Konstitutsiyamizning 67-moddasiga ko’ra esa, “Ommaviy axborot vositalari erkindir va qonunga muvofiq ishlaydi. Ular axborotning to‘g‘riligi uchun belgilangan tartibda javobgardirlar.Senzuraga yo‘l qo‘yilmaydi” – deyilganligi, OAVning konstitutsiyabiy maqomining isbotidir.
Konstitutsiyasining 67-moddasiga asosam, ommaviy axborot vositalari erkin ishlashi kerak va qonunlar asosida o‘z faoliyatini tashkil qilishi kerakligi mustahkamlangan.
Mamlakatimizda ommaviy axborot vositalarini faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha olib borilgan ishlar natijasida ularni erkinligini ta'minlovchi qator huquqiy hujjatlar qabul qilindi.
Jumladan: 1996-yil 30-avgustdagi “Noshirlik faoliyati to‘g‘risida”, “Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to‘g‘risida”, 1997-yil aprelda qabul qilingan “Axborot olish kafolatlari va erkinligi to‘g‘rsida”, “Jurnalistik faoliyating himoya qilish to‘g‘risida”, 1997-yil dekabrda qabul qilingan, “Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida” qonunlar shular jumlasidandir. Bu qonunlar ommaviy axborot vositalarini erkinligini ta'minlashga, ularni faoliyatini takomillashtirishga qaratilgandir.
§ 4. Ommaviy axborot vositalari faoliyatida senzuraga yo‘l qo‘yilmasligi Mamlakatimizda maxsus “Davlat sirlarini saqlash to‘g‘risida”gi qonun amal qilib , unda “Davlat tomonidan qo‘llaniladigan va maxsus ro‘yxatlar bilan chegaralab qo‘yilgan alohida axamiyatli, mutlaqo maxfiy va maxfiy harbiy, siyosiy, iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy va o‘zga ma'lumotlr O‘zbekiston Respublikasining davlat sirlari hisoblanadi” – bunday malumotlarni oshkor qilishga hyech qanday jurnalist, ommaviy axborot vositalari haqli emas.
Konstitutsiyasining 67-moddasida “Senzuraga yo‘l qo‘yilmaydi” – degan qoida mavjud. Senzura ma'lumotlarni elon qilingunga qadar o‘qish, uni tarqatish, qo‘shimcha kiritish, yoki umuman nashr qilishni cheklashdir. Ommaviy axborot vositalarida qilinayotgan ma'lumotlarda davlat siriga zid, konstitutsiyaviy tuzumga qarshi ma'lumotlar bo‘lmasa, ularni o‘zgartirish, qo‘shimcha kiritish, ayrim larini olib tashlashga yo‘l qo‘yilmaydi degan qodia shu ma'noni beradi.
Ommaviy axborot vositalarida senzuraga yo‘l qo‘yilmasligi qoidasini konstitutsiyaga kiritilishi sababi, avvalgi tuzum(sovet tuzumi)da ommaviy axborot vositalari nashriy faoliyati nihoyatda senzuralashgan, hyech qanday ma'lumot avvaldan o‘qib chiqmasdan, tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritmasdan, ayrim joylari olib tashlanmasdan nashr qilinmas edi.
Senzura ommaviy axborot vositalarining erkinligini, umuman so‘z, fikr erkinligi cheklovchi kuchli vosita edi. Konstitutsiyada ommaviy axborot vositalari faoliyatida senzuraga yo‘l qo‘yilmasligining belgilovchi qoidani kiritilganligi, ommaviy axborot vositalarini erkinligi, umuman jamiyatda so‘z, fikrlash erkinligini ro‘yobga chiqaruvchi, ta'minlovchi muhim shart hisoblanadi.
Senzura yo‘qligi ommaviy axborot vositalari o‘rtasida sog‘lom raqobatni bo‘lishini, kuchayishini, jurnalistlarni ijodiy tashabbuskorlik faoliyatini rivojlanishini ta'minlovchi muhim vositasidir.
Ommaviy axborot vositalari faoliyatiga taalluqli barcha qonunlarda ham senzuraga yo‘l qo‘ymasligini belgilab qo‘yilgan.
Shuningdek, ommaviy axborot vositalari haqidagi qonunlarda qanday masalalarda ma'lumotlar oshkora qilishmasligi ham belgilab qo‘yilgan. Bular xavfsizlik, fuqaro manfaatlaridan kelib chiqadi.