Bank hisobi, tahlil va audit



Yüklə 37,94 Kb.
səhifə4/4
tarix17.06.2023
ölçüsü37,94 Kb.
#131679
1   2   3   4
I Bob “Bank hisobi” fanning maqsadi va vazifalari

O‘quv fanlari bloki — o‘quv rejalari va fanlar dasturlarining kadrlar tayyorlash jarayonida aniq maqsad va vazifalarga erishish uchun muayyan bilim sohasi yoki faoliyatning o‘zlashtirilishini ta’minlaydigan o‘quv fanlarini birlashtiruvchi tarkibiy qismi;
O‘quv rejasi — oliy ta’limning muayyan bakalavriat ta’lim yo‘nalishi yoki magistratura mutaxassisligi bo‘yicha o‘quv faoliyati turlari, o‘quv fanlari va kurslarining tarkibi, ularni o‘rganishning izchilligi va soatlardagi hajmini belgilaydigan hujjat;
O‘quv fani — ta’lim muassasasida o‘rganish uchun fan, texnika, san’at, ishlab chiqarish faoliyatining muayyan sohasidan saralab olingan bilimlar, o‘quv va ko‘nikmalar tizimi;
O‘quv yili — oliy ta’lim muassasasida bir ta’lim kursini yakunlashga mo‘ljallangan o‘quv faoliyati davri. O‘quv yili ikki kalendar yil bilan belgilanadi, masalan, 2018/2019 o/quv yili;
O‘quv semestri — oliy ta’lim muassasasida o‘quv yilining yarmini tashkil etuvchi o‘zaro bog‘langan fanlarning ma’lum majmuini o‘zlashtirishga mo‘ljallangan va ular bo‘yicha yakuniy nazorat bilan tugallanadigan qismi;
O‘quv fani dasturi — ta’lim mazmuni, uning talabalar tomonidan o‘zlashtirilishining eng maqbul usullari, axborot manbalari ko‘rsatilgan normativ hujjat;
Malaka amaliyoti — o‘quv jarayonining nazariy bilimlarni mustahkamlash, amaliy ko‘nikma va o‘quv hosil qilish, o‘quv rejalari va fanlar dasturlarning ma’lum (yakuniy) qismidagi mavzu bo‘yicha materiallar to‘plash uchun o‘tkaziladigan bir qismi;
Yakuniy davlat attestatsiyasi — bakalavr yoki magistr darajasiga qo‘yiladigan malaka talablariga muvofiq holda, ma’lum talab va tartibotlar vositasida (fanlar bo‘yicha davlat attestatsiyasi, bitiruv malakaviy ishi yoki magistrlik dissertatsiyasi himoyasi) bitiruvchi tomonidan oliy ta’lim o‘quv reja va dasturlarining bajarilishi sifatini baholash;
Klassifikator — oliy ma’lumotli kadrlar tayyorlash yo‘nalishlari va mutaxassisliklarining tizimlashtirilgan ro‘yxati. Unda oltita bilim sohasi nazarda tutilgan:
1. Gumanitar soha.
2. Ijtimoiy soha, iqtisod va huquq.
3. Ishlab chiqarish va texnik soha.
4. Qishloq va suv xo‘jaligi.
5. Sog‘liqni saqlash va ijtimoiy ta’minot.
6. Xizmatlar sohasi.
Klassifikatorda ta`lim bosqichlari, bilim va ta`lim sohalari, ta`lim yo`nalishlari va mutaxassisliklari yettita raqamli kod bilan belgilanadi:
X X X XX XX
Mutaxassislik kodi.
Yo`nalish kodi.
Ta`lim sohasi kodi.
Bilim sohasi kodi.
Talim dasturlari bosqichi kodi.


Yüklə 37,94 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin