmay turib, hech qanday tasvir- 
ning rangi-tusini ifodalab bo ‘lmaydi. Shu boisdan ham taniqli
48


rassom M ikelanjelo — „Qalamtasvir — shakl yaratish san’ati 
b o ‘lib, rangtasvir, haykaltaroshlik va m e’m orchilikning oliy 
nuqtasi va barcha fanlaming ildizi — negizidir“ ‘, — deb ko'rsatgan 
edi.
San’atning bu yo‘nalishiga Qadimgi Misr, Y unon, Xitoy, 
Hindiston, Italiya, Ispaniya, Fransiya, Germaniya, Portugaliya
Rossiya mamlakatlarida alohida e ’tibor beriladi va u mustaqil fan 
sifatida o ‘rgatiladi.
Narsaning o ‘ziga qarab rasm chizishda akademik kom po- 
zitsiyalar yaratish kabi qalamtasvirdan foydalanishning juda ko ‘p 
uslublari ishlab chiqilgan.
Ishlanish texnikasiga k o ‘ra qalamtasvir rassom tom onidan 
q o ‘lda ishlangan — original va maxsus qolip — klishalar asosida 
bosilgan bo‘ladi. Bosilgan qalamtasvir ishlari gravyura va litografiya 
usulida ishlanadi.
Original qalamtasvir ishlar o ‘zining ishlanish uslubiga ko‘ra: 
etud, eskiz, xomaki ish, ijodiy va akademik ish turlariga b o ‘linadi.

Yüklə 5,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   108




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin