O’zbekistonda xususiy mulk va ommaviy mulk mustahkamlangan.
Xususiy mulk huquqi shaxsning qonun hujjatlariga muvofiq qo‘lga kiritilgan mol-mulkka egalik qilish, undan foydalanish va uni tassauruf etish huquqidir. Xususiy mulk bo‘lgan mol-mulkni miqdori va qiymati cheklanmaydi. Bu yerda mulk qonun hujjattlariga muvofiq qo‘lga kiritilgan degan so‘zni ma'nosi keng. Chunki qonun hujjatlarida mulkni qo‘lga kiritishning ko‘plab yo‘llari ko‘rsatilgan, masalan sotib olish, xususiylashtirish, asrash, meros olish, hadya olish, yutib olish va boshqalar.
Mulkka bo‘lgan huquqni vujudga kelish asoslari “Fuqarolik kodeksi”da belgilangan.
Ommaviy mulk Respublika mulki va ma'muriy-hududiy tuzilmalar mulkidan iborat bo‘lgan davlat mulkidir. Ommaviy mulk, ommaviy davlat mulkiga nisbatan qollaniladigan atama. Respublika mulkiga:
respublika byudjetining mablag‘lari va boshqalar kiradi.
Respublika mulki hisoblangan mol-mulkni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi, Prezidenti, Hukumati yoki ular maxsus vakil qilgan organlar, agar qonunda boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo‘lsa, tassaruf qiladilar.
Mulk shakllari davlat tomonidan teng muhofaza qilinadi. Ular teng mavqega ega.
Shuni alohita ta’kidlash joizki, O’zbekiston Konstitutsiyasining 53-moddasida “iste'molchilar huquqlarining ustunligi” tamoili ifodalangan. Chunki, iste'molchi bu eng avvalo insonlardir. Demokratik jamiyatda barcha masalada inson manfaati ustuvorligi ta'minlanadi. Bu prinsip konstitutsiyaviy tuzum asoslaridan biri sifatida ham e'tirof etiladi. Konstitutsiyamizning 13-moddasiga binoan mamlakatimizda inson va uning huquqlari oliy qadriyat hisoblanadi. Ana shu prinsipni amaliy ifodasi esa iste'molchining huquqlarini ustuvor bo‘lishini taqazo etadi.
Shundan so‘ng iste'molchi huquqlarini himoya qilishga qaratilgan qonunchilik takomillashtirildi, kuchaytirildi, iste'molchi huquqlarini himoya qiluvchi organlar tizimi takomillashdi, bu borada jamoatchilik nazorati kuchaytirildi. Iste'molchiga o‘z huquqlaridan foydalanish, huquq buzulishlari sodir etilsa uni tiklash uchun zarur bilimlarni berish maqsadida huquqiy targ‘ibot ishlari olib borildi.