O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
JIZZAX DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
“Tasdiqlayman”
Jizzax davlat pedagogika universiteti
rektori prof. Sh.S.Sharipov ________________________
2022 yil “____” _________
Bolalar nutqini o‘stirish nazariyasi va texnologiyalari
3-semestr – 60 soat
120
300
ma’ruza 30 soat
Seminar 30 soat
4-semestr 90 soat
ma’ruza 30 soat
seminar 60 soat
2.
Fanning mazmuni – O‘zbekiston Respublikasi ta’lim tizimida o‘z fikrini ta’sirchan yetkazishda tushunarli, mantiqiy, aniq, ravon nutqqa ega bo‘lgan kadrlarni tayyorlash kabi masalalar dolzarb bo‘lib kelmoqda. Ushbu dastur maktabgacha ta’lim tizimida, bolalalr nutqni o‘stirishninig nazariy asoslari, bolalarni ona tiliga o‘rgatishning psixolingvistik, lingvodidaktik asoslarini o‘zlashtirish, o‘z fikrini ta’sirchan yetkazish, tushunarli, mantiqiy, aniq, ravon nutqqa ega bo‘lish, boshqa kishilar bilan muloqot qila olishi masalalari yoritilgan hamda maktabgacha yoshdagi bolalar nutqini shakllantirish mezonlari, tamoyillari uning maqsadi, vazifasi, usullari, shakllari shuningdek, maktabgacha yoshdagi bolalar nutq rivojlanishiga metodik yondoshuv usullari yoritilgan.
Fannio‘qitishningmaqsadi–maktabgacha yoshdagi bolalarda og‘zaki nutqni rivojlantirish tamoyillari, unga qo‘yilgan talablar, usullari, shakllari, nutqni rivojlantirish muammolari, barkamol avlod tarbiyasida nutqni to‘g‘ri shkllantirish yo‘llari va ish samaradorligi. Zamonaviy pedagogik texnologiya. Ta’lim-tarbiya jarayonini ilmiy asosda tashkil etish va uning tamoyillari, qonuniyatlari. Maktabgacha yoshda bo‘lgan bolalarda og‘zaki nutqni rivojlantirish ishiga tayyorlashdan iboratdir.
Fanni o‘qitishning vazifalari – maktabgacha yoshdagi bolalarda bolalar nutqini o‘stirish vazifalari:
-maktabgacha yoshdagi bolalarda turli yosh bosqichlaridagi nutq rivojini ko‘ra olish va tushunish qobiliyatini shakllantirish;
-bola nutqiga ta’sir ko‘rsatishning eng samarali yo‘lini to‘g‘ri tanlash va bolaning nafaqat yoshini, balki uning o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda o‘zaro birgalikda harakat qilish hamda olingan natijani tahlil qilish;
-bolalar nutqining turli jihatlarini rivojlantirish, aniq uslublari va usullari haqidagi bilimlar o‘zlashtirilishini hamda ularning didaktik nutq muloqotlari paytida qo‘llay olinishini ta’minlash;
-uslubiy adabiyotlarni tanqidiy tahlil qilgan holda maktabgacha yoshda bo‘lgan bola nutqiga ta’sir ko‘rsatishning o‘ziga xos usullari va uslublarini yaratishga intilishni rag‘batlantirish.