Babayeva d. R


  Bolalar autqini rivojlatirishning tashkiliy pedagogik va



Yüklə 2,89 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə32/266
tarix18.09.2023
ölçüsü2,89 Mb.
#145152
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   266
Nutq o\'stirish nazariyasi va metodikasi. Babayeva D.R

3. 
Bolalar autqini rivojlatirishning tashkiliy pedagogik va
metodik ishlarr. 
Maktabgacha katta yoshdagi bolalar nutqini rivoj­
lantirishda nutqni tuza bilish darajasini ko‘tarish maktabgacha ta’lim 
tizimi metodistl iri oldidagi asosiy vazifalardandir. Shuni hisobga ol- 
gan holda tevarak-atrofni o‘rganishda maktabgacha tarbiya yoshidagi 
kafta bolalamin $ nutqini rivojlantirish muammosiga oid tadqiqotni 
nutqni rivojlantiiishni ta’minlaydigan omillami aniqlashdan boshlash 
. maqsadga muvciqdir.
Maktabgacha katta yoshdagi bolalar nutqini rivojlantirishning 
yuqori darajasig i quyidagilar evaziga erishilishi mumkin ekan:
- tilning adabiy me’yorlari va qoidalaridan xabardorlik;
- o‘z fikr-malohazalarini erkin bayon eta olish;
- muloqotga kira bilish, kattalar va tengdoshlar bilan muomala 
qila olish;
- suhbatdoshni tinglay bilish, so‘rash (savollami to‘g‘ri bera 
olish), javob berish, e’tiroz bildirish, zarur bo‘lganda esa tushuntirish, 
izohlash.
Maktabgacha katta yoshdagi bolalar nutqini o‘stirishda nutq- 
dialogik va monologik nutqni rivojlantirishga alohida e’tibor berish 
zarur bo‘ladi 
(1-jadvat).
Maktabgacha katta yoshdagi bolalar dialogik nutqni nisbatan oson 
o‘rganadilar. Bu quyidagilar bilan ifodalanadi: bolalar uyda, bolalar 
bog‘chasida doimo dialogik nutqni eshitadi. Bundan tashqari, bolalar 
o‘zaro muloqotda bo‘lib, asosan dialogik nutqdan foydalanadilar.
54


1-jadval
Metodik adabiyotlarda bayon qilinishicha, adabiy til negizida aso- 
ean monologik nutq yotadi. Shuning uchun ham nutqni rivojlantirish 
ta’lim-tarbiya tizimida muhim ahamiyat kasb etadi.
Monologik nutq, muayyan mavzuga oid mantiqiy izchil gaplar 
shaklida ifodalangan hamda boshqalarga ta’sir ko‘rsatish uchun 
yo‘nalt>xilgan fikrlar (tovushlar)ning uyushgan tizimini namoyon 
etadi.
Bok uchun monologik nutq, shubhasiz, psixologik jihatdan mu- 
rakkab hisoblanadi. Gap shundaki, maktabgacha katta yoshdagi bola 
monologik nutqqa tayyorgarlik jarayonida, shuni tushunadiki, ting- 
lovchilar (boshqalar) uning aytayotgan fikr-mulohazalaridan qanday- 
dir qiziqarli narsani bilishni istaydilar. Bola intuitiv tarzda bo‘lsada, 
monologik nutq rejasini mantiqan tuzish, maqsadini bayon etishga 
oid iboralami to‘g‘ri tanlash, gap tuzish, tovushlami to‘g‘ri talaffuz 
qilishga harakat qiladi.
Noqulay psixologik sharoit maktabgacha katta yoshdagi bo­
laga 
shunday muhit yaratadiki, uning o‘zi bayon qilmoqchi bo‘lgan 
so‘z, ibora, gap ma’nosini tushunib yetmaslik bilan bog‘liq bo‘lgan 
«noqulaylik»ni his etadi.
Haqiqatan ham monologik nutq tinglovchiga maroqli va tushu- 
narli bo‘lishi uchun maktabgacha katta yoshdagi bola, awalo, xotira 
va mantiqiy fikrlashga tayanmog‘i lozim.

Yüklə 2,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   266




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin