Babayeva d. R


-§. Grammatik qurilishni shakllantirish metodikasi



Yüklə 2,89 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə102/266
tarix18.09.2023
ölçüsü2,89 Mb.
#145152
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   266
Nutq o\'stirish nazariyasi va metodikasi. Babayeva D.R

20-§. Grammatik qurilishni shakllantirish metodikasi
175


shakllantirishga (so‘z o ‘zgartirishda); yettinchi yilda - hosila 
so‘zlar o‘rtasidagi rasmiy-semantik munosabatlarni oddiy tahlil 
qilishga, nutqiy ijodkorlikka, murakkab sintaktik tuzilmalami ixtiyoriy 
tuzishga alohida e’tibor berishi lozim.
Didaktik o‘yinlar va grammatik mazmundagi mashqlar -
bolalaming tilga oid o‘yinlarini, ularning grammatik sohasidagi 
faolligini rag‘batlantirishning muhim vositasidir. Pedagog bolalarga 
so‘z birikmasini o‘ylab ko‘rish, so‘ngra gapda so‘zlami bir-biri bilan 
to‘g‘ri bog‘lash qobiliyatini o‘rgatishi zarur.
Bolalar fikrlarida murakkab sintaktik tuzilmalami shakllantirishni 
«yozma nutq vaziyati»da, ya’ni bola matnni aytib turadigan, katta 
yoshli kishi esa, uni yozib boradigan vaziyatda amalga oshirish 
tavsiya etiladi.
Bolaga bir turdagi tuzilmalardan foydalanmagan holda so‘zlaming 
to‘g‘ri tartibini qo‘llashni o‘rganishda yordam beradigan mashqlarga 
alohida e’tibomi qaratish zarur.
Muhimi, bolada gap tarkibi haqida va har xil turdagi gaplarda 
leksikadan to‘g‘ri foydalanish haqida oddiy tasawurlar shakllansin. 
Buning uchun bolalarga gapda so‘zlami biriktirishning turli usullarini, 
so‘zlar o‘rtasidagi ayrim mazmunli va grammatik bog‘liqliklardan 
foydalanishni hamda gapni intonatsion jihatdan rasmiylashtirishni 
o‘rgatish zarur.
Shunday qilib, nutqning grammatik tizimini shakllantirish ja­
rayonida sintaktik birliklar 'bilan amallar bajarish ko‘nikmasi shakl- 
lanadi, muayyan muloqot sharoitida va ravon monologik fikrlami 
tuzish jarayonida til vositalarini ongli ravishda tanlash ta’minlanadi.
Bola tilining grammatik tizimini shakllantirish uning nutqi (tili) 
rivojlanishining umumiy oqimida ro‘y berishi lozim; pedagogik 
rahbarlik shakllari va metodlari umumiy nutqiy rivojlanishning 
bosqichma-bosqich xususiyatga egaligini, eng awalo dialog 
va monologni, so‘zgacha bo'lgan mazmunli-semantik tizimdan 
vaziyatga oid ixtiyoriy iborali nutqqa o‘tish (keyinchalik dialog va 
monolog rivojlanadi), bolalaming nutqiy havaskorligi sohasi sifatida 
tengdoshlar bilan muloqotning dialogik shakllarini o‘zlashtirishni 
hisobga olishi lozim.
176


2. Gram m atik ko‘nikmalarni shakllantirish usullari va
yo‘llari. Maktabgacha katta yoshda nutqning grammatik to‘g‘riligini 
shakllantirish nutqqa nisbatan tanqidiy munosabat paydo bo‘lishi 
hamda rivojlanishi, aniq va to‘g‘ri so‘zlashga intilish bilan bog‘liq. 
To4 g‘ri so'zlashga intilish grammatikaning barcha sohalari - mor- 
fologiyada (aniq shakl hosil qilishda, shakllaming turli-tumanligini 
o‘zlashtirishda: stollar, stullar, qavatlar va boshq.), so‘z hosil qilish­
da, (non uchun - nondon, tuz uchun tuzdon va boshq.) sintaksisda 
(og‘zaki nutq qurilmasini yengib o‘tish va bog'lovchisini ko‘p marta 
qo‘llash orqali gapni cho‘zib yuborish, bitta gapda to‘g‘ri va bilvosita 
nutqni aralashtirib yuborish va boshq.) ko‘zga tashlanadi. Nutqning 
grammatik to‘g‘riligiga intiUsh ko‘proq yetti yoshli bolalarga xosdir. 
Besh yoshli bolakay hali ham grammatik shakllar ustida zavq bilan 
mashq qiladi va aynan mana shu so‘z bilan mashqlar kelajakda gram­
matik jihatdan to‘g‘ri ifodalangan nutq uchun poydevor yaratadi.
Grammatika sohasidagi kamchiliklar shundan iboratki, bunda bo­
lalar so‘zlami rodda noto‘g‘ri moslashtirdilar (

Yüklə 2,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   266




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin