B. X. Azizkulov, B. K. Janzakov iqtisodiy siyosatga kirish


Hukumat va iqtisodiy-siyosiy tsiklning o’rni



Yüklə 1,85 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/79
tarix19.05.2023
ölçüsü1,85 Mb.
#117863
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   79
B. X. Azizkulov, B. K. Janzakov iqtisodiy siyosatga kirish (1)

3.3. Hukumat va iqtisodiy-siyosiy tsiklning o’rni. 


Uzoq muddatli iqtisodiy o’sish bir tekis va uzluksiz bormaydi, u iqtisodiy 
beqarorlik davrlari bilan uzilib turadi. Iqtisodiy o’sish ketidan doimo tanazzul kelib 
turadi. Vaqti-vaqti bilan ob’ektiv qonunlarning o’zgartirib bo’lmaydigan ta’siri ostida 
takror ishlab chiqarish harakatida uzilishlar paydo bo’lishi va ularning iqtisodiyot 
nomutanosibliklarining keskin shaklda namoyon bo’lishi holati iqtisodiyotning siklli 
rivojlanishi deb ataladi. 
Iqtisodiy sikl deganda, odatda iqtisodiyot rivojlanishining bir holatidan 
boshlanib, birin-ketin bir necha fazalarni bosib o’tib, o’zining dastlabki holatiga qaytib 
kelgunga qadar o’tgan davr tushuniladi. Iqtisodiyotning rivojlanishidagi harakati bir 
sikl bilan to’xtab qolmaydi, balki u to’xtovsiz to’lqinsimon harakat sifatida davom 
etadi. Siklli harakat iqtisodiy o’zgarishning muhim omili, makroiqtisodiy muvozanat 
elementlaridan biri bo’lib, milliy xo’jalik turli tarkibiy qismlarining amal qilishidagi 
notekislikni, uning rivojlanishidagi inqilobiy va tadrijiy bosqichlarning, iqtisodiy 
taraqqiyotning almashuvini aks ettiradi. 
Iqtisodiy sikl maxsus fazalar orqali amalga oshadi. Har bir faza iqtisodiy 
rivojlanishdagi muayyan pallani ifodalab, o’ziga xos xususiyatlarga ega bo’ladi. Odatda 
iqtisodiy siklning inqiroz, turg’unlik, jonlanish, yuksalish fazalari ajratib 
ko’rsatiladi. Ana shu fazalarning har biri rivojlanishi jaryonida navbatdagi fazaga o’tish 
uchun sharoit yuzaga keladi. 
Iqtisodiy siklning dastlabki fazasi inqirozdan boshlanib, u ishlab chiqarishning 
pasayishida ifodalanadi. 
Inqirozdan keyin turg’unlik fazasi boshlanib, u nisbatan uzoqroq davom etadi. 
Bu fazada ishlab chiqarish darajasining barqarorligi ta’minlansada, u inqiroz 
boshlanishidan oldingi darajaga nisbatan ancha past bo’ladi. Narxlarning pasayishi 
to’xtab, ssuda foizlari pasayadi, tovar zahiralari barqarorlashadi. Biroq ishsizlikning 
yuqori darajasi saqlanib qoladi. Turg’unlik fazasi davomida iqtisodiy faollik jonlanishi 
uchun 
sharoitlar 
vujudga 
kelishi 
nihoyasiga 
yetadi. 

Yüklə 1,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   79




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin