Bajardi: 2-kurs 19. 01- guruh talabasi Olimjonova Muxlisa Qabul qildi



Yüklə 0,84 Mb.
səhifə3/20
tarix12.05.2022
ölçüsü0,84 Mb.
#57710
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
Bajardi 2-kurs 19. 01- guruh talabasi Olimjonova Muxlisa Qabul

Kurs ishining dolzarbligi: Yoshlarga ta’lim va tarbiya berishning murakkab vazifalarini hal etish o’qituvchining g’oyaviy e’tiqodi, kasb-mahoratiga, san’ati, iste’dodi va madaniyatiga hal qiluvchi darajada bog’liqdir. Ta’lim-tarbiya jarayonini to’g’ri tashkil etish uchun barcha mavjud imkoniyatlarini safarbar etish o’qituvchilarning birinchi navbatdagi vazifalaridan biridir. Matematika fani o’sib kelayotgan yosh avlodni kamol toptirishda o’quv fani sifatida keng imkoniyatlarga ega. U o’quvchi tafakkurini rivojlantirib, ularning aqlini peshlaydi, uni tartibga soladi, o’quvchilarda maqsadga yo’naltirganlik, mantiqiy fikrlash, topqirlik xislatlarini shakllantirib boradi. Shu bilan bir qatorda mulohazalarning to’g’ri, go’zal tuzilganligi, o’quvchilarni didli, go’zallikka ehtiyojli qilib tarbiyalab boradi.

Insoniyat kamoloti hayotning rivoji texnika va texnologiyalarning takomillashib borish asosida fanlar o’qitilishiga bo’lgan talablarini hisobga olgan holda maktab matematika kursini ularning zamonaviy rivoji bilan uyg’unlashtirish maktabda o’quvchilarga matematikani o’qitishdan ko’zda tutilgan asosiy maqsadlardan biridir. Matematika fani o’quvchilarni iroda, diqqatni to’plab olishni; qobiliyat va faollikni, tasavvurining rivojlangan bo’lishini talab eta borib, mustaqil, ma’suliyatli, mehnatsevar, intizomli va mantiqiy fikrlash hamda o’zining qarash va e’tiqodlarini dalillar asosida himoya qila olish ko’nikmalarini rivojlantirishni talab qiladi. Hozirgi zamon darsiga qo’yiladigan eng muhim talablardan biri har bir darsda tanlanadigan mavzuning ilmiy asoslangan bo’lishidir, ya’ni darsdan ko’zlangan maqsad hamda o’quvchilar imkoniyatini hisobga olgan holda mavzu xajmini belgilash uning murakkabligini aniqlash, avvalgi o’rganilgan mavzu bilan bog’lash, o’quvchilarga beriladigan topshiriq va mustaqil ishlarning ketma-ketligini aniqlash, darsda kerak bo’ladigan jihozlarni belgilash va qo’shimcha ko’rgazmali qurollar bilan boyitish, qo’shimcha axborot texnologiyalardan foydalangan holda muammoli vaziyatni yaratishdir. Dars davomida o’qituvchi o’quvchilarning jismoniy holatini, ijodkorligini, tez fikrlashlarini hisobga olishi kerak. Maktabda matematika fanini o’qitish jarayonida ilg’or pedagogik texnologiyalardan foydalanish–o’qitish samaradorligini oshirishning omillaridan biri sifatida yaqqol ko’zga ko’rinmoqda. Chunki o’qitishning ilg’or, nostandart (interfaol) shakllari-ta’lim-tarbiya masalalarini unumli yechishga, o’quvchilarning bilish faoliyatini kuchaytirishga qaratilgan o’quv mashg’ulotlarini takomillashtirish yo’llaridan biri. Matematika fanini o’qitishda o’quvchilarning hayotiy tasavvurlari bilan amaliy faoliyatlarini umumlashtira borib, matematik tushuncha va munosabatlarni ular tomonidan ongli o’zlashtirilishiga hamda hayotga tatbiq eta olishga intilish maqsadida quyidagi to’rtlikni shior qilib olganman. Ilmu fan taraqqiyoti biz uchun eng ustuvor sohalardan biridir. Bu sohada xizmat qiladigan odamlarning saviyasi, obro’si haqida g’amho’rlik qilishimiz ularning hayotimizga qo’shadigan hissasiga qarab e’tibor berishimiz shart. O’zining kelajagini o’ylaydigan jamiyat, davlat avvalambor o’z olimlarini , ilmziyo ahliga hizmat qilishi kerak, ularni yuksak darajaga ko’tarish lozim. (I.Karimov) XX-XXI asrda matematika barcha fanlarni rivojlanishiga asosiy turtki bo’lib qolmasdan ijtimoiy-iqtisodiy sohadagi rivojlanishini ma’lum bir modelini amalga oshiradigan aparat bo’lib xizmat qilmoqda. Hozirgi davrda deyarli barcha sohadagi ixtisoschilar, mutahassislar, Differensial tenglamadandan kelib chiqib amaliy ishlarni o’z sohalariga tadbiq qilmoqdalar.



Chunki matematik analizdan kelib chiqadigan amaliy ishlar matematika sohasida muhim ahamiyat kasb etmoqda. Matematika esa hozirgi kunda har bir sohada oliy o’quv yurtlarida, sanoat va ishlab chiqarishda, bank va turli xil amalga oshiriladigan ko’plab hisoblashlarda xizmat qilib kelmoqda.

Matematikaning qaysi sohasini olmang o’ziga xos tadbiqga ega.
matematik analiz va ushbu fanning tarkibiy qismi bo’lmish birinchi tur xosmas integrallar mavzusi matematika fanining eng muhim bo’limlaridan biri bo’lib, u nafaqat uning boshqa bo’limlarida o’zining salmog’li tadbig’iga ega bo’lmay balki variasion hisob, funksiyanal analiz, kompleks analiz oddiy differensial tenglama matematik fizika tenglamalar fanlarining rivojida ham katta hissaga ega. Shu bois ushbu predmetni talab darajasida o’zlashtirish va matematikaning boshqa sohalariga hamda xayotga tadbiq qilish katta ahamiyatga egadir.


Yüklə 0,84 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin