Bajardi: Komilov Asadbek Mavzu: Talab va taklif tahlili va asoslari Reja



Yüklə 8,99 Kb.
səhifə1/3
tarix27.12.2023
ölçüsü8,99 Kb.
#198710
  1   2   3
komilov 2

Andijonmashinasozlik instituti Iqtisodiyot fakulteti Buxgalteriya hisobi va auditi yonalishi K17-22 guruh talabasi Komilov Asadbekning Mikroiqtisodiyot fanidan Mustaqil ishi

Bajardi:Komilov Asadbek

Mavzu:Talab va taklif tahlili va asoslari

Reja:

Talab va Taklif

  • Talab va taklif — bozor iqtisodiyotining fundamental tushunchalari. Talab va taklif narxni shakllantiradi, shu bilan birga narx talab va taklif oʻrtasidagi nisbatni aniql
  • Talab — tovarning narxi va talab miqdori orasidagi munosabat bo‘lib, xaridorlarning muayyan vaqt davomida tovarni turli narxlarda qanchadan sotib olish imkoniyatlarini aniqlaydi[1].
  • Talab (tovarlar va xizmatlarga talab) — xaridor, isteʼmolchining bozorda muayyan tovarlarni, neʼmatlarni sotib olish istagi; bozorga chiqqan va pul imkoniyatlari bilan taʼminlangan ehtiyojlari. Ehtiyoj pul va narx vositasida talabga aylanadi. Rasman olganda talab isteʼmol kattaligi miqdoridir. Tovarlar dunyosidagi xilma-xillikka moye ravishda talab hosil boʻladi. Masalan, oziq-ovqat tovarlari, sanoat mollari, maishiy va ijtimoiy xizmatlarga boʻlgan talablar tovarlarga talab tuzilmasini tashkil etadi. Mazmuni va harakati jihatidan haqiqiy, oʻsayotgan, barqaror qondirilgan, qondirilishi kechiktirilgan, qondirilmagan, meʼyordagi va boshqa talablarga boʻlinadi. Har bir isteʼmolchining, yaʼni alohida shaxs, oila, korxona, firmaning biror tovar toʻplamiga yoki tovarlarga bildirilgan talablari yakka talab deyiladi. Muayyan tovarga yoki tovarlar toʻplamiga barcha xaridorlar bildirgan talab yigʻindisi bozor talabi, barcha bozorlarda barcha tovarlarga jamiyat miqiyosida bildirilgan ijtimoiy talab yalpi talab deyiladi.

Talab va Taklif elastiklii va uni hisoblash

  • Elastiklik tovar miqdori va narxi qanday absolyut birliklarda o’zgarishida emas, balki nisbiy o’zgarishlar bilan belgilanadi va u elastiklik koeffitsienti orqali ifodalanadi. U narx o’zgarishiga ko’ra va aholi daromadlari o’zgarishiga ko’ra hisoblanadi. Narx o’zgarishiga ko’ra elastiklik koeffitsienti
  • Bu erda Q tovar miqdori, P tovar narxi.
  • Elastiklik koeffitsienti tovar narxining bir foizga o’zgarishi talabni necha foiz o’zgarishini ko’rsatadi. Elastiklik koeffitsienti E 1 bo’lishi mumkin. Agarda elastiklik koeffitsienti 1 dan katta bo’lsa, talab elas-tik, kichik bo’lsa noelastik, birga teng bo’lsa yagona elastik talab bo’ladi.
  • Masalan, kostyum-shim 50 ming so’mligida 10 dona sotildi. Narxi 35 ming so’mga tushirilgach 20 dona sotilsin. U holda elastiklik koeffitsienti baho effekti
  • Talabning elastikligini aniqlashda asosiy diqqat qaratish zarur narsa bu umumiy tushum. Chunki elastiklik eng avvalo umumiy tushumni qanday o’zgarishini ifodalovchi ko’rsatkich sifatida zarur. Umumiy tushum narx bilan talab miqdorining ko’paytmasiga teng. Narx bilan talab miqdorining o’zgarishi natijasida umumiy tushum (daromad) o’zgaradi. Narxni o’zgarishi tufayli har bir sotilgan tovardan olinadigan daromadni o’zgarishi baho effekti deyiladi. Baho effekti narxi o’sishi natijasida umumiy tushumni oshiradi, aksincha narxni arzonlashuvi umumiy daromadni kamayishiga olib keladi. Lekin umumiy tushum sotilgan mahsulotning miqdoriga ham bog’liq. Umumiy tushum hajmini sotilgan mahsulot miqdori evaziga o’zgarishi miqdoriy effekt deb ataladi.

Yüklə 8,99 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin