solishning vositasi sifatida respublika iqtisodiyotini himoya qilish maqsadida
importni
to'g'ridan
to'g'ri
cheklash
hisoblanadi.
Bunda
litsenziyalash
va kontingentlash, importga oid antidemping va kompensatsiya bojlari, eng kam
import narxlari tizimi va hokazolar qo'llaniladi.
Tashqi investitsiya siyosati xorijiy investitsiyalarini mamlakat hududiga jalb
etish va ulardan foydalanish hamda milliy investitsiyalarini xorijga olib chiqishni
tartibga solishga doir chora-tadbirlar majmuidan iborat.
Valuta siyosati davlat va xalqaro valuta moliya tashkilotlari tamonidan
amalga oshiriladigaa valuta munosabatlari sohasidagi iqtisodiy choralar hamda
tashkiliy shakl va usullar yig'indisini tashkil etadi.
Valuta siyosati davlatning valuta mablag'laridan maqsadli foydalanish bo'lib.
valuta mablagiarini shakllantirish va ishlatishining asosiy yo'nalishlarini hamda
bunday mablag‘lardan samarali foydalanishga yo'natirilgan chora-tadbiriami
ishlab chiqishni o‘z ichiga oladi.
Valuta siyosatining amal qilish sohasi bo'lib valuta bozori, qimmatbaho
metallar va toshlar bozori hisoblanadi.Davlatning valuta siyosati diskont va deviz
siyosatlariga bo'linib, moliya tizimining bir maromli faoliyatini va mamlakat to'lov
balansi muvozanatini ta’minlash kabi vazifalarni qamrab oladi.
Diskont siyosati investitsiyalar harakatlarini tartibga solish va to‘lov
majburiyatlarini muvozanatlashtirish, valuta kursini taxminiy tuzatish uchun
foizning hisob stavkasidan foydalanish bo'yicha chora-tadbirlar tizimini o'z ichiga
oladi. Ushbu siyosat pul talabi holatiga, narx dinamikasi va darajasiga, pul massasi
hajmiga,
qisqa
muddatli
investitsiyalar migratsiyasiga ta'sir ko'rsatishda namoyon bo'ladi.
Deviz siyosati valuta intervensiyasi va valuta cheklashlari yordamida valutani
xarid qilish va sotish bilan valuta kursini tartibga solish tizimi hisoblanadi.
Valuta intervensiyasi
Markaziy bankning xorijiy valutaning oldi sotdisi bo'yicha maqsadli
operatsiyalari bo'lib, u milliy valuta kursi dinamiksini uni oshirish yoki
pasaytirishning muayyan chegaralari bilan cheklash maqsadini ko'zlaydi. Valuta
cheklashlari milliy va xorijiy valuta, oltin va hokazolarga doir operatsiyalarni
tartibga soladigan iqtisodiy, xuquqiy, tashkiliy chora-tadbirlar majmuyidan iborat.
Ishchi kuchining tashqi migratsiya siyosati ishchi kuchi eksporti siyosati va
ishclii kuchi impoiti siyosatlariga bo'linadi.
Ishchi
kuchi
eksporti
siyosati
deganda
bir
mamlakat hududidan ikkinchi bir mamlakatga ishchi kuchining ko'chishi uchun
qulay sharoit yaratish yoki taqiqlash borasidagi davlat tomonidan amalga
oshiriladigan choratadbirlar yig'indisi tushuniladi. Ishchi kuchini eksport qilish
natijasida mamlakatda ishsizlik darajasini kamaytirish va mamlakatga qo'shimcha
valuta
daromadlarini
paydo
qilish
imkoniyati
yuzaga
keladi.
Ishchi kuchi import siyosati, deganda mamlakatga xorijdan ishchi kuchining kirib
kelishi uchun qulay sharoit yaratish yoki to'siqlar qo'yish borasidagi davlat
tomonidan amalga oshiriladigan chora-tadbirlar yig'indisi tushuniladi.
Dostları ilə paylaş: