Bank ishi va audit



Yüklə 246,79 Kb.
səhifə1/7
tarix06.04.2023
ölçüsü246,79 Kb.
#94134
  1   2   3   4   5   6   7
tijorat banklarning to\'lov qobiliyati va uning mustahkamlash


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI

BANK ISHI VA AUDIT” YOʻNALISHI
99/2-GURUH TALABASI
BOYTURAYEV NURALI ALISHER O’G’LINING

PUL VA BANKLAR”


fanidan
K URS ISHI

Toshkent – 2022
Reja:
Kirish.



  1. Tijorat banklari haqida.

  2. Tijorat banklari likvidligining mohiyati va ahamiyati.

  3. Tijorat banklari likvidlik ko’rsatkichlari tavsifi.

  4. Tijorat banklari likvidligi va to’lovga layoqatligi tahlilining ahamiyati va vazifalari.

Xulosa.



Foydalanilgan adabiyotlar rõyxati.
Kirish
Tijorat banki nima?
Tijorat banki korxonalar, tashkilotlar, fuqarolarga universal bank xizmatlari (hisob-kitob, toʻlov operatsiyalari, qoʻyilmalarni jalb etish, omonatlarni saqlash, ssudalar berish, shuningdek, qimmatli qogʻozlar bozoridagi operatsiyalar) koʻrsatadigan yirik kredit muassasasi. Tijorat banki bank harakatlarini amalga oshirish uchun pul mablaglarini, asosan, qoʻyilmalar (omonatlar), banklararo kreditlar, oʻz aksiya va obligatsiyalarini chiqarish xdgsobiga shakllantiradi. Oʻzbekistonda dastlabki tijorat banklari Rossiya Oʻrta Osiyoni bosib olganidan keyin, 19-asr oxirlarida rus kapitali ishtirokida paydo boʻlgan va 1917 yildagi Oktyabr toʻntarishiga qadar faoliyat koʻrsatgan. 20-asrning 90-yillari boshidan, mustaqillikdan keyin respublikada Tijorat bankilari kayta paydo boʻldi.
Oʻzbekistonda Markaziy bank Tijorat banki faoliyati uchun litsenziya beradi va uning ishini nazorat qiladi. Tijorat banki lari mulkchilikning turli shakllari asosida davlat ishtirokidagi, davlataksiyadorlik, ochiq va yopiq aksiyadorlik jamiyatlari tarzida tashkil etilgan. Respublika hududida 33 ta Tijorat banki, faoliyat koʻrsatadi (2003). Ulardan 2 tasi davlat banki, 3 tasi davlataksiyadorlik Tijorat banki 12 tasi xususiy bank, 4 tasi chet el kapital ishtirokidagi banklar va 1 tasi shoʻʼba bankdir. Mazkur banklarning respublika hududida faoliyat koʻrsatayotgan 800 dan ortik, filiallari va 690 dan ortiq minibanklari bor. Respublikada 7 chet el Tijorat bankilari, 4 xalqaro moliya tashkilotlarining vakolatxonalari faoliyat koʻrsatadi. Tijorat bankii faoliyati Oʻzbekiston Respublikasining "Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida" (1996, 25apr.) qonuniga muvofiq tartibga solinadi.
Tijorat banki – tijorat asosida bank faoliyati, ya'ni mablag’larni jalb qilish va kreditlarni taqdim etish, bank hisobvaraqlarini ochish va uni yuritish hamda to’lovlarni o’tkazish kabi amaliyotlarni amalga oshiruvchi kredit tashkilotidir. Tijorat banklari – bo’sh pulga (jamg’armaga) ega va pulga muhtoj bo’lganlar o’rtasidagi vositachilardan biri hisoblanadi.
Tijorat banklari nima uchun kerak?
Tijorat banklari iqtisodiyotning “qon tomir tizimi” bo’lib, aholi va biznesning to’planib qolgan jamg’armalarini taqsimlash orqali iqtisodiyotni zarur moliyaviy resurslar bilan ta'minlaydi. Bu vositachilik iqtisodiyotni yanada rivojlantirish uchun zarur bo’lgan “yoqilg’i” bilan ta'minlaydigan omilidir.
Vositachi sifatida tijorat banklari pul mablag’laridan foydalanganligi uchun foiz to’lash sharti bilan omonatlarni jalb qiladilar va ularni aholi va tadbirkorlarga kreditlar va investitsiyalar shaklida foiz evaziga taqdim etadilar.
O’zbekistonda tijorat banki faoliyatini yuritish uchun Markaziy bank tomonidan beriladigan bank litsenziyasini olish zarur. Ushbu litsenziya muddatsiz va uchinchi shaxslarga berilishi mumkin emas.
Tijorat banklari qanday xizmatlar ko’rsatadi?
Birinchidan, banklar sizning mablag’ingiz bilan samarali foydalanishni va xavfsizligini ta'minlagan holda, omonatga pulingizni qabul qilib, foiz to’lash orqali mablag’laringizni ko’paytirib beradi.
Muhim!!! Sizning omonatingiz xavfsizligi Fuqarolarning banklardagi omonatlarini kafolatlash fondi tomonidan uning hajmi va valyutasidan qat'iy nazar to’liq kafolatlanadi
Ikkinchidan, Sizga mablag’ kerak bo’lganda yoki zarur narsalarni sotib olish uchun jamg’armalaringiz yetarli bo’lmaganda, tijorat banklari sizga kreditlar taqdim etishi mumkin. Misol uchun, uy, texnika, avtomobil, mebel sotib olish, o’qish to’lovlari va boshqalar uchun kreditlar olishingiz mumkin.
Uchinchidan, banklarning kassalari va mobil ilovalari orqali mahsulotlarning xaridi, ko’rsatilgan xizmatlar, bajarilgan ishlar, jarimalar va boshqalar uchun to’lovlarni amalga oshirish oson.
To’rtinchidan, naqd pulsiz mablag’lar bilan to’lash uchun tijorat banklarida hisobvaraq ochish mumkin. Bu, onlayn do’konlarda amalga oshirilgan xaridlar uchun eng qulay to’lov yo’li hisoblanadi. Bank hisobvarag’iga mablag’ingizni qo’yib, ularni xavfsizlikda saqlaysiz.
Shuningdek, tijorat banklari xorijiy valyutani naqd va naqd pulsiz shakllarda sotib olish va sotish, bank konsalting va informasion xizmatlar, hujjatlarni va boshqa qimmatbaho narsalar va hokazolarni saqlash uchun seyf va yacheykalarni ijaraga berish bilan bog’liq xizmatlar ko’rsatadi.
Tijorat banklarining xizmatlar turi:
1-jadval


Yüklə 246,79 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin