· jismoniy va yuridik shaxslarning, shu jumladan vakil banklarning hisob varaqalarini ochish va yuritish hamda hisob varaqlar bo‘yicha hisob-kitob qilish
· jismoniy va yuridik shaxslarning, shu jumladan vakil banklarning hisob varaqalarini ochish va yuritish hamda hisob varaqlar bo‘yicha hisob-kitob qilish; · omonatlarni jalb qilish; · o‘z mablag‘lari va jalb qilingan mablag‘lar hisobidan o‘z nomidan kreditlar berish; · chet el valyutasini naqd pul va naqd bo‘lmagan pul shakllarida yuridik hamda jismoniy shaxslardan sotib olish, sotish va ayirboshlash; · pul mablag‘lari veksellar, to‘lov va hisob-kitob hujjatlarini inkasso qilish; · uchinchi shaxs nomidan majburiyatlarning bajarilishini nazarda tutuvchi kafolatlar berish; · uchinchi shaxs nomidan majburiyatlarning bajarilishini talab qilish huquqini olish; · qimmatli qog‘ozlarni chiqarish, xarid qilish, sotish, hisobni yuritish va saqlash, ularni boshqarish va boshqa operatsiyalarni bajarish; · davlat faoliyatini qo‘llab-quvvatlash; · kichik va o‘rta tadbirkorlikni kredit bilan ta’minlash; · trast xizmatlari - ishonch qog‘ozlar orqali mijozlar aktivlarini boshqarish; · faktoring xizmatlarni amalga oshirish; · moliyaviy lizingni bajarish; · iste’mol kreditini berish; · moliyaviy maslahat va axborot xizmatlarini bajarish; · naqd pul mablag‘larini boshqarish; · yuqori tavakkalchilikka ega kreditlar berish; · sug‘urta xizmatlarini sotish; · qimmatliklar bilan bo‘ladigan operatsiyalarda brokerlik xizmatlarini amalga oshirish; · investitsiya va boshqa xizmatlarni ado etish. Barcha zamonaviy banklar muomalaga pul chiqaradilar va kredit beradilar, ya’ni qarz oluvchining qarzini qaytarib berishi to‘g‘risida majburiyatini oladilar. Bu qanday amalga oshiriladi?
Ґozirgi vaqtda barcha yirik rivojlangan davlatlarda tovarlar va xizmatlar uchun olinadigan haq asosan chek ko‘rinishida bo‘ladi.
CHek hujjatlarining ikki turi mavjud:
Birinchisi, mijozga kredit berilganda, u oddiy vekselga imzo chekadi va o‘z o‘rnida bank unga talab qilib olinguncha depozit hisob varag‘ini ochadi. Qarzdorning oddiy vekseli pul hisoblanmaydi, undan tovarlar va xizmatlar uchun to‘lov sifatida foydalanish mumkin emas. Lekin bankning depoziti pul hisoblanib, undan mijoz xohlagan vaqtda xohlagancha sarf qilishi mumkin. SHunday qilib, bank qarz berib, o‘z mijoziga depozit ochib, muomalaga pul chiqaradi va mijoz undan erkin foydalana oladi.