Bank ishi va audit



Yüklə 246,79 Kb.
səhifə6/7
tarix06.04.2023
ölçüsü246,79 Kb.
#94134
1   2   3   4   5   6   7
tijorat banklarning to\'lov qobiliyati va uning mustahkamlash

5-jadval
2008–2012-yillar davomida tijorat banklari joriy likvidlik koeffitsiyentining belgilangan me’yorga nisbatan o‘zgarishi

Banklar

2008

2009

2010

2011

2012

Haqiqatda

Belgilangan me’yorga nisbatan farqi (+, –) marta

Haqiqatda

Belgilangan me’yorga nisbatan farqi (+, –) marta

Haqiqatda



Belgilangan me’yorga nisbatan farqi (+, –) marta

Haqiqatda

Belgilangan me’yorga nisbatan farqi (+, –) marta

Haqiqatda

Belgilangan me’yorga nisbatan farqi (+, –) marta

OATB «O‘zsanoat-qurilishbanki»

58,5%

1,95

83,5%

2,8

85,7%

2,9

80,7%

2,7

54,3%

1,8

DT «Xalq banki»

72,4%

2,4

68,4%

2,3

95%

3,2

75,6%

2,5

86,9%

2,9

DT «Xalq banki»da joriy likvidlik koeffitsiyenti 2008yilda 2.4 punktga, 2009-yilda 2,3 martaga, 2010-yilda 3,2 martaga, 2011-yilda 2,5 martaga va 2012-yilda 2,9 martaga oshgan.


OATB «O‘zsanoatqo‘rilishbanki»ning joriy likvidlik koeffitsiyenti tahlili natijaridan xulosa qilish mumkinki, mazkur bank yuqori likvidli hisoblanadi. Bu holatda omonatchilar va kreditorlarning manfaatlari har tomonlama himoyalangan. Ammo joriy likvidlik koeffitsiyentining haddan tashqari yuqori bo‘lishi bankda ortiqcha resusrlar muammosi mavjudligidan dalolat beradi. Mazkur muammo daromadlilik darajasini pasaytiradi va bu o‘z o‘rnida mazkur bank aksionerlarining talabiga javob bermaydi. OATB
«O‘zsanoatqurilishbanki»da joriy likvidlik koeffitsiyentining bunday tarzda ko‘payib ketishiga asosiy sabab kassa va boshqa kassa hujjatlari, O‘zR MBdan olinishi lozim bo‘lgan mablag‘lar hisob raqamlarida haddan tashqari pul mablag‘larining saqlanganligidandir. Jumladan, 2008-yilning 31-dekabr holatiga kassa hisob raqamlarida– 5 889,0 mln so‘m, O‘zMBdan olinishi lozim bo‘lgan hisob raqamlarda – 5 495,0 mln so‘m; 2009-yil 31-dekabr holatiga kassada – 20 569,2 mln so‘m, O‘zMBdan olinishi lozim bo‘lgan hisob raqamlarda – 9 927,7 mln so‘m; 2010-yil 31-dekabr holatiga kassada – 16 150,2 mln so‘m, O‘zMBdan olinishi lozim bo‘lgan hisob raqamlarda – 29 878,8 mln so‘m va hokazo.
O‘zbekiston Respublikasi DT Xalq bankida joriy likvidlik koeffitsiyentining tahlil natijalari ko‘rib chiqilganda mijozlar manfaati himoyalangan, lekin mazkur koeffitsiyentning belgilangan me’yordan o‘tib ketganligi ortiqcha resurslar mavjud bo‘lishi bilan bog‘liq muammo mavjudligidan dalolat beradi. Bizga ma’lumki, bu muammo Davlat tijorat Xalq bankining daromadlilik darajasini pasaytirib, ta’sischilar talabiga javob bermaydi. DT Xalq banki joriy likvidlik koeffitsiyentining bunday sur’atlarda oshib ketishining asosiy sababi kassa, vakillik hisob raqamida va boshqa aktiv hisob raqamlarda pul mablag‘larini ko‘p miqdorda harakatsiz ushlab turilishi natijasidadir. Jumladan, 2008-yilning 31-dekabr holatiga kassa hisob raqamlarida 22842,4 mln so‘m, muxbirlik hisob raqamda 3907,4 mln so‘m, boshqa aktiv hisob raqamlarda 40691,2 mln so‘m; 2009-yil 31-dekabr holatiga kassa hisob raqamlarda 4681,7 mln so‘m, muxbirlik hisob raqamda 860,5 mln so‘m, boshqa aktiv hisob raqamlarda 63293,2 mln so‘m; 2010-yil 31dekabr holatiga kassa hisob raqamlarda 4199,6 mln so‘m, muxbirlik hisob raqamda 1 211,9 mln so‘m, boshqa aktiv hisob raqamlarda 60564,2 mln so‘m; 2011-yil 31-dekabr holatiga kassa hisob raqamlarda 17097,5 mln so‘m, muxbirlik hisob raqamda 4322,1 mln so‘m, boshqa aktiv hisob raqamlarda 101790,4 mln so‘m mablag‘lar mavjud bo‘lgan. Ushbu mablag‘lar daromad keltirmaydi. Bank faoliyatining daromadliligini oshirish maqsadida, ushbu mablag‘larning bir qismi daromad keltiruvchi aktivlarga yo‘naltirilmog‘i lozim edi. Buni operativ ravishda hal qilinmaganligining asosiy sababi banklararo kredit resurslari bozorining rivojlanmaganligi bilan izohlanadi.


6-jadval
OATB «O‘zsanoatqurilish banki»ning 2008–2012-yillar mobaynida aktivlar va majburiyatlari to‘g‘risida ma’lumot





Yüklə 246,79 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin