Babayeva d. R


Nutq o‘stirish nazariyasi va metodikasi fanining  obyekti -



Yüklə 2,89 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə31/266
tarix18.09.2023
ölçüsü2,89 Mb.
#145152
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   266
Nutq o\'stirish nazariyasi va metodikasi. Babayeva D.R

52


Nutq o‘stirish nazariyasi va metodikasi fanining 
obyekti -
yaxlit 
maktabgacha ta’lim jarayon.
Nutq о‘stirish nazariyasi va metodikasi fanining 
predmeti -
mak­
tabgacha ta’lim-tarbiya jarayoni, mazmuni, qonuniyatlari, shakl, 
metod va vositalari.
Nutq o‘stirish nazariyasi va m etodikasi fanining m aqsadi
- maktabgacha yoshdagi bolalarda og‘zaki nutqni rivojlantirish 
tamoyillari, unga qo‘yilgan talablar, usullari, shakllari, nutqni 
rivojlantirish muammolari, barkamol avlod tarbiyasida nutqni 
to‘g‘ri shakllantirish yo‘llari va ish samaradorligi. Zamonaviy 
pedagogik texnologiya. Ta’lim-tarbiya jarayonini ilmiy asosda 
tashkil etish, va uning tamoyillari, qonuniyatlari. Maktabgacha 
yoshda bo‘lgan bolalarda og‘zaki nutqni rivojlantirish ishiga 
tayyorlashdan iboratdir.
Nutq o‘stirish nazariyasi va metodikasi fanining vazifalari
• 
maktabgacha yoshdagi bolalarda turli yosh bosqichlaridagi 
nutq rivojini ko‘ra olish va tushunish qobiliyatini shakllantirish;
• 
bola nutqiga ta’sir ko‘rsatishning eng samarali yo‘lini to‘g‘ri 
tanlash va bolaning nafaqat yoshini, balki uning о‘ziga xos xususi­
yatlarini hisobga olgan holda o‘zaro birgalikda harakat qilish hamda 
olingan natijani tahlil qilish;
• 
bolalar nutqining turli jihatlarini rivojlantirish, aniq uslublari 
va usullari haqidagi bilimlar o‘zlashtirilishini hamda ulaming didak­
tik nutq muloqotlari paytida qo‘llay olinishini ta’minlash;
• 
uslubiy adabiyotlami tanqidiy tahlil qilgan holda maktabga­
cha yoshda bo‘lgan bola nutqiga ta’sir ko‘rsatishning o‘ziga xos usul­
lari va uslublarini yaratishga intilishni rag‘batlantirish.
Nutqni rivojlantirish metodikasining asosiy mazmuni - bo­
lalarda og‘zaki nutqni, uning atrofdagilar bilan nutqiy muloqoti 
ko‘nikmalarini shakllantirishdir. Nutqni rivojlantirish metodikasi 
quyidagi asosiy savollarga javob topish imkonini beradi: nimani 
o ‘qitish (bolalarda qanday nutqiy ko‘nikmalami tarbiyalash), qan­
day o‘qitish (bolalar nutqini shakllantirishda qanday sharoitlarda 
qaysi metod va usullardan foydalanish lozim), nega endi aynan
53


shunday o ‘qitish zarur (nutqni rivojlantirishning taklif etilayotgan 
usullari nazariya va amaliyotning qaysi m a’lumotlariga asoslan- 
moqda). Nutqni rivojlantirish metodikasi har qanday rivojlanish- 
ning umumiy shakllari, tomonlari va o‘zaro bog‘liqligini aks et- 
tiradigan dialektika qonunlari va toifalariga tayanadi.
Til - tarixiy va o‘zgaruvchan hodisadir. Har bir xalq, millat, 
elat va odamlar qabilasi o ‘z tiliga egadir. Har bir xalqning tilida 
mazkur jamiyatning tarixiy rivojlanish jarayoni, uning turmush 
sharoiti, ijtimoiy hayotidagi o‘zgarishlar va yangilanishlar, ijti- 
moiy-mehnat fioliyatidagi yangi kashfiyotlar va erishilgan nati- 
jalari aks etgan.

Yüklə 2,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   266




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin