Bahorni qarshilab



Yüklə 0,95 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/20
tarix23.10.2022
ölçüsü0,95 Mb.
#65986
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
Saida Zunnunova. Bahorni qarshilab (2021)

DARYO BO‘YIDA
Bir yonda charxpalak aylanar sekin,
Ko‘zalar suv to‘kar yog‘och ariqqa.
Bir tomonda motor patillar yakka,
Daryoni shimirib sug‘orar ekin.
Bobolarning o‘tkir va lekin sodda
Zehniga sukutda men bo‘lib maftun.
Nafasiga quloq solsam bugunning:
Shiddatkor, talabchan, sezgir g‘oyatda.
1970 
* * *
Nechog‘lik ma’sumdir go‘dak chehrasi,
Hali gard yuqmagan pokiza ko‘ngil.
Xo‘mraysang qo‘rqadi, kuladi kulsang,
Oftob va shabnamda yuvilgan bir gul.
U shundoq tug‘ildi, murg‘ak dilida,
Na gina­kudurat, na yovuz armon.
Ulg‘aygach, kim bo‘lar yurt­u elida,
Yaxshilik yo‘lida bo‘larmi darmon?!
Hozir u qiyqirib ko‘ngil xushlaydi,
Suyukli, ardoqli hozir nechog‘liq.
Uni kim kuzatar, kim qarshilaydi,
Bundan keyingisi shularga bog‘liq.
1970 
www.ziyouz.com kutubxonasi


Saida ZUNNUNOVA
114
* * *
Yer uzra qo‘ndi oqshom,
Oy shu’lasi bir mayin.
Kel, oppog‘im, kel, erkam,
Men seni allalayin.
Dudog‘ing guldan xushbo‘y,
Yuzlaring undan xushro‘y.
Kel, oppog‘im, bag‘rimga
Jajji boshginangni qo‘y.
Tovuq uxlar qo‘noqda,
Shamol tingan butoqda.
O‘t­o‘lanlar jimgina
Orom olar o‘tloqda.
Yulduz charaqlayapti,
Oy ham yaraqlayapti.
Qizcha uxladimi, deb,
Mendan so‘roqlayapti.
Yer uzra qo‘ndi oqshom,
Oy shu’lasi bir mayin.
Kel, oppog‘im, kel, erkam,
Men seni allalayin.
1970
www.ziyouz.com kutubxonasi


BAHORNI QARSHILAB
115
* * *
Qariya aqlidek kuzning osmoni,
Yaproqlar quyuni xotirasidek.
Go‘yo oxirlatib bahor dostonin,
O‘zi qaylardadir o‘tiribdi tek.
Gavjum sohillar ham bugun tinch, ma’yus,
Oftobdan sarg‘aymish maysalar uchi.
Atrofga o‘t qo‘yib yuborgandek kuz,
Nazarimda yonar daraxtlar ichi.
Talangan karvondek bog‘lar ham g‘arib,
Muzdek yellar endi ularga hamdam.
Go‘yo vujudimda ruhim ham horib,
So‘roqqa tutadi meni ushbu dam.
Bahor esga tushar – ilk muhabbating,
Imlab adashtirgan kamalak izlar...
Endi ular sunbula suvidek tingan,
Hisobot so‘raydi ulg‘aygan hislar.
Atrofda kuz kezar o‘ychan va sokin,
Umringga bir nazar etmoqqa qistar.
Xazon yomg‘irida kezaman sekin,
Hayotimda bir cho‘g‘, bir nurni istab.
1970
www.ziyouz.com kutubxonasi


Saida ZUNNUNOVA
116
* * *
Tinim yo‘q, qo‘nim yo‘q bu olamda hech,
Tinim yo‘q, qo‘nim yo‘q yer­u samoda.
Tinim yo‘q menda ham na erta, na kech,
Kunlardan goh shodman, gohida dog‘da.
Ba’zida chindan ham bir globusdek
Jahon joy bo‘ladi qorachig‘imga.
Ba’zan Tupolev*ning xayollaridek
Otashin bir qudrat qalqir ichimda.
Xayolni tutguvchi soqchilar qayda,
Xayol bilganmikan hech qachon sarhad?
Ishim bor har yurtda va hamma joyda,
Menga odam bo‘lsa bo‘lgani faqat.
Odam bo‘lsa faqat mehrigiyoli,
Kiygani zarmi yo juldur jandami.
Orzuda imlagan totli iqboldek,
Labiga qo‘ndirib o‘tsam xandani.
Odam bo‘lsa faqat mehrigiyoli,
Yovuzlikka isyon bo‘lib yashasa.
Navro‘zgi bir tutam subh shamolidek
Yuz­u ko‘zlariga ruh bag‘ishlasam.
Hislarga na din­u, na tillar to‘siq,
Urf­u odatlar ham berolmas bardosh.
Baribir tushungim kim shod, kim o‘ksik,
Dunyoda bir xildir kulgi va ko‘z yosh.
1970
*Tupolev – аviakonstruktor
www.ziyouz.com kutubxonasi


BAHORNI QARSHILAB
117
* * *
So‘ppaygan gilosning chayir kaftida
Hurpaygan bir uya turar huvillab.
Goh ivib tushgundek yomg‘ir zabtidan,
Goh shamol beayov siltar guvillab.
Chol ma’yus boqadi unga damo­dam,
Qisilgan ko‘zlarda mungli bir xayol.
Yoki xayollari qushlarga hamdam,
Sayrab uchishlarin eslar ehtimol.
Tomosha qilgandir, balki entikib,
Uchirma qilganda polaponlarin.
Endi ma’yus turar nigohin tikib,
Tashlab qayga ketdi ular inlarin.
Bitta musicha ham sovuqdan behol,
Ma’yus termiladi inga bo‘g‘otdan.
Balki sarin yellar erkalab xushhol,
Yashil barglar ichra uni uyg‘otgan.
Men ham kuzataman ularni zimdan,
Gʻalati hissiyot – chuvalar o‘yim.
Shunaqa, farzandlar qadim­qadimdan
Tarqab, tashlab ketar otalar uyin...
1970
www.ziyouz.com kutubxonasi


Saida ZUNNUNOVA
118
* * *
Onangni sevgin, deb o‘rgatmoq g‘alat,
Xoin qalb shu so‘zdan o‘nglanarmidi?
Sut bilan kirmagan bo‘lsa muhabbat,
Nomusni bilarmi, to‘lg‘anarmidi?
Jonidan jon olib, qirqib umrini,
Husnini o‘g‘irlab qochguchi bola
Koshki bir onaning bo‘lsaykan sho‘ri...
U hammaning sho‘ri, hammaga balo.
Novvot ichidagi ipmidi ona,
Shimib­shimib tuflab tashlasang loqayd.
Qalb emas, hattoki darz tushar toshga,
Uning ko‘zlariga o‘kinch qo‘ngan payt.
Onangni sevgin, deb o‘rgatmoq g‘alat,
Andisha soladi tanamga titroq.
Odam tug‘ilishining o‘zi muhabbat –
Bo‘lsa­yu, yuqmasa bu unga biroq –
Farzand atalarmi, derlarmi inson,
Soyalar kirarmi hech qachon safga.
Sevgisiz vujudda ne qilsin vijdon,
Bular arzimaydi nasihat, gapga.
1971
www.ziyouz.com kutubxonasi


BAHORNI QARSHILAB
119
* * *
Asrim nafasiga solaman quloq,
Goh notinch, goh mag‘rur va gohida lol.
Doim o‘y o‘ylashdan toqatlarim toq,
Bir chivin sharpasi keladi malol.
Mana, ellik yilki, non­nasibamiz
Do‘st­u yupunlardan darig‘ tutmadik.
Goh unda, goh bunda jarohat sizib
Bu olam taniga sog‘liq bitmadi.
Dunyo yasharmoqda husnga to‘lib,
Ammo go‘daklarning uyqusi notinch.
Televizor yonida bezovta bo‘lib,
Urushdan qo‘rqishib uxlarlar har kech.
Bizlarning bolalik boshqacha edi,
Kapron lentalarni bilmasakki ham
Buvilar ertakka xo‘p usta edi,
Uchar gilamlarda kezardik olam.
Oy­u yulduzlarning soxta jamoli,
Sehri ham yo‘qoldi ertak to‘qishga.
Qo‘ying bu yolg‘onni, deydilar kulib,
Barini bilishar, bari o‘qishgan.
Aql parmaladi yer­u osmonni,
Zakovati ochdi ko‘kka nurli yo‘l.
Taajjub, shunchalik qodir bu inson,
Hali qaylardadir bir notavon qul.
Asrim nafasiga solaman quloq,
Goh notinch, goh mag‘rur va gohida lol.
www.ziyouz.com kutubxonasi


Saida ZUNNUNOVA
120
Ba’zan o‘y o‘ylashdan toqatlarim toq,
Bir chivin sharpasi keladi malol
Va lekin haqqim yo‘q chekinmoqqa hech,
Loqaydlik jinoyat ushbu zamonda.
Shabnam toza bo‘lsin, el bo‘lsin deb tinch,
Muhabbat va g‘azab saqlagum qonda.
Qayerda tun bo‘lsa, bordik bo‘lib nur,
Shunga o‘rganganmiz, bo‘lmasmiz boshqa.
Asrim shiddatidan men baxtli, mag‘rur,
Jilmayib boqaman har tong quyoshga.
1971
* * *
Bir on to‘xtasa­chi uchqur bu damlar,
Bir on silkitmasa tezkor qanotin.
Qarishdan bir nafas tinchib odamlar,
Bir ongina tutsa mangulik otin.
Bu faqat mahsulsiz, afsusli xayol, –
Vaqtdek chavandozni jilovlabdi kim?
Ammo yelkasiga mushkul va malol
Yuklarni ortmoqdan turolmasmiz jim.
U hamon pishqirib yugurar biroq,
Nuqra bo‘lib sochga qo‘nar nafasi.
Insondan o‘ch olmoq bo‘lib chamasi
Tarang, tiniq yuzga botirar tirnoq.
1972
www.ziyouz.com kutubxonasi


BAHORNI QARSHILAB
121
YOZ
Saraton hansirar bog‘larda bugun,
Chalajon shabada ocholmaydi ko‘z.
Oltinrang yaproqdan ko‘tarib tugun,
Hali qayoqlarda tentiraydi kuz.
Quyosh uyg‘onadi tong shiddat bilan,
Vujud­nafasidan quyib nurini.
Ajib bir yengillik, ajib baxt bilan,
Dehqon yerga to‘kar yurak qo‘rini.
Toki jilva bilan tashrif qilsin kuz,
Nisholdadek toshsin paxta chanog‘i.
Toki bog‘lar husnin qilganda ko‘z­ko‘z,
Haqiqdek tovlansin olma yonog‘i.
Ifor qovunlarning ko‘tarib hidin,
Nimtatir shabada to‘ydirmay o‘tsin.
Toki oftob, terdan ko‘pchigan yerdan,
Kuz ko‘ngil uzolmay minnatdor ketsin.
1971
www.ziyouz.com kutubxonasi


Saida ZUNNUNOVA
122

Yüklə 0,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin