BAHORNI QARSHILAB
123
ONAJON
Yana bahor keldi taptaqir, siydam,
Ranglarsiz, gullarsiz men uchun bugun.
Ajinlar chizig‘i
ichida diydam,
Qalbimda o‘limning dastidan tugun.
Binafsha, lolalar shumshuk va g‘arib,
Dilga muzdek tegar, bermas hayajon.
Butun go‘zalliklar
sizni axtarib,
Izingizdan ketdimi, deyman, onajon.
Suvlarning qo‘shig‘i siz bilan ketmish,
Bo‘mbo‘sh bo‘lib qolmish go‘yo Andijon.
Nahot, bular endi totli bir o‘tmish,
Nahotki, siz yo‘qsiz endi, onajon.
Hushyorman, der edim o‘zimni o‘zim,
Bugun yuragimda ming bitta armon.
Bu
olamda neki ranjitmish sizni,
Bariga go‘yo bir men gunohkorman.
Siz aytgan allani aytib o‘turman,
Siz bergan yurakni mash’ala qilib.
Qaydaki, gumrohlik bo‘lsa tuturman,
Qo‘yurman odamlar yo‘liga ilib.
Yana yillar o‘tar, bahorlar balqir,
Yana ko‘zlarimda ranglanar gullar.
Qalbimni bitta o‘y kemirar, yulqir,
Yo‘q endi visolga eltguvchi yo‘llar.
Nahotki, siz yo‘qsiz endi, onajon...
1973
www.ziyouz.com kutubxonasi