Bank hisobi, tahlil va audit


I - darajali kapital quyidagilardan iborat



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə30/112
tarix14.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#177084
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   112
bank-hisobi-tahlil-va-audit-darslik

I - darajali kapital quyidagilardan iborat: 
-
to’liq to’langan va muomalaga chiqarilgan oddiy aktsiyalar
-
nokumulyativ muddatsiz imtiyozli aktsiyalar. Bu aktsiyalar: 
-
muayyan sotib olish sanasi va shartlariga ega emas;
-
egasining hoxishiga ko’ra sotib olinishi mumkin emas; 
-
bank aktsiyadorlari umumiy yig’ilishi qaroriga muvofiq ularga doir
dividendlar to’lanmasligi mumkin; 
-
ular bo’yicha o’tgan davrdagi olinmagan (nokumulyativ) dividendlar
to’lanmaydi; 
-
qo’shimcha kapital (kapitalning ortiqcha qismi) — oddiy va imtiyozli 
aktsiyalar bozor narxining ularning nominal qiymatidan oshib ketishi;
-
taqsimlanmagan foyda: 
-
kapital zaxiralar; 
-
avvalgi yillar taqsimlanmagan foydasi; 
-
joriy yil zararlari. 
Ozchilik 
aksiya 
egalarining 
birlashgan 
korxonalar 
aktsiyadorlik 
hisobvaraqlaridagi ulushi. Bu ulush sho’’ba korxonalari hisobvaraqlari bank 
moliyaviy hisobotlarida umumlashtirilganda va bank ulushi bunday korxonalar 
kapitalining 100 foizdan kam qismini tashkil qilganda vujudga keladi. 
Bankning ustav kapitalidagi valyuta qismiga teng bo’lgan valyuta aktivlarini 
qayta baholanish hisobiga tashkil etilgan devalvatsiya zahirasi. 
II - darajali kapital tarkibi esa quyidagilardan iborat: 
-
joriy yildagi sof foyda; 
-
riskni hisobga olgan holda aktivlar summasining 1,25 foizi va hisob-
kitoblardan so’ng I darajali 100 foizli kapitaldan oshmagan mikdordagi umumiy 
zahira; 
-
hisob-kitoblardan so’ng I darajali 100 foizli kapitaldan oshmagan miqdorda 
aralash turdagi majburiyatlar I darajali kapitalga kiritilmagan aralash turdagi 
majburiyatlar, jumladan, imtiyozli aktsiyalar agarda ular quyidagi shartlarga javob 
bersalar, II darajali kapitalga kiritilishi mumkin;


98 
-
to’liq to’langan bo’lishi kerak; 
-
garov bilan ta’minlanmagan; 
-
bank tugatilganda ularga doir talablar bank depozitorlari talablari 
qondirilganidan so’ng qondirilishi;
-
aksiya egasining tashabbusi bilan va oldindan olingan Markaziy bank 
ruxsatisiz to’lanishi mumkin emas; 
-
bankning har qanday zararlarini qoplashi va bankni to’lovga qobiliyatsiz deb 
e’lon qilish huquqini bermasligi; 
-
agar bank oxirgi 3 chorak mobaynida foyda olmagan bo’lsa, emitent 
hohishiga ko’ra yoki oddiy va imtiyozli aktsiyalar bo’yicha dividendlar to’lash 
to’g’risida qaror qabul qilishda ushbu majburiyatlarga doir dividendlarni to’lash 
muddati kechiktirilishi mumkinligi; 
-
Subordinar qarz, bu bankning qarz majburiyatlari shakli bo’lib, bank 
kapitalini aniqlash maqsadida hisob-kitoblardan so’ng I darajali kapitalning 50 
foizidan oshmasligi kerak.
II darajali kapitalga kiruvchi subordinar qarz to’lash muddati etib kelgunga 
qadar oxirgi 5 yil davomida yiliga 20 foizga kamayib borishi shart. II darajali 
kapital tarkibiga kiruvchi subordinar qarz quyidagi talablarga javob berishi lozim:
-
garov ta’minotiga ega bo’lmaslik;
-
bank tugatilayotganda ushbu majburiyatlar bo’yicha talablar depozitorlar 
talablari qondirilganidan so’ng amalga oshirilishi; 
-
boshlang’ich to’lov muddati 5 yildan ortiq bo’lishi lozim. 
Bank kapitalining bosh maqsadi – riskni kamaytirish, «himoya devori» 
sifatida zararlarni qoplab, bank to’lovga qobilligini saqlash imkonini berishdir. Shu 
bilan birga kapital bankni likvidlik muommasidan himoya qiladi va moliyaviy 
resurslar bozoriga kirish imkonini ta’minlaydi. Zero, yirik kapital bankka barqaror 
obro’, omonatchilar ishonchini beradi. Bank kapitali mijozlarning bankka 
ishonchini mustahkamlaydi va kreditorlarni 


99 
Xulosa qilib aytganda, bank kapitali - bu bank tijorat faoliyatining asosi 
bo’lib, uning mustaqilligini ta’minlaydi va moliyaviy barqarorligini kafolatlaydi 
hamda bank risklarining salbiy oqibatlarini engillashtiradi. 
Bank kapitali bank balansining passivida joylashgan bo’lib, bank bankrot 
holatiga tushganda da’volarni qoplashning muhim qoplash (zahira) fondi hamda 
bank operatsiyalarini rivojlanishi uchun moliyalashtirish manbasi bo’lib 
hisoblanadi.
Bank barqarorligini ta’minlash, xavf-xatarlarli qo’yilmalarni sug’urtalash 
hamda aktiv va passiv operatsiyalar orasidagi chegaralarni aniqlashda bank kapitali 
muhim asos hisoblanadi. 
Bank kapitali likvidlikning kafolatlangan manbasi bo’lib, u maksimal jalb 
qilish mumkin bo’lgan resurslarni aniqlaydi va kredit operatsiyalarini bajarishda 
maksimum qo’yish mumkin bo’lgan xatarni belgilaydi. 
Banklarining o’z mablag’lari bank balansining uchinchi bo’limida aks 
ettiriladi. Odatda ularni bank kapitali deb ham atashadi. 
Bank kapitali tarkibi quyidagilardan iboratdir: 
-
Ustav kapitali; 
-
Qo’shilgan kapital; 
-
Zahira kapitali; 
-
Joriy yilning sof foydasi; 
-
Taqsimlanmagan foyda; 
Yuqoridagilarning har biri uning manbalari hisobga olingan holda bir necha 
elementlardan tashkil topadi (ilova-3 O’zbekiston Respublikasi Banklarida 
buxgalteriya hisobining hisobvaraqlari rejasining uchinchi bo’limga qarang). 
Bankning ustav kapitali asosan uning oddiy va imtiyozli aktsiyalarini
sotishdan kelib tushgan mablag’lardan tashkil topadi. Qo’shilgan kapital bank 
aktsiyalarining real va nominal qiymatlari o’rtasidagi farqlardan tashkil topadi. 
Zahira kapitali bank daromadi hisobidan turli riskli aktivlarni qoplash uchun 
tashkil etilgan jamg’armalar, kichik korxonalarni imtiyozli kreditlash jamg’armasi, 


100 
asosiy vositalar bahosi boshlang’ich qiymatidan o’sgan qismi kabilardan tashkil 
topadi. 
Taqsimlanmagan foyda o’tgan yilgi olingan foydaning taqsimlanmagan qismi 
yoki ko’rilgan zararlar hamda joriy yilning foyda yoki zarari hisobidan tashkil 
topadi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   112




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin