I-Bob. “Bank hisobi” fanning maqsadi va vazifalari Reja:
1.1 “Bank hisobi, tahlil va audit” fanning maqsadi, predmeti va vazifalari. 1.2. Iqtisodiyotda bank hisobi, tahlil, auditning o’zaro va boshqa fanlar bilan bog‘liqligi. 1.3. Bank hisobi, tahlil va auditning banklar faoliyatida o’rni, ahamiyati.
1.1. “Bank hisobi” fanining maqsadi, predmeti va vazifalari Banklar har kuni bir necha yuz minglab operatsiyalarni amalga oshiradi va turli xil bank xizmatlarini ko‘rsatadi. Bularning barchasi banklarda buxgalteriya hisobida aks ettiriladi va tegishli hisobotlarda tahlil va qayd etiladi hamda auditorlik tekshiruvidan o’tkaziladi. Banklarda buxgalteriya hisobini yuritish va hisobotlarni tuzish nafaqat bank mijozlari va aholiga sifatli bank xizmatlarini ko‘rsatish, balki bank aksiyadorlari, kreditorlari, investorlari, mijozlari va davlat moliya muassasalarini zarur axborot bilan ta’minlash hamda bankning moliyaviy barqarorligi va iqtisodiy samaradorligini nazorat qilishda muhim o‘rin tutadi. Ayniqsa, keyingi yillarda mamlakatimiz bank tizimi buxgalteriya hisobini yuritish, mijozlarga bank xizmatlarini ko‘rsatish va hisobotlarni tayyorlash, ularni tahlili hamda auditini o’tkazishda juda ko’plab o‘zgarishlar va yangiliklar amalga oshirildi.
Fanni o‘qitishdan maqsad – talabalarda O‘zbekiston Respublikasi bank tizimi, banklarda buxgalteriya hisobini yuritilishi, bank auditini tashkil etish va amalga oshirish, undagi islohotlar va rivojlanish yo‘nalishlari, shuningdek dunyo bank tizimidagi sodir bo‘layotgan jarayonlar xususida aniq bilim va ko‘nikmalarni shakllantirish orqali tanlagan yo‘nalishiga bo‘lgan tassavur va qiziqishni oshirishdir.
Fanning vazifalari - talabalar uchun mutaxassislik fanlari mazmuni to‘g‘risida ma’lumot berish hamda ushbu fanlarning maqsadi, vazifalari, predmeti, boshqa iqtisodiy fanlar bilan aloqadorligi, ahamiyati, o‘qitish uslublari va baholash mezonlari xususida, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi bank tizimi va dunyo bank tizimidagi sodir bo‘layotgan jarayonlar to‘g‘risida chuqur va atroflicha bilim berish hisoblanadi.
“Bank hisobi, tahlil va audit” fani bakalavriatning “Bank hisobi va audit” ta’lim yo‘nalishida ta’lim oladigan talabalar uchun ixtisoslikka kirish fani hisoblanadi. Shu sababli, ushbu fanda “Bank hisobi va audit” ta’lim yo‘nalishi talabalariga O‘zbekiston Respublikasi bank tizimi, undagi islohotlar, hisob-kitoblar, bank buxgalteriya hisobini yurilishi va rivojlanish yo‘nalishlari, shuningdek dunyo bank tizimida sodir bo‘layotgan jarayonlar, o’zgarishlar xususida dastlabki nazariy va amaliy bilimlarni berish muhim ahamiyat kasb etadi.
“Bank hisobi, tahlil va audit” fani umum kasbiy fanlar blokiga kiritilgan kurs hisoblanib, uning 1-kursda o‘qitilishi maqsadga muvofiq. Mazkur fan mutaxassislik fanlarining nazariy va uslubiy asosini tashkil qilib, o‘z rivojida aniq yo‘nalishdagi iqtisodiy fanlar uchun zamin bo‘lib xizmat qiladi.
“Bank hisobi, tahlil va audit” fanining predmeti bo‘lib, bank faoliyati bilan bog’liq munosabatlar va uning turli operatsiyalari hisoblanadi. Ular “Bank hisobi, tahlil va audit” fanining o‘rganish ob’ekti bo‘lib hisoblanadi.
Har qanday fan o‘z ob’ektini ma’lum usullarni qo‘llash yordamida o‘rganadi. Bank faoliyati, undagi sir-sinoatlarni ilmiy asosda o‘rganish, tahlil qilishda “Bank hisobi, tahlil va audit” fani turli xil usul va metodlardan foydalanadi.
- Tizimli yondoshuv.
- Iqtisodiy matematik yondoshuv.
- Kuzatish usuli.
- Tajriba usuli.
- Taqqoslash va boshqalar.
“Bank hisobi, tahlil va audit” fanini o‘qitishda foydalaniladigan intrefaol ta’lim metodlar:
- Aqliy hujum metodi.
- Muammoli vaziyat metodi.
- Klaster metodi.
- Venn diogrammasi.
- Bumerang metodi.
- Munozara medtodi va boshqalar.
“Ta’lim to’g’risida” va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to’g’risoda”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlarini bajarish yuzasidan va oliy ma’lumotli yuqori malakali kadrlar tayyorlash, ta’limning uzluksizligi va davomiyligini ta’minlash, jahon ta’lim tizimiga qo‘shilish, shuningdek oliy ta’limning o‘quv-metodik va normativ-huquqiy bazasini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi 2001 yil 16 avgustdagi 343-sonli qarorni qabul qilgan.
Unga asosan:
1.Oliy ta’limning Davlat ta’lim standartini asosiy qoidalarga asosan, Oliy ta’limning Davlat ta’lim standarti va Oliy ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari klassifikatoriga muvofiq tasdiqlash.
2. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligiga oliy ta’lim muassasalariga ega bo‘lgan vazirliklar va idoralar bilan kelishgan holda:
- ta’lim sohalarining davlat ta’lim standartlarini, bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari uchun malaka talablari, o‘quv rejalari va fanlar dasturlarini ishlab chiqish va tasdiqlash, ular asosida darsliklar va o‘quv qo‘llanmalarining yangi avlodini yaratish;
- oliy ta’lim tizimi uchun normativ-huquqiy hujjatlarni, shu jumladan “Oliy ta’lim to‘g‘risidagi nizom” va “Oliy ta’lim muassasasining vasiylik kengashi to‘g‘risida”gi nizomni ishlab chiqish va tasdiqlash;
- Oliy ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari klassifikatoriga zaruriyat bo‘lganda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan kelishgan holda o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish;
- oliy va o‘rta maxsus ta’lim, kasb-hunar ta’limi kadrlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni muvofiqlashtirish nazarda tutilgan.
Oliy ta’limning Davlat ta’lim standartida quyidagi atamalar qo‘llaniladi: