Babayeva d. R



Yüklə 2,89 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə95/266
tarix18.09.2023
ölçüsü2,89 Mb.
#145152
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   266
Nutq o\'stirish nazariyasi va metodikasi. Babayeva D.R

tikulatsion apparat.
1. 
Nutqning tovush madaniyati tushunchasi. 
Maktabgacha 
ta’lim yoshidagi bolalarning nutqini rivojlantirish alohida ahamiyatga 
ega. 
Inson o‘z fikrlarini ifodalash va boshqalaming fikrlarini tushunish 
uchun ona tilidan foydalanadi. Nutqni egallash bolaga bevosita va 
bilvosita (hikoya, badiiy asar, tarbiyachining tushuntirish va boshqa- 
lar) yo‘l bilan borliq haqida bilimlar hosil qilishga imkon beradi. 
Maktabgacha ta’lim muassasasida lug‘at boyligini oshirish, so‘zning 
grammatik tuzilishini shakllantirish, bog‘laiushli nutqni rivojlantirish 
vazifalari hal etiladi.
Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarda nutq madaniyatini rivoj­
lantirishga doir quyidagi vazifalami muvafaqqiyatli hal etish lozim:
1) tovushlami to‘g‘ri talaffuz qilishni shakllantirish (bolada av- 
valo, nutqni eshitish shakllanadi, keyinroq talaffuzni egallaydi);
2) aniq talaffuzni hosil qilish (so‘z va so‘z birikmalarini dona- 
dona va aniq talaffuz qilish);
3) so‘zni talaffuz qilganda urg‘uni to‘g‘ri qo‘yish ustida ishlash;
4) nutqni orfoepik jihatdan to‘g‘riligi ustida ishlash;
5) nutq sur’atini rivojlantirish;
6) nutqning ifodaliligini shakllantirish;
7) nutqiy aloqa ko‘nikmalarini shakllantirish;
8) nutqiy eshitish ko‘nikmalarini shakllantirish;
9) nutqiy nafas olishni shakllantirish;
10) o‘z fikrini erkin va izchil bayon etish ko‘nikmasini shakllantirish.
165


Maktabgacha yoshdagi bolalaming nutqini rivojlantirish xilma-xil 
faoliyat turlarida amalga oshadi:
1) tabiat obyektlari bilan tanishtirish mashg‘ulotlarida;
2) badiiy asarlar bilan tanishtirish mashg‘ulotlarida;
3) savodga o'rgatishda;
4) o‘yin faoliyatida;
5) ijtimoiy foydali mehnat jarayonida turli ishlami bajarish asosida.
Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalaming nutqini rivojlantirish
quyidagi qonuniyatlami hisobga olishni talab etadi:
1) ona tilida nutqni idrok etish qobiliyati bola nutq organlarining 
mashqiga bog‘liq;
2)
nutq ma’nosini tushunish bola tomonidan umumlashti- 
rishning turli darajasining leksik va grammatik til belgilari 
o‘zlashtirilishiga bog‘liq;
3) nutq me’yorini o‘zlashtirish bolada tilni his etishning rivojlan- 
ganligiga bog‘liq.

iuningdek, maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalar nutqini 
rivojlantirishda tovush madaniyati alohida o‘rin tutadi. Nutqning 
tovu:.h paadaniyati o‘z mohiyatiga ko‘ra nutq madaniyatining 
tarki oiy.qismidir.
Maktabgacha yoshdagi bolalarda nutqning tovush madaniyatini 
shakllantirish uchun quyidagi vazifalami hal etish lozim:
1) bolalaming fonematik eshitishi, mazkur sur’at va ohangni 
idrok eta olish qobiliyatini asta-sekin rivojlantirib borish;
2) artikulatsion apparatni rivojlantirish;
3) iboralar vositasida erkin gapira olish qobiliyatini shakllan­
tirish;
4) muomala sharoitiga bog‘liq ravishda ovoz balandligi yoki 
pastligini boshqara olishni tarbiyalash;
5) ona tilidagi barcha tovushlami to‘g‘ri talaffuz qilishga 
о‘rgatish;
6) har bir tovush, shuningdek, so‘z va iboralami aniq va ravon 
talaffuz qilish;
7) so‘zlami adabiy til orpoefiyasi qoidalariga muvofiq talaffuz 
qilishga o‘rgatib borish;
166


8) nutqning maromli sur’atini shakllantirish;
9) nutqning ohangdor va ifodali bo‘lishiga erishish20.
Nutqning tovush madaniyatini shakllantirish bolalarning bog‘lanishli
nutqini rivojlantirishda muhimdir. Bolalar ko‘pincha s-z, p-f, p-b, u-o‘, 

Yüklə 2,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   266




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin