Babayeva d. R


  Соловьева О.И. Методика развития речи и обучения родному языку в



Yüklə 2,89 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə91/266
tarix18.09.2023
ölçüsü2,89 Mb.
#145152
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   266
Nutq o\'stirish nazariyasi va metodikasi. Babayeva D.R

19 
Соловьева О.И. Методика развития речи и обучения родному языку в
детском саду. 3-нашр. -М ., 1966.-Стр. 50-51.
160


vaznni his qilish, tovush kuchini sezishni rivojlantiradi, bu esa kelgu- 
sida musiqa tinglash qobiliyatini rivojlantirishga ham ta’sir ko‘rsatadi.
Nutq intonatsiyasi, tovushning ifodaliligi ustidagi ishlar bolalar­
ning bildirilayotgan fikrga nisbatan, matndan kelib chiqqan holda, 
ovozini balandlatib yoki pasaytirib, talaffuz qilinayotgan matn- 
ga mantiqiy va emotsional urg‘u berish orqali o‘z munosabatini 
bildirishni o‘rganishlari uchun zarur. Buning uchun pedagog tegishli 
topshiriqlardan ko‘proq foydalanishi lozim. Aynan ushbu qobiliyat- 
lar bolaga turlicha intonatsion ifodalashni talab qiluvchi turli xildagi 
ravon fikrlami tuzish - hikoya qilish, tasvirlash, mulohaza yuritish 
uchun zarur bo‘ladi.
Tarbiyachi nutqning tovush jihatini rivojlantirar ekan, bolaga 
fikrkming predmet, fikr bildirish mavzusi va tinglovchilardan kelib 
chiqqan holda kommunikatsiya maqsadlari va shartlariga mos ke­
lishini hisobga olishni o‘rgatishi lozim.
Nutqning past-balandligi o‘rinli bo‘lishi, tezligi esa atrofdagi 
muhttga va fikming maqsadiga mos kelishi lozim. Yaxshi, to‘g‘ri 
nutqning muhim ko‘rsatkichi bo‘lib uning ravonligi hisoblanadi.
Artikulatsion va intonatsion qobiliyatning uzviy bog‘liqligi keng 
ma’nodagi tinglash va artikulatsion-talaffuz ko‘nikmalarini shakl- 
lantirishni nazarda tutadi.
Ish jarayonida tarbiyachi bolalarga so‘zning tovush tarkibini, 
so‘zdagi urg‘u o ‘rnini tinglab, aniqlay olishga, qofiya va vazn­
ni his qilish tuyg‘usini rivojlantirishga, aniq talaffuzni, so‘zlar, 
iboralar, gaplaming turli intonatsion tavsiflarini bera olish qobili­
yatini shakllantirishga yordam beradigan mashqlardan foydalani­
shi zarur.
Bu murakkab nutqiy ko‘nikmalarni shakllantirish fonetik 
mashqlarni takrorlashni, ularni muntazam ravishda o‘tkazishni ta­
lab qiladi.
Har bir nutqiy vazifa ustidagi ishlaming ustuvor yo‘nalishlarini 
ajratar ekanmiz, ulaming barchasi o‘zaro bog‘liqlikda va yaqin o‘zaro 
hamkorlikda ishtirok etishini ta’kidlash lozim.
Ravon nutqni rivojlantirish asosida turli aloqa vositalaridan 
(so‘zlar, gaplar, matn qismlari o‘rtasida) foydalanish, turli toifadagi
161


raatnlar - tasvirlash, bayon qilish, mulohaza yuritish tuzilmasi haqi­
dagi tasawurlami shakllantirish qobiliyatini o‘rgatish yotadi.
Lug‘atni rivojlantirishda so‘zning mazmuni ustidagi ishlar dast­
labki o‘ringa chiqadi, chunki aynan so‘zlami matnga muvofiq holda 
semantik tanlab olish (ko‘p ma’noli so‘zlar mazmunini ochib berish, 
sinonimik va antonimik taqqoslash) til va nutq hodisalarmi anglab 
yetishni shakllantiradi.

Yüklə 2,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   266




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin